Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga


Nimani ko'rgandi dunyoga kelib?
Ko'rgani zorligu, daryo kabi qon.
Bolam, degim keldi ko'nglim ezilib, (x2)
Yo'rgagi kafanlik bo'lgan bolajon.

Jangohga aylandi bu kun diyoring,
Qismating ko'z yoshmi, taqdirmi, alam?
Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring, (x2)
Qo'g'irchog'idan ham umri oz bolam.

Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga.


Qo'lingga qurolmas, ko'p o'yinchoqlar
Yarashar edi-ku murg'akkina jon.
Seni zor etganlar tortadi ohlar, (x2)
Bir kuni uvoling tutar, bolajon.


Kuzlarda ochilgan lolajonlarga,
Loladan ham mahzun jonajonlarga,
Kulgusi yig'iga ulanmasin hech,
Dunyoni beringlar bolajonlarga.


Onangni topolmay sarson-u sargardon,
Munchoq ko'zlaringdan tomchilaydi yosh.
Ohingdan titraydi zamin-u zamon,
Senga oy onadir, otadir quyosh



Бошка кушик матнлари:


Sardor Rahimxon - Dunyoni bering bolajonlarga
Umar Shayx Mirzo Bahodir
Asal Shodieva, Bojalar guruhi, Sardor Rahimxon - Malikam endi qara
QUYOSH
Rayhon, Sardor Rahimxon - Ayirma


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты