A, a — oʻzbek kirill alifbosining birinchi harfi. Unli, til oldi, lablanmagan tovushni ifoda etadi (mas, archa, barcha). 1929—39-yillarda amalda bulgan oʻzbek lotin alifbosi va 1995-yilda qabul qilingan keyingi oʻzbek lotin alifbosida birinchi harf ham ayni shunday. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda A harfi oʻziga xos shaklda boʻlgan. A.., AN... (yunoncha: a, unli soʻzlar oldidan an) — chet soʻzlarda, asosan yunoncha soʻzlarda ishlatiladigan old qoʻshimcha. Bu qoʻshimcha soʻz oʻzagida ifodalangan maʼnoning inkor etilishini bildiradi. Mas, abiogenez, anaeroblar. Hoz. oʻzbek tilidagi no-, be-, gʻayri kabi qoʻshimchalarga toʻgʻri keladi. Mac, anormal (gʻayri moʻʼtadil), anorganik (noorganik) va b.