ASIMO

ASIMO (yapon. アシモ, ashimo) Honda Motor Company tomonidan yaratilgan odamsimon robotdir. Boʻyi 130 santimetr, vazni 52 kilogramm boʻlgan bu robot kichkina fazogirni eslatadi. ASIMO ikki oyoqda yurib, tezligini 6 km/soat gacha yetkiza oladi. U Honda'ning Wako Fundamental Texnik Tadqiqotlar Markazida (Yaponiya) yasalgan. Uning hozirgi nusxalari 1986 yilda boshlangan E0 loyihasining 11-avlodidir.

Rasman, ASIMO "Advanced Step in Innovative MObility" (Yangi Harakatlanishda Katta Qadam). Honda'ning rasmiy manbalari bu nomning Robotexnikaning Uch Qonuni muallifi, ilmiy-fantast yozuvchi Isaac Asimov bilan aloqasi yoʻqligini taʼkidlashadi. Qolaversa, yapon tilidagi ashimo soʻzi "oyoqlar ham", degan maʼnoga ega.

2007 yilga kelib, dunyoda 46 ta ASIMO nusxasi mavjud. Ularning har biri $1 million atrofida narxlanadi, baʼzi nusxalarini esa yiliga $166,000 evaziga ijaraga olish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: ASIMO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
Umar Shayx Mirzo Bahodir
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты