Sibir buxoriylari



XIV asr oëqlagan paytda Buxoro ulamolari sovuq Sibirga yo‘l olishdi. Naqshbandiy tariqati a’zolari bo‘lgan buxorolik so‘fiylar shomonlarga topingan Sibir totorlari, ëqut, oltoy, karëq va nanaylar o‘rtasida Islomni yoyishdi.

Ustozlar duosi bilan sovuq o‘lkaga kelgan darveshlar avlodlari Sibirda o‘zlarini «buxorolik», «sart» ëki «o‘zbek» deb atashgan. Buxoriylar asosan Tyumen, Omsk va Tomsk viloyatlariga ëyilganlar.

Bu hududlarda o‘z davrining ilg‘or yashash tarzini tamsil qilgan ilk Buxoriy qishloqlari paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, ular totorlar yashaydigan ovullar va Tyumen, Tobolsk, Tara, Tomsk kabi ma’muriy markazlarga yaqin hududlarda ham istiqomat qilishgan.

Sibir buxoriylari yuz yillar mobaynida mahalliy totorlar bilan yaqin munosabatga kirishib, qiz olib, qiz berib, quda-anda bo‘lishgan. Antropologlarga ko‘ra, aynan buxoriylar zamonaviy sibir totorlari zehniyatini shakllantirgan asosiy komponentdir.

Sibir ruslar tarafidan ishg‘ol qilinishidan oldin Buxoro savdogarlari Sibirda Turkistondan keltirilgan mollar bilan barakali savdo-sotiq bilan shug‘ullanganiga oid belgilar bor. Aynan buxoriylar Sibirda ilk bor teriga ishlov berish, gilamu sholcha to‘qish kabi hunarmandchilikka asos solishgan.

Yaqin tarixda Tyumen, Tobolsk va Taradagi mashhur teri hamda gilam do‘konlari buxoriylarga oid bo‘lgani ma’lum. Pirovardida buxoriylar avlodlaridan yirik boylar, tadbirkoru savdogarlar yetishib chiqdi.

Sibirdagi chorvador, qassob, izvoshchi, aravakash va oltinga ishlov beruvchi ustalar asosan buxoriy avlodlari bo‘lgani aytiladi. Avlod almashish asnosida buxoriylar o‘zlarini totorlar deb ayta boshlagan. Ayni paytda ular o‘z ajdodlarining Buxorodagi naqshbandiy pirlariga borib taqalishini alohida faxr va iftixor bilan eslashadi.

Lotin alifbosida maqola: Sibir buxoriylari haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO VILOYATI
YER
ROSSIYA
SIBIR
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты