G‘arbiy Sibirdagi o‘zbeklar tarixi va taqdiriga yana bir qisqa nazar...

G‘arbiy Sibir asrlar davomida deyarli Buxoro koloniyalariga aylanib qolayozgandi. Sibir Buxoriylari bu yerda yashayotgan tatarlar (aslida turkiy xalqlar) bilan so‘zlashib asta-sekin o‘z tillarini ma’lum ma’noda o‘zgartirib borganlar.

U yerlarga ko‘chib borgan savdogarlar, harbiy askar va diniy ulamolar o‘z missiyalarini bajarish maqsadida turli qishloq va mahallalarga asos solganlar. Aynan buxoroliklar birinchi marta Sibirga mushukni olib borishgan. Dunyoga mashhur bo‘lgan "Sibir mushugi" aslida Turkistonliklar tomonidan u yerga olib borilgan va tarqatilgan. Avvalgi postlarda biz Sibirdagi Uchmir tog‘i haqida post ulashgandik, bu yer aynan ilgari zamonlarda turkiy qavmlarning yerlari bo‘lganligini ko‘rsatadi. Uch boshli tog‘ni qadim turkiylar muqaddas hisoblashgan va unda bir xosiyat bor deb bilganlar. Ancha-muncha ko‘p sonli va turli tarmoqli turkiy qabilalar Sibir, Oltoy, O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va boshqa joylarda qadim zamonlardan beri yashab kelgani hammaga ma’lum. Bizning ajdodlarimiz ham bugungi O‘zbekiston chegarasidagina emas migratsion jarayonlar to‘lqinida bemalol u yerda, bu yerda yashaganlar. Shuning uchun ham "Dashti Qipchoq va G‘arbiy Sibir hududlari, qadimgi Qrim yerlarida ular yashamagan, u yerdan kelganlar bizga begona" degan savolning qo‘yilishining o‘zi noto‘g‘ri buladi.

Turkiylarning asl vatani Oltoy, Sibir, O‘rta Osiyo, Sharqiy Tukriston, Xurosonning katta qismi va boshqa yerlardir. Navbatdagi migratsiya to‘lqinlari umumiy nom ostida G‘arbiy Sibirda Buxoro qishloqlari paydo bo‘lgan. U yerlarda O‘zbekistonning hamma yeridan ko‘chib borgan xalqlarni uchratish mumkin edi. Hatto Toshkentdan borgan insonlarning o‘z mavzelari bo‘lgan. Tarixiy evirilishlar sabab rus mustamlakachilarining qadami bu yerga ham yetib borgan va O‘rta Osiyoliklardan tashkil topgan G‘arbiy Sibirdagi ko‘plab qishloqlarni ham ular o‘z tasarrufiga kiritgan.

XX asr boshlarida Tyumen (turkiyda Tuman) Tobolsk va Tar uyezdlarida Buxoro volostlari mavjud bo‘lgan.

Ular oxirgi marta 1926 yilda ro‘yxatga olingan. Sovet davlatining yagona xalq yaratish g‘oyasiga ko‘ra, ular tufayli aralashtirib yuborilgan, alohida qayd etilmagan. Turkiston qishloqlari aholisi uzoq yilgi tarixiy aralashishlar davrida o‘zlarining asl tillarini unutishgan, qaysidir ma’noda urf-odatlarini ham saqlab qolgan, ular orasida xali hanuzgacha turkistonliklarni eslatadigan shaxslar uchrab turadi.


Lotin alifbosida maqola: G‘arbiy Sibirdagi o‘zbeklar tarixi va taqdiriga yana bir qisqa nazar... haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
YoSh BUXOROLIKLAR
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты