General Chernyayevning Toshkentga bosqini

Qo‘qon xonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan hisoblangan Toshkent shahri hozirgi Qozog‘iston va Qirg‘iziston yerlarida rus qo‘shinlariga qarshi olib borilgan janglarda muhim o‘rin tutgan. Natijada Toshkent o‘zining ko‘plab vatanparvar farzandlaridan ayrildi, katta moddiy talafot ko‘rdi. Endilikda Rus davlati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentni ham bosib olishga kirishdi.

Bu vaqtda Toshkent shahri 25 chaqirim uzunliqdagi qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devorining balandligi 5-7 metr, ostining eni esa 2-3 metrga yetgan. Tepasining kengligi 2 metrdan kam bo‘lmay, ichki tarafdan ochiq, sirtidan oralatib paxsadan ishlangan mudofaa minorachalari qurilgan. Sarbozlar mazkur minorachalar orqasidan dushmanga uq uzardilar. Shahar Qo‘qon, Qashqar, Labzak, Taxta-pul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshog‘och va Qaymas singari 12 asosiy darvozaga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, Teshik-qopqa, Yangi Maxma, Sarboz (Urdada) kabi kichik darvozalari ham bor edi. Devor ustida navbati bilan doimo soqchilar almashib turib dushman sharpasi ko‘rinishi bilanoq «yov keldi», deb baqiriq-chaqiriq ostida shahar aholisi mudofaaga chaqirilgan. Shahar devorining atrofi suv to‘ldirilgan chuqur zovur bilan o‘ralgan. Dushman devorga yaqinlashishi uchun zovurlarni kechib o‘tishi kerak edi. Ammo bu oson ish bo‘lmay, ko‘p hollarda dushman askarlari katta talofat ko‘rgan. Chunki zovurdan o‘tayotganda sarbozlar ularning ustiga tashlanib, suvga cho‘ktirganlar yoki pichoqlab o‘ldirganlar. Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan 1809 yili bosib olingandan keyin hozirgi O‘rda ko‘prigining o‘ng tomonidan Anhor bo‘ylab Mustaqillik maydonigacha cho‘zilgan joydan boshlanib, Navoiy ko‘chasi va Xadicha Sulaymonova kuchalari o‘rtasidagi yerlarni qamrab olgan hududda 10 ming askar sig‘adigan qal’a qurilgan edi. Uning o‘rtasidagi hukumat saroyida hokim yashagan. U Qo‘qon O‘rdasi ham deyilgan. Hozirgi «O‘rda» so‘zi shu tufayli yuzaga kelgan.

Shahar Shayxontahur (aslida Shayx Xovand Tahur), Sebzor, Beshog‘och va Kukcha nomlarida to‘rt dahaga bo‘lingan. 1871 yilgi ma’lumotga ko‘ra, Shayxontahur dahasidagi 48 mahallada ko‘proq temirchilar, to‘quvchilar, egar-jabduq ustalari va yog‘ tayerlovchilar, Sebzordagi 38 mahallada buyoqchilar, tikuvchilar, etikdo‘zlar, Ko‘kchadagi 31 mahallada ko‘nchilar, kosiblar yashaganlar. Bu yerda 340 charm ishlab chiqaradigan korxona, 218 kosibchilik korxonasi bo‘lgan. Beshog‘och mahallasida esa ko‘proq boy tabaqalar, uning atrofidagi joylarda esa g‘ishtchilar istiqomat qilgan. Shaharda 189 machit, 10 madrasa bor edi. Shahar aholisi orasida mohir merganlar, jasoratli va mard kishilar hamda Vatan uchun jonini fido etuvchilar ko‘pchilikni tashkil etgan. Shahar aholisining soni bir ma’lumotda 200 ming, boshqasida esa 100 ming qilib ko‘rsatiladi. Toshkent shahri har jihatdan Rus davlati diqqat markazida turar, shuning uchun ham 1861 yildayoq harbiy sarkardalardan biri Bezak Orenburg va Sibir qo‘shinlari bilan Toshkentni darhol bosib olishni harbiy vazirlikka taklif qilgan edi. U bu reja amalga oshirilganda, Rus davlatining chegarasi ancha kengayishiga, armiyani oziq-ovqat va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlashga, tog‘ jinslariga ega bo‘lishga va, umuman, Rus davlatining ta’sir doirasining kengayishiga erishish mumkinligini uqtirib o‘tgan.

«Toshkent masalasi» 1863 yilning 9 martida rus imperatori qatnashuvida maxsus komitetda muhokama etilib, G‘arbiy Sibir general-gubernatori Dyugammelning mazkur mavzu bo‘yicha fikrini bilish va 1863 yil bahorida Sirdaryoning yuqori oqimini harbiy yurish nuqtai nazaridan o‘rganish va ma’lumot to‘plash haqida qaror qabul qilinadi. Dyugammel esa, 1862 yilning 26 mayida yozgan xatida birinchi navbatda Chuy ortiga harbiy qism yuborish va so‘ngra Avliyootani qo‘lga kiritishni taklif etdi. Shuningdek, u Toshkentni urushib olish ancha mablag‘ talab etishini ta’kidlab, Rus davlati ixtiyorida mustaqil Toshkent xonligini buned etish maqsadga muvofiqligini ma’lum qildi. General Dyugammel takliflari 1863 yilning 23 fevralida tilga olingan maxsus komitetda muhokama qilinib, «iqtisodiy mulohazalarga» ko‘ra, Avliyootani bosib olish va boshqa harbiy yurishlarni to‘xtatib turish tavsiya etildi. Shu bois harbiy yurishlarni uyushtirish asosan 1864 yilga qoldirilgan bo‘lsa-da, lekin qanday bo‘lmasin Toshkentni egallash niyati rus harbiy sarkardalarini, xususan general Chernyayevning miyasiga qattiq o‘rnashib qolgandi. U Chimkentni urushib olganidan unchalik ko‘p o‘tmay, ya’ni 1864 yilning 27 sentabrida, 8 rota, 100 nafar kazak, 12 zambarak, 1500 askar va 400 qozoq militsiyasi (ko‘ngillilari) bilan Toshkent Tomon yo‘l oladi.

Bu to‘g‘rida Muhammad Solih Toshkandiy shunday yezgan: «Uruslar Toshkent safari uchun tayergarlikni boshlab, asbobu anjomlarni taxt qilib, harbiy tayyorgarlikni ko‘rib, askarlarini yarog‘-aslaha bilan ta’minlab, uldirilgan Boyzoqning o‘g‘li Oqmullani yuklar ortilgan tuyalarni boshqarib borishga boshliq etib tayinladi. Uning boshqa o‘g‘illari esa yul boshlovchi sifatida xizmat qildilar». 1864 yilning 1 oktabrida Chernyayev Toshkent shahrining sharqiy tomonidagi Darvishak qopqa degan joyga yetib keladi. Rus harbiylari bu yerdan Anhor suvidan o‘tib, Chinobod va Xoja Ahror vaqf yerlari, ya’ni Oqqo‘rg‘on orqali shaharga yaqinlashib Qo‘qon yo‘liga joylashadilar. Dushman kelayetganidan boxabar shahar aholisi devor ustida jangga tayer turgan edi. Qo‘shfarmonchi Qipchoq boshchiligidagi askarlar Qo‘qon darvozasi, Mirza Ahmad qushbegi sarbozlari Qashqar darvozasi himoyasiga otlanganlar. To‘pchilar esa, bu ikki darvoza orasidagi devor ustiga o‘rnashdilar. Mudofaaga barcha shahar aholisi otlanib «g‘ariblar, fuqarolar, qariyalar, hatto ibodatu namozdan ko‘ra qo‘limizdan kelgancha xizmat qilish yaxshi va savob, deyishib mujohidlarga va g‘oziylarga suv hamda oziq-ovqat yetkazib turdilar».

1864 yilning 2 oktabrida ertalabdan boshlab har ikki tomon o‘rtasida to‘plardan o‘qlar uzildi. Bu vaqtda Eshonquli dodxoh madrasasi mullavachchalari (talabalari), xususan eshon Sharifxo‘ja Ofoqxo‘ja o‘g‘li, eshon Hojixon Solihhoji yuzboshi o‘g‘li, Sa’id Ahrorxo‘ja Sotiboldixo‘ja o‘g‘li, pichoqchi usta Sodiq Nazar, o‘ratepalik Xidirnazar zargarning ukasi va boshqa ziyoli vakillari «g‘azoni va bu sharafli urushni Qur’on, tafsir va hadislardan olingan so‘zlar bilan isbotlab, hammani g‘azotga va urushga chorladi. Ularning o‘zlari ham Qo‘qon darvozasiga borib to‘pchilarga qo‘shilib o‘q joylashda va otishda qatnashdilar».

General Chernyayev boshchiligida shahar devori to‘plardan o‘qqa tutilgandan keyin podpolkovnik Obux 2 rota askari va 4 to‘pi bilan hujumga o‘tib devorning bir qismini teshishga erishadi. Shundan keyin rus askarlari podpolkovniklar — Obux va Lerx qo‘mondonligida shu joydan shaharga bostirib kirish uchun zovurni kechib o‘tishga harakat qilganlar. Muhammad Solih Toshkandiyning guvohligiga ko‘ra, «o‘ruslar olg‘a chopib zovurga o‘zlarini urdilar; ularning ikkinchi guruhi yerdamga kelmoqda edi. Shu onda devor ustidagi shertabiat va dovyuraklar o‘zlarini pastga tashlab, zovur ichida o‘ruslar bilan yoqama-yoqa ushlashib bir-birlarini xanjar bilan o‘ldira boshladilar. Hatto ba’zi kishilar qochib ketayotgan dushman orqasidan quvib va ushlab, xanjar va qilich bilan jang qildilar. Zovur ichidagi o‘ruslardan urush va talash bilan 72 kishining boshi tanasidan kesilib, yarog‘-aslahalari o‘lja olinib g‘oziylarga bo‘lib berildi».

General Chernyayev 2 rota askar bilan shahar devoriga yaqinlashsa-da, lekin g‘alaba qilishiga ishonmay, 12 zambarakdan shaharni o‘qqa tutdi. Shu paytda zovurdagi ayrim ruslar fursatdan foydalanib ularga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladilar. Xullas, general Chernyayev sharmandalarcha mag‘lubiyatga uchrab, 4 oktabrda Chimkentga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Toshkentliklarning jasorat va mardlik bilan jang qilganliklarini rus mualliflaridan biri ham uqdirib o‘tgan: «Shahar devoriga 2 rota va 4 zambaraqdan iborat harbiy qism podpolkovnik Obux qo‘mondonligida hujum qildi. Ko‘p o‘tmay ular devorni teshishga erishdilar. Shundan keyin Obux podpolkovnik Lorx bilan hal qiluvchi hujumni boshlab yubordi. Ammo qo‘qonliklar (toshkentliklar) shu darajada qattiq o‘qqa tutdilarki, soldatlar devorga yettuncha barcha boshliqlaridan ayrildilar. Obux o‘lar holatda jarohatlandi. Chernyayev yordamga kelgan bo‘lsa-da, lekin vaqt o‘tgan edi, yo‘lda o‘liklar yetardi, yaradorlar jon bermoqda edi. Tiriklari esa, zovurda qalashib madorsiz yetishardi. 80 ga yaqin kishi o‘z boshliqlarining jasorati uchun halok bo‘ldilar. Chernyayev askarlari ashulasiz va xursandchiliksiz g‘am-g‘ussa bilan Chimkeshta qaytdilar. Ammo ularning har biri quqonliklar g‘alabadan quvonayotganliklarini yaxshi tushunardilar».

Shahar aholisi bir yoqadan bosh chiqarib qahramonona kurashganlari tufayli katta g‘alabani qo‘lga kiritish imkoni tug‘ilgandi. G‘oliblarni shaharliklar katta tantana bilan qarshi oldilar. Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiyning yezishicha, Toshkentda «janobi sohibqironning (Sulton Sa’idxonning) kelishi xabari ma’lum bo‘ldi. Kofirlar o‘z joylariga qaytib ketishdi. Toshkentliklar bu fathu zafarni eshitib, janobi sohibqironga behisob lashkar bilan bir necha kofirning boshini hadya va sovg‘a sifatida jo‘natdilar. 19 jumadul-avval, chahorshanba kunida (1864 yil 21 oktya-brda) bu bashoratli xabar ul xosiyatsiz boshlar bilan birga Xo‘qandi latifga keldi. Kabiru sag‘ir, fuqarolar bir necha kun xursandchilik qildilar». Shunday qilib, general Chernyayev askarlari Toshkent uchun jangda katta talofat kurdilar. Halok bo‘lgan ruslar soni 70-80 kishiga borgan. Ammo general Chernyayev ularning soni 18 kishi deb noto‘g‘ri ma’lumot bergan, yaradorlar sonini esa, 60 kishi hisoblagan.

Toshkent himoyachilaridan necha kishi o‘lganligi yoki jarohatlanganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo ulardan ham ko‘pchilik halok yoki yarador bo‘lganligi haqida aytilgan umumiy so‘zlar bor. Toshkentdagi g‘alaba Qo‘qonga ma’lum bo‘lgandan keyin Sulton Sa’idxon, Olimqul ruslarga qarshi harbiy tayergarlik ko‘rishga jadallik bilan kirishadilar. So‘ngra ular Toshkent tomon yo‘lga chiqib, bu yerga kelganlarida (1864 yil 25 noyabrda) xalq ularni shodu xurramlik bilan kutib oladi. «Sulton Sa’idxon va Mulla Olimqul amiri lashkar, — deb yozadi Muhammad Solih Toshkandiy, — kup askarlar bilan Chirchikdan o‘tganda shahar ahli, akobirlari, ulamolari, fozillari, sardorlar va shayxlar ularning qarshisiga chiqib ziyorat etib, yig‘isig‘i bilan ko‘rishib va duoga qo‘l ko‘tarib, ularni shahardagi hukumat saroyiga olib keldilar. Ularga mujohidlar, g‘oziylar va shahar aholisi qatnashuvida ziyofat berildi». Bu dushman ustidan qozonilgan g‘alabaning tantanasi edi, albatta.

Sulton Sa’idxon va Olimqul g‘alabadan ruhlanib Turkiston shahrini ozod qilish uchun harbiy yurishga tayergarlik ko‘rdilar. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qondan Toshkentga harbiy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun yuborilgan Mulla Yunusxon shig‘ovul xon nomidan Hofiz Ko‘hakiy mahallasilik Muhammad Sa’id savdogarni tinchlik sulhi tuzish maqsadida general Chernyayev huzuriga yuborgan. Aftidan, bundan maqsad kelajakdagi janglarga tayergarlik uchun vaqtdan yutishdan iborat bo‘lgan. Buni yaxshi anglagan general Chernyayev sulh tuzishdan bosh tortgan va elchi Chimkentdan hech narsaga erisha olmay qaytgan.

Bu o‘rtada Qo‘qondagi hindlarning bir nechasi Sulton Sa’idxon va Olimqul huzuriga sarbozlik kiyimini kiygan holda kelishib uzoqqa otuvchi to‘plar va 100 nafar askarga boshliq bo‘lish istaklarini izhor qiladilar. Bu hamdardlik va do‘stlikni aks ettiruvchi taklif inobatga olingan. Shuningdek, Qo‘qon, Toshkent va boshqa joylardan ko‘p kishilar Vatan himoyasi uchun kurashga tayerliklarini bildirib mujohidlar qatoriga qo‘shilganlar. Ammo shaharda sotqin va xoinlar ham yo‘q emas edi. Masalan, eng yirik boylardan va Rossiya bilan savdo qilib kelayotganlardan biri Sa’idazimboy Muhammad o‘g‘li (asli qorateginlik) Turkistonga borib Yangiqo‘rg‘on urushida asirlikka olingan rus soldatlarini Mirza Davlat dodxohdan 250 Qo‘qon tilla puliga sotib olgan. U bu asirlarni «o‘z manfaatlarini o‘ylab va o‘ruslarga yaxshi ko‘rinish uchun» Oqmasjidga olib borib, rus harbiy boshlikdariga topshirgan. Buning evaziga Sa’idazimboy rus hukumatidan unvon va medallar olib, ularning eng ishonchli kishisiga aylangan. «Sa’idazimboyning bu nojo‘ya va nomunosib harakatidan, — deb yezgandi muarrix, — ba’zi zamon johillari va buzuqboshilari, xususan dug‘lat, arg‘un va barlos qabilalari ham bu ishga moyil bo‘lib xalq orasiga muxolifat va ishonchsizlik urug‘ini sepdilar!».

Darhaqiqat, Sa’idazimboy va boshqa ayrim savdogarlar qo‘llaridan kelgancha rus harbiy sarkardalariga yordam berdilar. Hatto Muhammad Solih Toshkandiy Toshkentdagi bir guruh nodon fitnachi va dili buzuq savdogarlar mollarini olib, ruslar bosib olgan Chimkent, Sayram va Turkistonga ko‘chib ketganliklarini nafrat bilan yezgan. Sotqin guruhlar ko‘pchilikni tashkil etmasa-da, lekin ularning ichki sirlarni dushmanga ma’lum qilib turishlari ruslar g‘alabasini ta’minlagan eng asosiy omillardan biri hisoblanadi.

IQON JANGI

1864 yilning noyabr oyida Toshkentda Sulton Sa’idxondan fotiha olingandan keyin Olimqul sarbozlar va g‘oziylar bilan Shayxontahurning katta ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi va Sag‘bon darvozasi orqali Sariog‘och yo‘liga chiqadilar. Ular bu yergacha «har bir mahallada va masjidlar oldida to‘xtab jamoa ahlidan duo va fotiha olib» keldilar.
Qo‘shinda Olimquldan tashqari Mirza Davlat qushbegi, qushfarmonchi Qipchoq, Yusufboy dodxoh, O‘tabiy qushbegi Qipchoq ug‘li va boshqa nufuzli kishilar bor edi. Vatan himoyachylari yo‘lga otlanganda nihoyatda qattiq sovuq tushib, ko‘p azob-uqubatlarni yuzaga keltir-di. Bu o‘ta og‘ir sharoitni quyidagi satrlardan ham anglash mumkin: «Shunday qilib, qish ham kirdi. Kundan-kunga havo sovub, qoru yomg‘ir yeg‘ib, yer yaxlab, qorning balandligi otu tuya kukragiga tegadigan bo‘ldi. «Tuf», desangiz muzlaydigan havoda sohibqironning g‘ayrati tushib, lashkar safidan 12 ming yosh yigitni tanlab, ularga Mulla Olimqulni sardor qildi va Turkistondagi kofirlarga qarshi jangga borishlarini buyurdi. Shu vaqt havoning sovuqligidan his va harakat ruhi badandan soqit bo‘lib, nafas tanadan xuddi po‘st tashlaydigan ilonga o‘xshab zo‘rg‘a chiqardi. Ayniqsa, Toshkentdan chiqib Qayraog‘och mavzeiga yetib kelgan kun tunda shunday shamol ko‘tarildiki, Od qavmini yo‘q qiladigan to‘fonga o‘xshardi. (Musulmonlarning) bir necha nafarining oyoq-qo‘lini sovuq urdi, ba’zilarining yuzlari, ko‘zlari muzladi, ba’zi kishilar esa aqldan ozib, safdan chiqdilar. Bir g‘aroyib ahvol yuz berdi. Lashkar tez sur’atlar bilan harakat qilib Chulak mavzeiga keldi. Odamlar manzil qilgan shu joyda kofirlar ham kichik qo‘rg‘on bino etib, bir dasta sarbozlarni himoya uchun qoldirgan ekanlar. Shu qavmdan qariyb 50 kishini o‘ldirib, xotirlarini toza va musaffo qilib Iqon qal’asi oldida qo‘sh urdilar».

Shu ravishda mujohidlar barcha ob-havo va yul azoblarini matonat bilan yengib, g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Rus manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratilgan o‘sha rus harbiy qismi Serov boshchiligida Iqon qishlog‘iga to‘rt chaqirim qolgan joyda Olimqul qo‘mondonligidagi vatan himoyachilari tomonidan qurshab olingan ekan. Og‘ir ahvolga tushib qolgan Serovga yordam berish uchun Turkiston shahridan 170 kishi va ikki zambarakdan iborat rus qo‘shini yuborilgan. Ammo ular vatan himoyachilariga duch kelib orqaga qaytishga majbur bo‘lganlar.

Olimqul Serov askarlarini qurshab olgandan keyin taslim bo‘lish va musulmon dinini qabul qilsa, erkinlik berilishini ma’lum qilgan. Serov bu taklifni rad etgandan keyin Muhammad Solih Toshkandiyning yezishicha, vatan himoyachilari «Toshkent akobirlarining maslahatiga ko‘ra, xashak, qamish va tikanli namatga o‘rab va dehqonlarning «qora bo‘yra»sini yasab orqasidan otliqlar hujumga o‘tdilar. Natijada dushman askarlari yarog‘-aslahalarini va boshqa narsalarini tashlab hamda ko‘p kishisini yo‘qotib Turkistonga qochishga ulgurdi».

Iqon jangiga tegishli ma’lumot Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiy asarida ham mavjud: «Namozi asr va shom vaqti orasida ketma-ket shunday xabar keldikim, bir necha yuz o‘rus kofirlari dabdaba bilan yaqinlashib kelmoqdalar. Bu xabarni eshitib sohibqironning g‘aflat uyqusi boshidan uchdi. Mardlik g‘ayrati uning hamma payu suyaklarida harakatga kelib, ahli lashkarini qurollantirib, kofirlar yo‘lini to‘sish uchun jo‘nadi. Sarbozlar dushman yo‘lini hamma tomonlama bosib oldilar. Qoru muz otlarning ko‘kragiga tegar, havo sovuqligi esa ifrot qaddiga yetardi. Shu kechani sarbozlar ot ustida o‘tkazdilar, ularning ko‘pchiligini sovuq urdi. Kofirlar esa o‘zlari kavlagan handaklarga kirib, yuz ming ranju azob ila kechani kunduz qildilar... Islom lashkarining g‘oziylari to‘rt tomondagi kofirlarga qarata o‘q yomg‘irini yog‘dirdilar. Yosh pahlavon yigitlar otlariga minib, har tarafga chopib ketdilar, kofirlar esa vahimaga tushib, ularni o‘zlariga yo‘latmasdilar. Shunday qilib, kechgacha jang qilsalar-da, hech bir natijaga erisha olmadilar. Kofirlar tog‘dek mustahkam edilar. Aqlli odamlar o‘z rasmu oyinlariga qarab, maslahat qilib, hiyla yo‘lini tutdilar. Ular bir kecha-kunduzdan keyin har xil narsalar — namat, daraxt shoxlari, qoru muzdan qorabo‘yra yasab, uni oldilariga qo‘yib yumalatib kofirlar mavzeiga yakalnlangdilar. Ularning orqasidan panalab kelgan navkarlar to‘satdan dushmanga hujum qilib, kofirlarni parishon holda nobud etdilar.

Battollardan o‘tgiz-qirq kishi ot va tuyalarni minib, Turkiston sari qochishga tushdi. Mard sarbozlar bundan xabardor bo‘lib, ularga yetib olib, aqlsiz kofirlarni miltiq bilan otib o‘ldirishdi. Ming xil hiyla va nayrang bilan shu qavmdan 3-4 nafari qutulib, Turkiston qal’asiga yetib bordilar».

Iqon jangida 114 kishilik rus askarlari va ofitserlaridan 57 nafari halok bo‘lib, 48 nafari jarohatlandi. Faqat 9 kishigina salomat qoldi, xolos. Vatan himoyachilari ko‘p yarog‘-aslahalarni, shu jumladan, to‘plarni qo‘lga tushirdilar. Ulardan ham ko‘p bahodirlar o‘ldirilgan, lekin aniq ma’lumotlar saqlanmagan.

Sulton Sa’idxon va Olimqul ruslarga sotilgan ayrim iqonlik nufuzli kishilarni o‘limga mahkum etib, uning aholisini o‘zlari bilan Toshkentga ko‘chirtirib olib ketganlar. Shunday qilib, vatan himoyachilari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, shodu xurramlik bilan Sulton Sa’idxon va Olimqul boshchiligida Toshkentga, sungra Qo‘qonga qaytadilar. 1864 yili vatan himoyachilari Chimkent ostonasida, Toshkent va Iqonda dushman ustidan g‘alabaga erishgan bo‘lsalar ham, lekin Avliyoota, Turkiston va Chimkentning qo‘ldan boy berilishi katta yo‘qotish hisoblandi. Rus harbiy sarkardalari, xususan general Chernyayev Toshkent shahrini egallashni asosiy maqsad qilib quydi. Buni yaxshi anglagan Sulton Sa’idxon va Olimqul Quqonda harbiy tayergarlik ishlarini qizitib yuboradilar. Avaz Muhammad Attor Xuqandiy guvohlik berishicha, «qariyb olti oy poytaxtda turib, viloyatning har chekkasidan nodir hunarmand ustalarni chaqirib, kechasiyu kunduz nayzayu tig‘ va boshqa urush aslahalari yasaldi. Tez orada 70-80 to‘pi jangiy muhaye qilindi, bir necha ming sakkiz-o‘n qarich keladigan sultoniy miltiq ham yasaldi. Qurol-yarog‘larning adadi ahli hisobga ham ma’lum bo‘lmadi».

O‘z navbatida rus hukumati bosib olingan joylarda o‘z harbiy kuchlari mavqeini mustahkamlashga qaratilgan choralarni amalga oshirib bordi. 1865 yilning fevral oyida Sirdaryo va Yangi Quqon chiziqlari birlashtirilib, Turkiston viloyati tashkil etildi. Orenburg general-gubernatorligiga bo‘ysundirilgan mazkur viloyatga general Chernyayev harbiy gubernator qilib tayinlandi. Shu ravishda bosib olingan joylarga Rossiya imperiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan bo‘ldi. Orenburg, Sibir va Kaspiy tomondan qushimcha harbiy batalonlar va yarog‘aslahalar keltirildi. Shuningdek, artilleriya yanada kuchaytirilib, takomillashtirildi. Batalonlarni 11 taga, kazaklar soni 1700 ga yetkazilib, maxsus artilleriya brigadalari va saper rotalari tashkil qilindi.

TOSHKЕNTNING URUSHIB OLINISHI

Rus davlati xalqaro munosabatlarni, xususan Angliya bilan aloqani keskinlashtirmaslik uchun o‘zbek xonliklarini bosib olishga ehtiyetlik bilan qarardi. Ikkinchi tomondan, endilikda Rus davlatining chegarasi harbiy va moddiy manbalar hisoblangan Orenburg va G‘arbiy Sibirdan 2000 km va undan ortiq masofaga uzoqlashib ketgandi. Yangi harbiy yurishlarni birdaniga ta’minlashning iloji qolmagandi. Shuning uchun rus hukumati vakillari harbiy yurishlar uyushtirishda shoshqaloqlik va dangalchilikka yo‘l qo‘ymaslikka qo‘shin sardorlarining diqqatini qaratdi. Ammo shuhratparast va o‘zboshimcha general Chernyayev zudlik bitan Toshkentni bosib olish zarurligi haqida boshliqlarga xat yezdi. Bunga javobni kutmasdan ham Toshkentga qarshi harbiy yurishni boshlab yubordi.

1865 yilning 28 aprelida general Chernyayev 9 rota askar va 12 to‘p bilan Toshkentga 25 chaqirim masofadagi Chirchiq daresining chap qirg‘og‘iga joylashgan Niyezbek qal’asiga yaqinlashdi. Bu istehkom to‘rt tomondan 3 metr balandlikdagi qalin devor va suv to‘ldirilgan zovur bilan o‘ralgan edi. Devorning to‘rt burchagida minorasi bo‘lgan. Chernyayev xoin Abdurahmonbek boshchiligida elchi yuborib, qal’a boshligidan taslim bo‘lishni talab etdi. Rad javobi olingandan keyin 29 aprelda ertalab general Kachalov boshchiligidagi soldatlar qal’ani to‘plardan o‘qqa tutdi. Ammo vatan himoyachilari bo‘sh kelmadi. Usha kuni soat 3 da Toshkent tomonidan 3 ming kishilik vatan himoyachilari 2 zam-barak bilan kelib general Chernyayev askarlari bilan to‘qnashdi. Dushman esa, ularning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan keyin Niyezbek qal’asiga hujum davom ettirilib, bosib olindi. 370 sarboz asir olindi, 6 to‘p va 315 qurol o‘lja sifatida dushman quliga o‘tdi. Bu yerda Chernyayev xoin, asli shahrisabzlik Abdurahmonbek Shodmon o‘g‘lining maslahati bilan Bo‘z-suv to‘g‘onini buzib, uni Chirchiq suviga burib, Toshkent shahrini suvdan mahrum qildi. Abdurahmonbek Toshkent shahrining Chuvalachi (Qumloq yonida) mahallasida yashab Chernyayevga muhim ma’lumotlarni yetkazib turgan. Sulton Sa’idxon va Olimqul Iqon jangidan keyin Toshkentga qaytgan vaqtda Abdurahmonbek tomonidan yozilgan xatni Chimkeshta olib ketayetgan kishi ushlangan. Xatning mazmunidan uning «Ruslar bilan tili birligi» ma’lum bo‘ladi.

Abdurahmonbek nufuzli xonadonga mansub bo‘lib, mansabdan chetlatilgan bo‘lsa kerak. U alamzada ushlangan odami bilan Teshikqopqa darvozasidan qochib Chimkentga borgan va general Chernyayev xizmatiga. kirgan. Bundan xabar topgan Olimqul Abdurahmonbek «molmulkini, asbob-anjomlarini musodara qilib va sottirib g‘oziylarga berish hamda bu ishni bajarishni Muhammadbiy Bekmuhammad o‘g‘lining zimmasiga yuklash» haqida farmon berdi. Hatto uning uy-joyi yondirilib, ostin-ustin qilib tashlangan.

Dushmanga sotilgan xoinlar orasida shaharning eng katta boylaridan biri Muhammad Soatboy degan kishi ham bor edi. Bu kishi Petropavlovsk, Troitsk va Rossiyaning boshqa shaharlari bilan savdo olib borib, Moskva va Nijniy-Novgorod savdo doiralari bilan aloqa o‘rnatgan edi. U rus tilini yaxshi bilgan. Muhammad Soatboy shahardagi bir guruh xoinlarning sardori sifatida general Chernyayevga muhim ma’lumotlarni yetkazib turgan. Shuningdek, Sinjiqlik degan joyda tug‘ilgan Mulla Sa’id ismli kishi ham ruslar tarafiga o‘tgan. Bu borada yuqorida qayd etilgan Sa’idazimboy Muhammad o‘g‘li ham dushman foydasiga ish yuritadi. Rus manbalarining ko‘rsatishicha, u xalq orasida o‘zining boyligi bilan ajralib turgan. Xonlik davrida mahkamada maslahatchi bo‘lib, keyin ig‘vo va makr yo‘li bilan hokimiyatni qo‘lga olish va obro‘ orttirishga intilganligi uchun mahkamadan chetlatilgan. Shunga o‘xshash vatan xoinlarining barchasi shaxsiy manfaatlari yo‘lida hech narsadan toymaydigan va hiyla-nayrangning piri bo‘lgan kishilar edi, xolos. Muarrix so‘zi bilan aytganda, ular «o‘z dini va vatanidan» yuz o‘girgan pastkash odamlar hisoblanganlar.

Toshkent shahri osmonida dahshatli xavf-xatar hukm surayotgan paytda bir guruh yuqori tabaqa vakillari Buxoro xonligiga tayanishga harakat qilganlar. Ularning tashabbusi bilan Buxoroga yordam so‘rab elchi yuboriladi. Ahmad Donishning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bu muhim masala Buxoroda muhokama qilinayotgan-da, ayrim kishilar Toshkentga yordam berishni taklif etgan bo‘lsalar-da, lekin, birinchi navbatda, Sulton Sa’idxonning Buxoroga kelishi va bu bilan bo‘ysunganligini izhor etishi lozimligi ukdirib o‘tilgan. Buning ustiga Buxoro amiri Muzaffar «Men bir rus lashkarboshisi bilan jang qilishni or-nomus deb bilaman, xohlasam, to‘ppa-to‘g‘ri Maskov yoki Peterburgga borib, Rus davlati bilan urushaman», deb katta ketgan. Bu ham kamdek amir Muzaffar Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy yurishga tayergarlik ko‘radi.

Toshkentliklar Qo‘qon xonligi tarafini olib Vatan himoyasi uchun tayer turdilar. Shuning uchun ham ular Oqmasjid mahallasida istiqomat qiluvchi Eshon Boboxo‘ja Amin degan kishini dushman tajovuzi haqida axborot berish uchun Qo‘qonga yuboradilar. Bu yerga darhol xonlikniig barcha joylaridan sarbozlar va g‘oziylar to‘pllanishib, Sulton Sa’idxon va Olimqul boshchiligida Toshkentga yo‘l olganlar. Ular Xo‘jand orqali To‘ytepaga yetib keladilar. Bu yerda bir kecha dam olgandan keyin Chirchiq daryosidan o‘tganlar. Buni eshitgan «Toshkent amaldorlari, sardorlari, ulamolar, fozillar, shayxlar, g‘ariblar, gadolar, erkak va xotinlar aralash shodliklaridan ularning istyqbollariga chiqib g‘oziylar, mujohidlarning yuzlaridagi changu g‘uborlarni yuvdilar». Shundan keyin ular Mingo‘rikka keladilar. Bu yerda shahar ahlining qatnashuvida Sulton Sa’idxon, Olimqul va sarbozlar sharafiga ziyefat berildi. Shu yerda Olimqul nutq so‘zlab, Toshkent ahlining dushmanga qarshi ko‘rsatgan jasorati va qahramonliklariga minnatdorchiligini bildirib, bu bilan faxrlanishini uqdirib o‘tadi. Shuningdek, u «bir tomchi qoni qolguncha» kurashajagini hamda Buxoro amirining umumdushmanga qarshi harakatga katta ziyon keltirayotganligini gapirgan. Agar, degan u, amir Muzaffarning bunchalik dushmanligini avvalroq bilganim-da birinchi navbatda «uni Amir Temurning baland maqomidan va davlatidan mahrum qilib», so‘ngra ruslarga qarshi urushgan bo‘lardim. U islom dinini mustahkamlash, mamlakat kuch-quvvati va taraqqiyotini ta’minlash hamda avlodlarga «fil misoli yodgorlik» qoldirish va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish lozimligi haqida ham gapirgan.

Olimqul kimniki oti, tuyasi yeki eshagi bo‘lsa, harbiy aslahalar, oziq-ovqat va chodirlarni Chirchiq daryosidan o‘tkazishga darhol yordam berishlarini shahar kattalaridan va ahlidan iltimos qiladi. Bu so‘rov bajonidil qabul qilinib, amalga oshirilgan. Toshkentga kelgan sarbozlar va g‘oziylar orasida qo‘qonliklar, andijonliklar, namanganliklar, marg‘ilonliklar, o‘ratepaliklar va xonlikning boshqa joylarining ahli bor edi.

Muhammad Solih Toshkandiy guvohligiga ko‘ra, sarbozlar va g‘oziylar erta tongda o‘rinlaridan turishib, musiqa va mungli maqomlarni tinglashib, qiblaga qarab joynamozda o‘tirdilar. Bu paytda «har bir chodirdan bomdod azonining ovozi eshitilib turdi, so‘filar ovozining aks-sadosi butun osmonu falakka taraldi. Bomdod namozi ado etilgandan keyin odamlar ruhlanib va dadillashib kamarlar bilan bellarini bog‘lab, qilichlar taqishib, nayza va to‘fanglarni olishib, temir qalqonlarni kiyishib, sho‘x, o‘ynoqi va kelishgan otlarni minishib jangga shaylandilar». So‘ngra ularga fuqarolar, mullavachchalar (madrasa talabalari) va boshqa g‘oziylar qo‘shilishib, Afrosiyob tepaligiga borishib, Sulton Sa’idxonga salom va ko‘rinish berdilar. Bunda muallifimiz Muhammad Solih Toshkandiy ham jangchi sifatida hozir bo‘lgan edi. Yuqorida qayd etilgan qozoq xalqining qahramoni Sodiq Kenesari o‘g‘li Olimqulning o‘ng qo‘li sifatida lashkarboshitik qilgan. U bir guruh sarbozlari bilan dushman turgan joyga vaziyatni bilish uchun (razvedkaga) yuboriladi.

«Sodiq to‘ra, — deyiladi Muhammad Toshkandiy asarida, — navkarlari bilan chopib kelib xabar berdiki, ikki firqa rus askarlari ikki tomondan — Sho‘rtepadan chiqib Oltintepaga va bu yerdan Nazar qo‘rboshi qo‘rg‘onchasiga kelishdi va bir-birlari bilan qo‘shilishdi. So‘ngra, ular yo‘lni davom ettirdilar. Ularning bir qismi otliq, qolgani esa pibda askarlar hisoblanib, ikki to‘plari bordir. Ular ko‘p o‘tmay Salor arig‘iga yetib keladilar».

Darhaqiqat, dushman Salor atrofiga o‘rnashadi. Olimqul ularga qarshi birinchi navbatda qora kiyimli sarbozlarni, keyin nimcha kiyimlilarni va orqasidan temir sovut kiygan 2000 navkarni, 2000 kulohpo‘sh (shlem) kiyganlarni, so‘ngra miltiq bilan qurollangan otliqlarni hamda har bir ming kishi orasida ikki zambarakni jangga otlantiradi. Ularning ketidan yana otliqlardan va g‘azot talabgorlardan iborat kuchlar bordi. Olimqul sarbozlar va g‘oziylar orqasidan «chopqir otga minib tezlik bilan Afrosiyob tepasidan tushib shaharning Qo‘qon darvozasiga borib to‘pchilar, otashxona va zambaraklarni shunday tartibi bilan o‘rnashtirdiki, har bir safni boshidan oxirigacha qaraganda xuddi bir odam turgandek ko‘rinardi. Saflar orasida 36 zambarak qon ichuvchi o‘qlari bo‘lgan og‘izlarini ochgan holda farmonni kutib turardilar. U bu yerdan Tarxonsa’id arig‘i bo‘yida turgan mujohidlarni ham ko‘zdan kechirayotganda, o‘ruslar Salor arig‘idan o‘tib to‘p otdilar va soldatlar olg‘a yura boshladilar». Bu voqeada bevosita qatnashgan Muhammad Solih Toshkandiyning yozishicha, urus askarlariga qarshi tup va miltiqlardan o‘qlar otilgan. Shundan keyin jang maydoni to‘p va miltiqlar tutunidan, chang-to‘zondan kishi bir-birini ko‘ra olmaydigan darajaga yetdi. Shunga qaramay vatan himoyachilari shiddat bilan hujumga o‘tib, rus askarlarini chekinishga majbur qilganlar. Shu onda Olimqul har bir shaxs oldiga borib, xususan bahodirlarga, sardorlarga va sarbozlarga shirin so‘zlar bilan murojaat etib, din va Vatan uchun jangga ruhlantirib turgan. Otliqlar uch tarafdan hujum qilib, dushman orqasidan quvlab Olchoq va Oltintepa mavzelari orqali Sho‘rtepagacha quvlab borganlar. Dushman bu yerdagi tepalikka chiqib jon saqlab qolgan. Shundan keyin vatan himoyachilari turgan joylarida zovurlar qazib urnashib oladilar. Vatan himoyachilarining bir qismi shaharga qaytib dam olishga va yangi janglarga tayyorgarlik kurish taraddudiga kirishadi. Shuni alohida ta’kidlab utish lozimki, qulga kiritilgan katta g‘alaba karnay-surnay sadolari va ashula-kuylar sadosi ostida zo‘r shodu xurramlik va tantana bilan qarshi olindi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu g‘alabani qulga kiritishda shahardagi aholining katta-kichik barcha toifalari va ayollar faol qatnashdilar. Bu xususda voqealar qatnashchisi Muhammad Solih Toshkandiy shunday yezadi: «Shahar ahlining 7 yeshidan 70 yoshgacha erkak-xotin, yosh-qarisi xizmat kamarini bellariga bog‘lab, pishgan taomlarni boshlariga kutarib qatiq, sut, sharbat, issiq nonlar va shirin mevalarni savatlarga solib, g‘oziylar va mujohidlar turgan joylarga olib borib, iltijo, tavallo va dildorlik qilib, ko‘zlaridan hasrat yoshlarini oqizib, kuz yoshlari bilan g‘oziylar va mujohidlar yuzlaridagi changu g‘uborlarni yuvib, artib ko‘zgudek tozalab, (keltirgan narsalarini) yeb bitirishlarini iltijo qildilar».

Kishi qalbini hayajonga soluvchi mazkur satrlar shundan guvohlik beradiki, toshkentliklar Vatani va dini uchun jonini ham, molini ham fido etib chinakam erksevarliklarini, kindik qoni to‘kilgan yerga sodiqliklarini yaqqol namoyish qildilar. G‘alaba tom ma’nodagi xalq shodiyonasiga aylanib, dovrug‘i xonlikning barcha joylariga tarqaldi. Endiliqda Sulton Sa’idxon va Mulla Olimqul navbatdagi jangni qaysi tarzda o‘tkazish xususida maslahatlashib olish uchun kengash chaqirdilar. Bunda toshkentliklar bir tarafga va qo‘qonliklar ikkinchi tomonga alohida o‘tqazilib, fikr almashildi.

Toshkent vakillari katta jasorat va g‘ayrat bilan g‘alabaga erishilganligini eslatishib, Sodiq To‘ra va uning ukasi Arslon Kenesari o‘g‘illari boshchiligida navkarlarni va g‘oziylarni Turkiston, Oqmasjid, To‘qmoq, Olmaota va, umuman G‘uljagacha bo‘lgan xonlikka tegishli yerlarni qayta egallashga chaqirdilar. Boshqacharoq aytganda, ular hujumkorlik va shiddat bilan bosqinchilar ustiga bostirib borish zarurligini ta’kidladilar. Ammo qo‘qonlik amaldor Otabek sharbatdor degan kishi Mulla Olimqulga pichirlab: «Agar ularning bu rejalari ruyobga chiqib qolsa, u vaqtda birisi xon, birisi vazirlikni xohlab bizdan yuz o‘girishi turgan gap» degan. Mulla Olimqulga bu gap ma’qul tushib, avvalo mamlakatdagi ichki ishlarni hal etib, so‘ngra jahongirlik qilish o‘rinlidir, deb javob bergan. Aslida dushman mag‘lubiyatga uchrab turgan kezlarda shiddatli hujum vositasida uni tamomila tor-mor etish harbiy nuqtai nazardan eng to‘g‘ri yo‘l edi. Ammo Mulla Olimqul bundan oldingi g‘alabalarda ham dushmanni oxirigacha mag‘lubiyatga uchratish siyosatini qo‘llamay dastlabki g‘alaba bilan qanoatlanib qolgani rus harbiy sardorlariga juda qo‘l kelgandi. Ular har gal bundan foydalanib, nafas rostlab va tayergarlik ko‘rib hal qiluvchi janglarda baland kela boshladilar. Toshkentda ham xuddi shunday hol yuz berdi.

Rus manbalariga ko‘ra, yuqorida sharhlangan jang 9 may ertalab soat 7 da boshlanib, vatan himoyachilari 12 zambaraqdan o‘q uzib, hujum qilganlar. Shundan keyin go‘ye vatan himoyachilari chekingan emish. Lekin, deyiladi rus manbasida, dushmanning (ya’ni vatan himoyachilarining — H. 3.) o‘q yomg‘irlari ostida rus askarlari tepalikka chiqib olgan edilar. Bu ma’lumot muarrixning ruslar Niyozbek qal’asidagi tepalikka chekindilar, degan so‘zlarini tasdiqlaydi. Ammo rus manbalarida Chernyayevning maglubiyatini sir tutish maqsadida vatan himoyachilarining g‘alabasi tilga olinmaydi.

G‘alabadan keyingi voqealarni muarrix quyidagicha ta’riflaydi. U madrasadagi o‘z safdoshlari bilan qurollangan holda Qo‘qon darvozasidan chiqib, Salor arig‘i orqali Nazar qo‘rboshi qo‘rg‘onchasiga kelgan. Bu yerdan ular jang maydoniga otlanishib, Olchoq va Do‘rmoncha degan joyga borib, mudofaada turgan vatan himoyachilariga qo‘shilganlar. Bu yerlarning uch joyida 12 tadan, ya’ni 36 to‘p o‘rnatilgan bulib, ularning orasida sarbozlar va g‘oziylar o‘rnashtirichgan edi. Ayni vaqtda Sho‘rtepa qal’asining narigi tomonida uch bo‘linmadan iborat rus askarlari turgan. Har ikki tomon o‘rtasida to‘plardan o‘q yomg‘irdek yog‘ilib, hamma yeqni chang-to‘zon qoplagan. Bu dahshatli jangni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Muhammad Toshkandiy shunday yozgandi: «To‘plar va miltiqlar og‘zidan dumaloq o‘t-olovlar chiqib, havoga parvoz etib, dushman ustiga yog‘ar edi. Jasur va fidoyi sarbozlar hamda mujohidlar urush maydonida dushmanni yoqasidan ushlab va mushtlashib, qo‘llaridagi tig‘, qilich va nayzalar bilan jang qildilar. Maydonda o‘layotganlar va jarohatlanganlarning oh-vohlari va faryodlari sadolari har tomondan eshitilib turardi».

Shu paytda Mulla Olimqul hujumni yanada jadallashtirish haqida farmon berib, Abdullabek bilan ot choptirib jangga kirib ketdilar. Abdullabek bir ko‘zidan jarohatlanadi, lekin u bo‘sh kelmay qarshisidagi rus soldatini qilichi bilan ikki bo‘lak qilib tashlaydi. Mulla Olimqulning o‘zi ham bir soldatni chopib tashlaydi. Jang avjiga minib turgan paytda bir o‘q Mulla Olimqulning qornini teshib, kindigidan chiqib ketadi. Shu onda Mulla Olimqul «ot ustidan yiqilayotganda uni bo‘ynidan mahkam ushlab, o‘zini yana ot ustiga oldi va shu holda to‘pxona oldiga borib farmon berdikim: «Toshkent fuqarolari asta-sekin orqaga qaytib o‘zlarini shahar ichiga olsinlar, boshqa sarbozlar va mujohidlar esa urushni davom ettirsinlar».

Mulla Olimqulning qattiq jarohatlangani va toshkentliklarning shahar ichiga qaytishi haqidagi ko‘rsatma vatan himoyachilarini sarosima va vahimaga solib qo‘ydi. Shunga qaramay vatan himoyachilari jangni davom ettirdilar.
Yuqorida sharhlangan jangning tafsiloti va ayrim sardorlarning xoinligi Mulla Olim Mahmudhoji asarida ham o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, qipchoq va qirg‘izlarning ba’zi boshliqlari nihoyatda xavf-xatarli va taqdirni hal etuvchi damlarda ochiqdan-ochiq jang qilishdan bosh tortgan. Bu masala xususida o‘sha muallif shunday yezgan: «Toshkentdan taxminan o‘n ikki chaqirimlik Olchoq mavzeiga yaqinlashganda Mulla Olimqul kuribdurlarkim, Rusiya qo‘shini bir joyga jam bo‘lib turubdur. Olarning muqobiliga Mulla Olimqul otliq merganlarni piyoda qilib, to‘pchi sarbozlarni yeniga qo‘yib, to‘plarni ro‘baro‘ aylab, ikki taraf otishma boshlabdir. Har ikki tarafning to‘p-to‘fong otishidan va changu g‘uboridin urush ma’rakasi qorong‘u bo‘lib, bir-birlarini ko‘rmaydurg‘on darajaga yetub, bu urushda Mulla Olimqul o‘zi qo‘shinga bosh bo‘lib, goh bul taraf, goh ul tarafdagi askarlarning tepasiga borib ko‘ngil surab turgan. Aksar qipchoq-qirg‘iziya sarkardalari qo‘shinlar bilan urushga aralashmay Mulla Olimqulga ko‘rinish aylab tepa ustidin urushni nazorat qilib turubdurlar. Mulla Olimqul Yunusjon shig‘ovulni yuborib aytibdurlarkim: «Bu qanday ahvol... xusumat va adovatni vaqti emas, urush tamom bo‘lgandan keyin har nima ko‘ngillaringizda bo‘lsa, muddoan tab’ joyiga yetkazurman. Hammamiz ittifoqdashib obro‘ olayluk, bo‘lmasa mulku mamlakat, davlat qo‘ldan ketadur». Bu so‘zlarni Yunusjon shig‘ovul yetkurgon holda olarning ichidan Po‘lod qirg‘iz degan dag‘al odam qattiq va durust javob berib, Yunusjonni qaytardi. Shul urush asnosida Mulla Olimqul savora har qaysi qo‘shin dastasida goh to‘pchilar, goh piyoda mergan va otlug‘ askarlar oldiga borib, har qaysilariga o‘zi amr berib turgan holda biqinidan o‘q tegib otdin yiqildi. Darhol uni ot uzasiga olib, qo‘shinning nazariga sog‘ odamdek ko‘rsatib qo‘shinga darhol to‘p va to‘pxonalar ilan askar Toshkent rafiga qaytsin deb amr berildi».

Shu ravishda vatan himoyachilari sardorsiz qolib o‘z holiga tashlandi va parokandalik kuchayib bordi. Shunga qaramay ular o‘z kuch va irodalariga tayangan holda urush maydonini tashlab ketmadilar. Ular 36 zambarakdan dushmanga qarshi o‘q otib turdilar. So‘ngra karnay sadolari ostida vatan himoyachilari birdaniga hujumga o‘tib, dushmanlar bilan yuzma-yuz jang qildilar. Shu tarzda ular asta-sekin Salor arig‘iga chekindilar. Bu vaqtda Mulla Olimqul nihoyatda og‘ir ahvoliga qaramay jangchilar bilan birga bo‘ldi.

Ammo ba’zi xoin guruhlarning xatti-harakatlari dushmanga qarshi kurashga ancha zarar yetkazdi. Birinchilar qatori Hakimxo‘ja Kalon boshchiligidagi sebzorliklar dushman hujumiga bardosh berolmay qochdilar. Qipchoq, qirg‘iz va andijonliklar ham qo‘lga tushgan narsalarni olib Farg‘ona tomonga yo‘l oldilar. Muarrixning guvohlik berishicha, bunday sotqin guruhlar hatto Qo‘qon darvozasi ro‘parasida turgan 12 to‘pni shahar ichiga olib kirish haqida to‘pchilarning iltimosiga quloq solmay ketaverganlar. U o‘zining hamrohlari bilan ikki to‘pni shahar ichiga joylashtirishga yordam bergan. Xuddi shu vaqtda beliga oltin kamar bog‘lagan, kumush qinda qilichi va oltin soshsh oyboltasi bor sardorlardan biri ham qochib ketayottanda Muhammad Toshkandiy uni xoinliqda ayblab temir tabq bilan yelkasiga urib yiqitgan. «Biroz muddatdan keyin, — deb yozgandi muarrix, — Abdullabek tabib Mulla Olimqulni o‘ziga suyantirib kelayetir, ularni yonida esa hindistonlik to‘pchiboshi dastro‘molchasi bilan ko‘z yeshlarini artib turgan edi. Shunda Mulla Olimqulning o‘g‘li kelib dadasini ko‘rgani hamon «Voy, otam», deb yig‘lab yubordi. Jamidor (o‘sha hind) to‘pchiboshi darhol unga «tovush chiqarma», deb ishorat qildi. O‘g‘lini ko‘rib Mulla Olimqul oldiga kelishini ishorat qildi. O‘g‘li darrov kelib qulog‘ini otasini og‘ziga tutdi. Mulla Olimqul nimalarnidir pichirladi hamda qo‘yniga qo‘lini tiqib payg‘ambarning muborak sochlarini o‘g‘liga berdi. Shu bilan o‘g‘li bilan xayrlashdi va ketishiga ruxsat berdi. Shundan keyin Mulla Olimqulni asta-sekin Qo‘qon darvozasidan ichkariga olib kirishib chap tomoniga shayx Shibliy ko‘prigiga yurishib va undan o‘tib o‘ng qo‘ldagi soya-salqin daraxtzorga yetqizishdi».

Shu paytda ruslarning to‘pdan otgan o‘qlarining biri qal’ani shikastlantirdi, ikkinchisi ba’zi to‘pllarni o‘ldirdi va ba’zilarini jarohatlantirdi. Natijada to‘p otuvchi kishi qolmaganidan Muhammad Toshkandiy hamrohlari bilan o‘qni to‘pga joylayetganida bir yosh yigit kelib, ismi Toshmuhammad ekanligini va Oqqo‘rg‘ondanligini bildirib to‘pni otishga kirishgan. Bu yigitning otgan o‘qlari xato ketmasdan mo‘ljalga tegishi orqasida rus zambaraklarining ovozi o‘chgan. Bundan xursand bo‘lgan Muhammad Toshkandiy debdi: «Ey, jon o‘g‘lim, seni xizmatingni sharofatidan musulmonlar katta foyda ko‘rdilar, qal’a kungirasidan qaraylik-chi, o‘qlar bekorga ketmaganmikan. Tezdan qarasak, ruslar Niyozbekni katta yo‘li bo‘ylab to‘plarini pastlik yerga qo‘yib, so‘ngra asta-sekin Shurtepa tomonga yurdilar. Bularni ko‘rib men: «Oxirating obod bo‘lsin, zotu zurriyotingga rahmat», — deb Toshmuhammadni duo qildim».

Vatan himoyachilari dushmanga qarshi to‘plardan o‘q uzishni tuxtatmay, pirovardida hammasi shahar ichiga qaytishib darvozalarni mahkamlashdi. Shaharda o‘z-boshimchalik va parokandalik hukm surishi orqasida vaziyat yanada og‘irlashgan. Hamon Qo‘qon navkarlaridan bir guruh kishilarning Xo‘jand va Qo‘qon tomonga ketayetganligini ko‘rish mumkin edi. Shu paytda Asadulla tabib va Abdulla libosdor shayx Shibliy ko‘prigi tomonidan yarador Mulla Olimqulni zambilda hukumat saroyiga olib keldilar. U zambilda yetgan holda «Toshkent fuqarolari xafa bo‘lmasdan uy-joylariga qaytsinlar», degan so‘zlarni takrorlay bergan. Aftidan, u ularni shahar mudofaasi bilan mashg‘ul bo‘lishga chaqirgan. Muhammad Solih Toshkandiy hamrohi Eshonxonhoji bilan shovqin-suronni eshitib qurol bilan masjiddan ko‘chaga chiqishsa, Chust hokimi Muhammad Ayub otlig‘ yarog‘-aslahalar va bayroqlar hamda ming kishilik otliq askarlar bilan ketayotgan ekan. Ularga «Qayeqqa ketayotirsizlar?», deb savol berilganda, «O‘ruslar Ko‘kcha darvozasi tomon kelmoqchi, amiri lashkar Mulla Olimqul o‘sha yoqqa borishni buyurdilar», deb javob berganlar. Shu paytda bir kishi amiri lashkar o‘ldilar, ular qochib ketayotir, deb muarrixga gapirgan. Shunda Muhammad Solih Toshkandiy Chust hokimiga «Hukumat bergan tuzini» inobatga olib, dushmanga qarshi urushni davom ettirish lozimligini aytganda, hokim: «Bu mullavachcha nimalarni gapirayapti», — deb qilichi bilan uning boshiga urmoqchi bo‘lgan. Muhammad Toshkandiy esa chaqqonlik qilib miltig‘ining qo‘ndog‘i bilan hokim otining tumshug‘iga va orqa tomoniga urganda gandiraklab, orqaga ketayotgan otlarga urilgan. Ular vahimaga tushib qochib qolganlar.
Muarrix yana bir voqeaning guvohi bo‘lgan. U ko‘chada ketayotganda choponi ichida qilichibor ikki kishining yuk ortilgan ikki otni yetaklab ketayotganliklarini ko‘rib, so‘raganda «Bizlar savdogarlarmiz, hukumat saroyiga borayotirmiz», — deb javob berishgan. Ammo Muhammad Solih Toshkandiyning shogirdlaridan biri otliqlar Qo‘qondan qori Shamsiddin tomonidan Mulla Olimqulga urush xarajatlari uchun yuborilgan mablag‘larni olib ketayetgan Hakimxo‘ja va Yoqubboyvachcha ismli kishilar ekanligini ma’lum qiladi. Bu davlat xazinasiga tegishli mablag‘lshini anglagan Muhammad Solih Toshkandiy xazinani Musa Muhammadbiy degan kishining uyiga quydirgan va o‘g‘irlanishdan saqlagan. Shundan keyin Muhammad Solih Toshkandiy bu haqda ma’lumot berish uchun Sulton Sa’idxon huzuriga ketadi. U hamrohi Eshonxo‘ja bilan shayx Shibliy arig‘i ko‘prigidan o‘tganda «podshohlik anjomlarini va har xil narsalarni» tepasida turgan To‘raqul degan kishiga duch kelgan. U kishi bu xazinaga tegishli nafis va qimmatli buyumlarni shahar ichiga olishda yordam berishni muarrixdan iltimos qilgan. Bu so‘rov sarbozlar yordami bilan amalga oshirilgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, xazina mollari qayergadir olib ketishga tayerlab qo‘yilgan ekan. Muhammad Solih Toshkandiy Sulton Sa’idxon darvozaning shimolidagi Davlatboy degan kishining o‘rikzorida turganini aniqlab oladi. Muhammad Solih Toshkandiy Sulton Sa’idxonning: «Qayerdan kelabtirsizlar?», — degan savoliga shunday javob beradi: «Mujohidlar va g‘oziylar jamoasiga Qo‘qon darvozasini berkitdirib, parishonhol va har tomonga qochayotgan kishilarni o‘z joylariga qaytarib va yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngillarini ko‘tarib, yuraklaridagi har turli vahima va xavfni chiqarib, podshohlikka tegishli turli mollarni va mablag‘larni talon-taroj etishdan xoli etib, ma’lumot berish uchun huzuringizga keldik».

Shuningdek, u so‘zining oxirida Toshkent shahrining «qurshovdagi qo‘l-oyoqsiz (sardorsiz) va tashnalikda (suvsizliqda) qolgan xalqini ozod etishning oxiri baxayr bo‘lishligi»ni ta’minlab, «yaxshi nom qoldirish va buni avlodlar qalbida abadul-abad saqlanishini» ta’kidlab o‘tadi.
Muhammad Solih Toshkandiyning bu otashin vatanparvarlik so‘zlari Sulton Sa’idxon va yuqorida aytilgan xazinani Qo‘qonga olib qochishga harakat qilayotgan Mufsid Otabek sharbatdorning g‘azabini qo‘zg‘atib yubordi. U o‘zini tuta olmay navkarlarga Muhammad Solih Toshkandiyni otib tashlashni buyurdi. «Bizlar ham, — deb yozadi muarrix, — ko‘chani o‘rtasiga tushib ulardan oldin miltiqlarimiz bilan ularni peshonasini nishonga oldik. Bu holni ko‘rib turgan viloyat kattalaridan biri bo‘lmish Eshon Mansurxo‘ja: «Otabek, hozir shunday vaqtki, fitna-fasodni va xalqni parishonligini daf etib va orqaga qaytib mamlakatdorlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish darkordir. Ayni bir vaqtda podshohlik asbobu anjomlarini bir yerga to‘plash lozimdir», — deb gapirgan.

Shundan keyin yo‘lga chiqishga otlanib turgan Sulton Sa’idxon «darhol otining jilovini orqaga burib va qaytib» Muhammad Solih Toshkandiy va boshqa kishilarning oldiga kelib o‘zining ketmasligini anglatdi. Shunday qilib ko‘rdikki, Muhammad Solih Toshkandiy otashin vatanparvar, jasoratli va mard jangchi sifatida o‘z ona yurti himoyasi uchun hech narsadan qaytmagan. Uning Sulton Sa’idxonni qora kuchlar panjasidan ajratib olishi va xazina mollarini saqlab qolishi dushman qamalidagi shahar ahli uchun har jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sulton Sa’idxondan yuz o‘girib qochib ketgan qipchoqlar, qirg‘izlar, ayrim Qo‘qon sardorlari va navkarlari Quqonga borishib taxtga yangi xonni tayinlash harakatiga tushib ketdilar. Bu vaqtda Toshkent shahri amalda Qo‘qon xonligidan ajralgan holda yashamoqda edi. Ammo Toshkent ahli Sulton Sa’idxonning, yuqorida ko‘rsatilganidek, Mulla Olimqul amiri lashkar bilan dushmanga qarshi kurashlarda bevosita qatnashganligini qadrlab va o‘z sodiqligini izhor qilib, uni qayta xonlik taxtiga o‘tqazdilar. «Mamlakat a’yonlari, ashraflar va mutasaddilar, xususan Sodiq To‘ra va ukasi Arslon To‘ra, Mulla Solih dodxoh, Bobojon ponsodboshi, Mulla Sodiq va Otaquli Mahram yasovul va boshqa sardorlar hozir bo‘lishib, ta’zim ila salom berishib, peshonalarini mazallati tuprog‘iga surtib, amal darajalari maqomiga yarasha o‘tirishib yakdillik bilan Sulton Sa’idxonni to‘rt burchakli oq kiygizni ustiga o‘tqazib, yuzini qibla tomonta qaratib qo‘ydilar. To‘rt jamoa va qabila boshliqlari kiygizni bir burchagidan, ulamo va fozillar ikkinchi burchagidan, Sodiq To‘ra va Arslon To‘ra va boshqa elat boshliqlari uchinchi burchagidan, Qo‘qon sardorlari to‘rtinchi burchagidan, Toshkent a’bnlari, ashraflari va sarkardalari, jumladan Sher Alibiy, hammalari birdaniga taqrib aytib, salovot o‘qib, yig‘lashib podshohlikka ko‘tarishdi hamda podshohlik tojini boshiga kiygizishdi. Shu onda ular «Muborak bo‘lsin» deyishib, tabriklashdilar. Sulton Sa’idxon sharafiga ziyofat berildi».

Sulton Sa’idxon Muhammad Solih Toshkandiyning xizmatlarini taqdirlab, shoyi to‘n kiygizib shunday degan: «Eshoni domulla! Endi davlatga sherik bo‘ldingiz, xabar olib tursunlar». Shu ravishda Toshkent o‘z xoniga ega bo‘lib, amalda mustaqilligini namoyish etdi.

Muhammad Solih Toshkandiyning yozishicha, mazkur voqea arafasida uning amakivachchasi eshon Yusufxo‘ja Inog‘omxo‘ja chitfurushning o‘g‘li xonadonidan Mulla Olimqulni o‘ligi chiqarilib, Shayxontahur qabristoniga qo‘yilgan. U ham tobutni ko‘tarishib borgan. Mulla Olimqulning jon berishi va dafn etilishini Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiy shunday bayon etgan: «Qirg‘iz va qipchoqlar vafosizlik qilib, Xuqandi latifga ketgan kunlarida sartiya aholisi zamon xoniga vafodorlik ko‘rsatib, amiri lashkar bilan qoldilar. (Qipchoq va qirg‘izlar) xiyonati amiri lashkarga ham ma’lum bo‘ldi. Bundan dard chekib (Olimqulning) kasalligi yana og‘irlashdi va peshindan keyin uning ruh qushchasi tananing tor qafasidan xalos bo‘lib, jannat olamining fazosiga uchib ketdi, jonni jon ato qilganga berib, shahodat darajasiga yetdi. Amiri lashkarning farzandlari, xotinlari va tobelari bu ahvolni mushohada qilib, majruh qalblari yana mahzun bo‘ldi. Sabru qaror jabrini qo‘ldan berib, g‘am va qayg‘u tariqasiga o‘tdilar. Arkoni davlat, a’yoni shavkat, sartiya mamlakatining akobiru ashraflari, Toshkentning kattayu-kichigi hamma qayg‘uga tushib yig‘ladilar. Ularni ko‘zlaridagi yoshlar durga o‘xshab oqardi.
Alqissa, ul jamoatning nolayu faredi foyda qilmadi va bu dardi bedavoga iloj ham topilmadi. Nihoyat, fohira dunbning oriyat libosini amiri lashkar tanidan yechib, oxirat libosini kiyintirdilar. Arkoni davlat va a’yoni mamlakat qaysi makonga Mulla Olimqulning jasadini qo‘yaylik, deb mashvarat qilib bir qarorga kelolmadilar. Shu mahal amiri lashkarning bir necha ishonchli kishisi o‘zaro maslahat qilib ittifoqliqda jasadni fozillar quyoshi hazrati Shayx Xovand Tahur mozorida dafn qildilar».

Binobarin, Mulla Olimqul qayg‘u-alam va hurmat-izzat bilan jamoa ahlining barcha toifalari ishtirokida ko‘mildi. Haqiqatan ham u o‘z xalqining sodiq farzandi va jonkuyari edi. U Mallaxon vaqtidayoq o‘nlab yangi va ancha takomillashgan to‘plarni, yarog‘-aslahalarni tayerlashga katta e’tibor bilan qaradi. U Rus davlatining tajovuziga qarshi olib borilgan janglarga bevosita boshchilik qildi. Ularda qo‘lga kiritilgan ajoyib g‘alabalar uning nomi bilan bog‘liqdir. Pirovardida uning o‘zi ham jang maydonida og‘ir jarohatlandi va halok bo‘ldi.

To‘g‘ri, ayrim manbalarda Mulla Olimqul faoliyatiga doir salbiy qarashlar ham mavjud. Ammo o‘sha davrdagi juda mushkul siyesiy va iqtisodiy sharoitda uning qilgan ishlari har kimning ham qo‘lidan kelavermas edi. Buning uchun Mulla Olimqulga o‘xshagan vatanparvarlik, tadbirkorlik va jasorat singari oliy fazilatlarga ega bo‘lish lozim edi.

Sulton Sa’idxon qayta taxtga o‘tqazilganidan ko‘p o‘tmay sarkardalar, ulamo va fozillar, umuman, shaharning nufuzli kishilari qatnashuvida Rus davlatiga qarshi kurashda qanday choralar ko‘rish masalasi bo‘yicha kengash o‘tkazildi. Qizg‘in bahslardan so‘ng yordam surab Qo‘qonga, Buxoro va Xiva xonliklariga elchilar yuborishga kelishildi. Sulton Sa’idxonning ko‘rsatmasiga binoan, xon saroyidagi Mulla Mirza shig‘ovul va Mulla Yunusxon munshiy degan kishilarga yuqorida qayd etilgan joylarning hukmdorlari nomiga xat tayyorlash topshirildi. Qo‘qonga yuborilgan elchilar jang maydonidan qochib borayotgan Qo‘sh parvonachi qipchoq (sobiq Toshkent hokimi) va Mirza Ahmad qushbegi boshchiligidagi navkarlarni Piskent va Quramada uchratib, yerdam berish to‘g‘risidagi xatni topshirganlar. Ammo ular orqaga qaytishga ko‘nmay Supton Sa’id va Mufsid Otabek sharbatdor nomlariga xat yozib, qanday bo‘lmasin Sulton Sa’idni Qo‘qonga olib kelishni, aks holda taxt begonalarga o‘tib ketishini ma’lum qilganlar. Shu bilan elchilar orqalariga qaytishgan. Buxoroga sebzorlik eshon Hakimxuja qozikalon boshchiligida har dahadan to‘rt oqsoqol yuborilgan edi. Toshkentliklarning so‘rovi xon saroyida muhokama etilganda bir guruh kishilar balavd ovoz bilan: «Evdi bizlarga ham jihod va g‘azot qilish farzdir», deyishgan. Amir Muzaffar ham Toshkentga hamdardlik izhor etib, maktublar bilan elchilarning qaytishlariga ruxsat bergan. Ammo amir Muzaffar elchshgarga Jizzax orqali ketishni buyurib, uning hokimi eronlik Yoqub nomiga ham xat yezib yuborgan. Elchilar bu yerga kelishgavda suhbat vaqtida hokim debdi: «Sulton Sa’idxon Toshkentda qamalda turgan ekanlar, sizlar sog‘-salomat yetib borganlaringizdan keyin aytinglarki, u amir Muzaffari oliylariga ko‘rinish bersinlar va ziyoratni bajo keltirsinlar. Shunday qilinsa, hukmdorlik qoidalariga rioya qilinib ittifoqlik, hamkorlik va do‘stlikni yuzaga kelishiga bahona bo‘ladi».

Muzaffarxonning javob xati ham xuddi shu mazmunda edi. Xullas, Buxoro amiri birinchi galda Sulton Sa’idxonning bo‘ysunishi va shundan keyingina yordam berishi mumkinligini bildirdi. Bu aslida Toshkentning Buxoro amirligi tarkibiga kirishi degan so‘z edi. Shu bois mazkur masala shaharning nufuzli kishilari, jumladan, «Tarixi jadvdayi Toshkavd» asari muallifi qatnashuvida muhokamaga qo‘yildi. «Bu kengashda, — deb yozadi Muhammad Solih Toshkandiy,— Qo‘qonning ba’zi betamiz akobirlari hamda shayton, makkor kishilari Otabek sharbatdorning Sulton Sa’idxonni Buxoro amiri huzuriga yuborish haqidagi so‘zini quvvatladilar».

Muhammad Solih Toshkandiy so‘zlamoqchi bo‘lib turganda Muhammad Solih dodxoh unga, ko‘nglingizga kelgan gapni oshkora gapiravering, degan. «Shundan keyin, — deb yozadi Muhammad Solih Toshkandiy, — Sulton Sa’idxonga savol berdim: «Shahzoda, siz kimning farzandisiz?» — Javob berdilarkim: «Shahid Mallaxonning arzanda va aziz o‘g‘liman». Men dedim: «Otasiga ham, o‘g‘liga ham rahmat, birisi adolat nog‘orasini chaldi, ikkinchisi esa, g‘azot va jihod yo‘lida xizmat ko‘rsatib va yaxshi nom chiqarib o‘zga hukmdorlarni hayratga soldi. Shahzoda bamisoli xonlik xazinasidagi javhardir, uni bekordan-bekorga qo‘ldan boy bermaslik lozim. Aksincha, bu kishini etagidan ushlash burchimizdir. Hali qo‘lga kirmagan nasiyaga ishonib qo‘ldagi naqdni berish yaramaydi. Davlatning tuzini ichgan har bir amaldor va sarkarda uning g‘amini yemay, xizmat qilmay va o‘z vazifasini ado etmay har tomonga qarab qochsa, fuqarolar dushmanning asiriga aylanishi turgan gapdir».

Bu so‘zlarning tagida, agar Sulton Sa’idxon Buxoroga ketsa, u vaqtda xalq oldidagi mas’uliyatini va burchini bajarmay katta xatoga yo‘l qo‘yadi hamda fuqarolarni Rus davlati tobesiga aylantiradi, degan da’vo yetibdi, albatta.
Kengashda Muhammad Solih Toshkandiy fikrini quvvatlovchilar ham bo‘lib, ular shunday deyishgan: qo‘ldagi narsani havoyi gapga ishonib berish va yo‘q narsaga umid bog‘lash aqlsizlikdan, nodonlikdan va keyingi pushaymonlikdan iboratdir. Biz har tomonga elchilar yuborib yordam so‘radik, endi yordam bersinlar yoki bermasinlar, baribir, urush xarajatlarini Toshkent ahli o‘z bo‘yniga olib, nimaiki zarur bo‘lsa, yetkazib beriladi. Shu onda Otabek sharbatdor shayxontahurlik Mulla Mirjalil Gulmirza oqsoqol ug‘lini Buxoroga elchi sifatida yuborishni taklif qildi. Bunga qarshi o‘laroq Muhammad Solih Toshkandiy: — Yaxshisi, bizdan yarim chaqirim masofadagi general Chernyayev huzuriga aqlli va tadbirkor elchini yuborib, urushning to‘xtatilishini va unint Chimkentga qaytishini taklif etaylik, degan. U bu reja amalga oshsa, harbiy tayergarlik ko‘rish uchun vaqtdan yutish mumkin bo‘lishini bayon qilgan. Kengashdagilarga bu taklif ma’qul bo‘lib turganda bir guruh «xudbin va johillar: — Bizlar ruslarga bosh egib hech vaqt elchi yubormaymiz, — deb o‘rinlaridan turib ketishgan. Shunda Sulton Sa’idxon Muhammad Solih Toshkandiyga shoyi to‘n kiygizib: «Eshon domlamiz hozirjavob va hamma bobdurlar», — deb maqtagan.

Ko‘p o‘tmay Buxorodan Iskandar otliq bir amaldor olti nafar kishi bilan kelib Sulton Sa’idxonga amir Muzaffar maktubini topshirgan. Bu maktub mazmuni Sulton Sa’idxon va shaharning nufuzli kishilari qatnashgan kengashda muhokama etiladi. Unda Sulton Sa’idxonni Buxoroga taklif qilishdan maqsad qamaldagi toshkentliklarga va atrof-joylardagilarga do‘stona yordam berish ekanligi yozilgan ekan.

Sulton Sa’idxon maktubni qo‘lga olib yig‘in qatnashchilariga debdi: «Ey, qamaldagi fuqarolar, din yo‘lida devor ostida yetgan kishilar, dushman uqiga ko‘kragini tutib turganlar, chang-to‘zonda qolganlar, jonlarini ayamay dushman nayzasi va uqiga qalqon bo‘lganlar, qanday maslahat berasizlar?» Kengashdagilar yakdillik bilan: «Bizga hozir nihoyatda og‘ir damlarda yordam berish o‘rniga sardorlarimizni olib ketishadilarmi, axir. Biz rahbarsiz qolamiz-ku, boshimizni olsa olsinlarki, lekin hukmdorimizni bermaymiz», — deb jahl va norozilik bilan tarqab ketganlar. Shundan keyin nufuzli kishilardan bir guruhi kelib Sulton Sa’idxonni Buxoroga jo‘natishga qaror qildilar. Bundan xabar topgan Muhammad Solih Toshkandiy darhol kelib norozilik bildirganda, Buxoro amirining tarafdorlari «Sulton Sa’idxon Buxoroga bormaguncha yordam bo‘lmaydi, amir hazratlari esa bu yerga qadam bosmaydilar», — deb javob berganlar.

Shunda Muhammad Solih Toshkandiy ko‘nglida yordam qo‘lini cho‘zish niyatidagi odam shart qo‘ymay kelaveradi, amirning esa Rus davlati bilan tili bir, deb gapirgan. So‘ngra u ochiqdan-ochiq: «Davlat tuzini ichgan amaldorlar va sardorlar qochsalar, qal’ani tuprog‘ini yalab yotgan fuqarolar, g‘ariblar, beva-bechoralarning qo‘llari qiyomatgacha ularni yoqasiga yopishib, malomat va ta’na ostida qoladilar», deb chiqib ketgan.

Xullas, Sulton Sa’idxon 1865 yil 9 iyunda, erta tongda Mirhamid Mirhalim o‘g‘li boshchiligida 500 askar va bir to‘p bilan Buxoroga yo‘l oldi. Bu vaqtda dushman to‘plarining ovozi eshitilib turmoqda edi. Sulton Sa’idxon ketmasdan bir necha kun ilgari rus harbiy sarkardalari bo‘lajak hal qiluvchi jangga puxta tayergarlik ko‘rdilar. Ular «Turkiston zaminiga, xususan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va boshqa joylarga josuslar yuborib, ma’lumot to‘pladilar va ko‘p narsalarni bilib oldilar».

Ayni zamonda Toshkentdan Buxoroga elchilar yuborilganidan xabar topgan Chernyayev amirning harbiy yurish qilishi ehtimoldan xoli emas, deb uning yulini to‘sish uchun 1865 yil 17 mayda Zangiota orqali borib, Sirdaryo qirg‘og‘idagi Chinoz qal’asini egalladi. Bu yerda 4 cho‘yan zambarak va boshqa yarog‘-aslahalarni o‘lja oldi. Shundan keyin u o‘z askarlari bilan Toshkent ostonasida qoddirilgan podpolkovnik Krayevskiy boshliq harbiy qismga kelib qo‘shildi. Ruslar vaqti-vaqti bilan shaharni to‘plardan o‘qqa tutib turdilar. Chunonchi, bir qism soldatlar shayx Shibliy arig‘i atrofidagi Azizberdi oqsoqolga tegishli joyga o‘rnashib, to‘plardan qal’ani o‘q yemg‘irlari ostiga oldi. Bularga qarshi shahar darvozalari tepasiga o‘rnatilgan to‘plardan javob o‘qlari otildi. Ular shu darajada mo‘ljalga aniq otildiki, dushman chekinishga majbur bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat uchun Sulton Sa’idxon o‘zini ko‘rsatgan har bir to‘pchini 100 tangadan pul, bittadan to‘n va qo‘y bilan taqdirlagan edi. Ammo hali qattiq janglar va talofatlar oldinda edi. Mana shunday xavf-xatarda Mulla Olimqulning o‘limi va Sulton Sa’idxonning shaharni tashlab ketishi vatan himoyachilarini sardorsiz hamda lashkarboshisiz qoldirdi. Buning ustiga Buxoro, Qo‘qon va Xivadan hech qanday yerdam kelmadi. Ayniqsa, Buxoro xonligining tutgan siyosati dushmanga qarshi kurashga beqiyes katta ziyon keltirdi. «Toshkentdan, — deb yozadi Mulla Olim Maxdumhoji, — odam va ariza yubordilar. Amiri Buxoro bularga go‘yoki yordam va inoyat tariqasida Iskandarbek sarkardani besh-o‘n uzun chopon odam ila Toshkentga yuborgandan boshqa foydalari bo‘lmadi. Lekin yordam bermoq umidida Toshkent shahrida Xo‘qand hokimi bo‘lib turgan xonzodani (Sulton Sa’idni) bir necha sarkardalar ilan Buxoroga oldirib ketmoq bo‘ddilar. Muddaolari yordam bermoq o‘rniga Xo‘qand taxtini tasarrufiga olib, o‘zlariga tobe odamni xon qilmoq ekanlar. Bu muddaoni joyiga kelturmoq uchun toshkentliklarga qancha va’da vaidlar aylab, Farg‘ona o‘lkasiga mustaqil xon masnadida barqaror bo‘lib turgan yosh xonzoda Sulton Sa’idxonni bir necha ulug‘lar bilan Buxoroga oldurib ketdilar».

Buxoro xoni Muzaffarxonning o‘ta kaltafahmligi va nodonligi orqasida «Toshkent mamlakati behokim va egasiz qoldi. Alqissa, musulmonlar besaranjom bo‘lib boshsiz qoldilar. Har bir firqa o‘z holicha edi. Bunga qo‘shimcha, Toshkent fuqarosi qoldirilgan bir necha ming xuqandlik sarbozlarni navbat bilan boqardilar».

Qamalda va hayoti qil ustida turgan Toshkentga Qo‘qon xonligi tomonidan har jihatdan yordamning tobora kuchaytirib berilishi ham farz, ham qarz edi. Ammo u yerda yuzaga kelgan vaziyat bunga yo‘l bermadi. Xonlikning yuqori tabaqa vakillari taxt uchun kurashga mukkasidan tushib o‘zlari bilan o‘zlari o‘ralashib qoldilar. Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiyning bergan ma’lumotiga kura, 1865 yilning 31 mayida qipchoq va qirg‘izlarning sardorlari Sirdaryo buyidagi Saroy degan qishloqda shahzoda Shodibekni xon taxtiga o‘tqazishga qaror qilishib Qo‘qonga borishadi. U yerda ular Bekmuhammad qipchoqni mingboshi lavozimiga o‘tqazib, hokimiyatni qo‘lga oladilar. Ammo Buxoro amiri Muzaffar o‘zining vassali sifatida Xudoyorxonni Qo‘qon taxtiga o‘tqazish uchun harbiy yurishga tayergarlik ko‘rardi. Shu bois Qo‘qon xonligida o‘zaro ziddiyat va urushlar qizib, vaziyat nihoyatda og‘irlashdi.

Oqibatda qamaldagi Toshkentning takdiri Buxoroda ham, Qo‘qonda ham hukmdorlarni tashvishga solmadi. Toshkent ahli o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, lekin dushmanga qarshi jangga shaylanib turdi. Rus manbalarining ko‘rsatishicha, bevosita shahar mudofaasida turganlarning soni 30 ming kishiga borgan. Ammo shaharda ayrim kishilar va guruhlar umidsizlanib qochayotganligini ham ko‘rish mumkin edi. Masalan, Usmon Ali va Niyoz Ali ponsodboshi qochayotganlarida Muhammad Solih Toshkandiy ularga miltiq o‘qtalib to‘xtatgan.

Chernyayev shaharni qay tarzda bosib olish xususida safdoshlari bilan harbiy kengash o‘tkazdi. Bunda podpolkovnik Abramov shahar devorini teshib, igu yerdan hujum qilishni taklif etdi. Chernyayev agar bunday qilinsa, u vaqtda dushman barcha kuchini bir yerga to‘plab hujumni qaytarishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, dushman o‘ylamagan joydan to‘satdan shaharga bostirib kirish g‘alabani ta’minlaydi. Ko‘p o‘tmay bunday imkoniyat topildi. Chunonchi, poruchik Makarovning bir o‘zi devor tashqarisidagi bog‘lar va chakalakzorlar orasidan borib Kamolon darvozasining devorini va uning atrofidagi zovurni tekshirdi. Hatto u yerdagi devorda osonlik bilan o‘tish mumkin bo‘lgan tor joy borligini aniqladi. Shundan keyin general Chernyayev shaharga Kamolon darvozasi tarafidan bostirib kirishni rejalashtirdi. Darhol devorga chiqish uchun narvonlar yasashga kirishildi, narvonlardan foydalanish buyicha mashqlar o‘tkazildi. Chernyayev harbiy kuchlarni Qo‘qon darvozasi tomonida u yoqdan-bu yoqqa ko‘chirib va shaharni to‘plardan o‘qqa tutib, vatan himoyachilarini chalg‘itib turdi. So‘ngra polkovnik Krayevskiy boshchiligidagi harbiy qismni (3 rota va 4 to‘p bilan) Qo‘qon darvozasi tomonida qoldirdi va shaharni to‘plardan o‘qqa tutib turishni buyurdi. Ayni bir vaqtda — 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi polkovnik Abramov, podpolkovnik Jemchujnikovlar qumondonligidagi 7 rota va 8 zambarakdan tashkil topgan askarlar asta-sekin bog‘lar orasidan Kamolon darvozasi tomoniga yurdi. Ovoz chiqarmaslik uchun zambaraklarning g‘ildiraklariga sholchalar o‘raldi. Bu damlarda Qo‘qon darvozasi tarafidan Krayevskiy vatan himoyachilari diqqatini chalg‘itib turdi. Bu hiyla o‘z natijasini berdi.
15 iyun erta tongda rus askarlari to‘satdan Kamolon darvozasi devoridan ichkariga bostirib kirishlari bilanoq g‘aflatda qolgan soqchilar qochib qoldilar. Muhammad Toshkandiyning ko‘rsatishicha, Qiyot mahallalik Qorabadal va Jontoy degan kimsalar birinchi bo‘lib qochganlar. Sarosimaga tushgan to‘p bopglig‘i hindubachcha, qorateginlik merganlar va boshqalar ham qochganlar. Shu onda paydo bo‘lgan muarrixning so‘ziga qaraganda, ruslar dastavval devorning bir kishi o‘tadigan tor joyidan kirib olishgan. So‘ngra Kamolon darvozasi va devorining ustiga chiqishib, u yerdagi to‘pni yerga uloqtirib tashlaganlar hamda Muhammad Solih Toshkandiy va uning atrofidagi kishilarga qarata miltiqlardan o‘q otganlar. Shu paytda Mulla Ismatilla degan bir kishi qo‘ltig‘idan to‘rt bo‘lak toshni chiqarib: «Biz ham chimkentliklarga o‘xshab gunohkor bo‘lib, harom ulaylikmi? Yaxshisi, bu zaminda g‘oziy yeki shahid sifatida o‘lganimiz afzal», — deb baqirgan. Bu oddiy xalqning o‘z Vataniga sodiqligini ifodalovchi dalillardan biridir, albatta.

Kamolon darvozasidan rus askarlari kirishi bilanoq Abramov 250 askar bilan devor yonidan ung tomonga ketgan ko‘cha bo‘ylab boradi. Yo‘lda unga qarshi 200 sarboz 4 zambarak bilan hujum qiladi. Ammo dushman g‘olib kelib zambaraklar jarga tashlanadi. Bundan keyin ham Abramov askarlari uch joyda vatan himoyachilarining qarshiligini bartaraf qilib, bir necha to‘pni o‘z joylaridan ag‘darib tashlaydilar. Aftidan, Chernyayev shaharni ichki tarafidan zaiflashtirishni va sarosimaga solishni mo‘ljallagan. Abramov o‘z askarlari bilan to‘g‘ri Qorasaroy darvozasiga qarab yurgan. U bu yerdan bozor (Eski Jo‘va) tomonga yo‘lni davom ettirib, duch kelgan barrikadalardagi vatan himoyachilarini tor-mor keltirgan. Abramov bozorga yaqinlashganda unga kiradigan ikki ko‘chadagi sarbozlar nog‘ora chalib va «Yo, Olloh», deyishib ularga hujum qilganlar. Dushman ustun kelib, ko‘p odamlarni o‘ldirib, Qo‘qon darvozasi tomon yo‘l olgan. Bu voqealar ro‘y berayotganda Chernyayev butun shaharni o‘qqa tutib turadi. U Abramov orqasidan mayor Delakrani 2 rota va bir to‘p, podpolkovnik Jemchujnikovni 2 rota askar va 2 zambarak bilan junatgan. Mazkur harbiy qismlar o‘z yo‘lida aravalardan, xodalardan va boshqa narsalardan tashkil etilgan barrikadalardagi vatan himoyachilari bilan jang qiladilar. Ular tarqoq holdagi shahar himoyachilariga birin-ketin zarba berib, ko‘chalarni to‘siqlardan tozalaydilar. Shahar ichida yuz beraytgan janglar vaqtida Qo‘qon darvozasi tomonida ham o‘rush ketayotgan edi. Bu yerda devor tashqarisida polkovnik Krayevskiyning 3 rota va 4 zambarakdan iborat askarlariga qarshi 5 ming kishilik vatan himoyachilari hujum qiladilar. Qattiq janglardan keyin vatan himoyachilari shahar ichiga chekinayetganda ulardan ancha odamlar va otlar Anhor suviga cho‘kib halok bo‘ladi. Podpolkovnik Abramov, mayor Delakra va podpolkovnik Jemchujnikov askarlari shahardan kelib qal’ani bosib olib, Quqon darvozasini ochadilar. Shundan keyin Krayevskiyning harbiy qismi shahar ichiga kiradi. Garchand Qo‘qon darvozasini Jemchujnikov harbiy qismi egallagan bo‘lsada, vatan himoyachilari unga o‘t qo‘yib yuborganligi orqasida chiqib ketishga majbur bo‘ladilar. Keyingi janglar Anhor (Urda ko‘prigi) atrofida davom etdi. Muarrixning guvohlik berishicha, rus askarlari baland tovush bilan «ur-ra», deb to‘rt tomonga miltiq otishib, yo‘llarida uchragan odamni oldidan va orqadan otib ketaverganlar. Mulla Muhammad Yusuf degan kishining taklifi bilan katta ko‘chaning old tomonini aravalar bilan to‘sishga kirishiladi. Bu paytda Muhammad Toshkandiyning do‘stlari — Abdulrazzoqning og‘ziga, eshon Hojixonning tomog‘iga dushman o‘qi tegib halok bo‘ladilar. Muarrix g‘oziylar va sarbozlar bilan Anhor ko‘prigining g‘arb tomonini aravalar bilan to‘sib barrikadalar bunyod etishga boshchilik qiladi. Bu vaqtda ko‘prikning har ikki tomonida do‘konlar bor edi. Bir vaqt «o‘ruslar ikki tomondan qichqirishib va «ur-ra» deyishib, birdaniga miltiqlardan otaverdilar. Yurakli, dadil g‘oziylar qo‘rqmasdan Domulla Fozil oxunga qarashli do‘konlarning ikkinchi tomoniga va masjidga o‘rnashib, miltiq otish uchun do‘konlarning devorlarini teshib, jangga tayyor turdilar. Uruslar to to‘plarini joylashtirgunga qadar do‘kon ichidan ularga qarshi o‘qlar otaverdilar. Natijada o‘ruslar to‘plarini otolmay yiqilaverdilar. Pirovardida, to‘plardan shunchalik ko‘p o‘qlar otildiki, do‘konlarning devorlari ilmateshik bo‘lib ketdi. Bir yarim soatlik jangdan keyin o‘ruslar o‘zlarini O‘rda darvozasi tarafiga tortdilar».

Shu paytda din peshvolarining vakillari g‘oziylarni jangga otlantirishda jonbozlik qildilar. Masalan, shayx Abu Halim Urda to‘g‘onining ustiga chiqib qo‘lidagi tayog‘ini yerga urib va o‘ruslar tomoniga o‘qtalib, «Kofirlarni o‘ldiringlar», deb qichqirib, Qo‘qon darvozasi tomoniga yugurgan. Dushmanning unga miltiq o‘qtalishiga qaramay tikka turib olgan va qattiq jarohatlangan. Shu holda u kishi «ikki ko‘zlaridan yosh oqizib va kulimsirab hamda takbir, salovat o‘qib, g‘oziylar va mujohidlarga: «Meni qo‘yib, dushmanlarni o‘ldiringlar», degan.
Vatan himoyachilarining qattiq qarshiligi tufayli dushman Qo‘qon darvozasini tashlab chiqib, shayx Shibliy arig‘idan o‘tgan. So‘ngra ular So‘lton Sa’idxonning Davlatboy o‘rikzoridagi chodirlaridan asbob-anjomlar olganlar. Bu chog‘da vatan himoyachilari Qo‘qon darvozasini va uning atrofidagi do‘konlar ichidagi qolgan narsalarni olishgan va Shayxontahurga keltirganlar. Shunday qilib, dushman Qo‘qon darvozasidan surib chiqarildi. Bu vaqtda rus harbiy qismlari shaharning ikki joyida, xususan Kamolon darvozasida va Davlatboy o‘rikzorida to‘plangan edi.
Shaharning ichki va tashqi tomonlarida olib borilgan janglar orqasida ko‘rilgan katta talofatlar hamda hech qayerdan yordam kelmasligi, og‘ir iqtisodiy ahvol, suvsizlik vatan himoyachilarining tinkasini quritib bordi. Ayniqsa, ayrim sardorlarning o‘z askarlari bilan ketib qolganliklari umidsizlikni kuchaytirib yubordi. Xususan, Solih To‘ra va Arslon To‘ra Buxoroga ketishga ahd qildilar, qo‘qonlik sardorlar va sarbozlar esa o‘z yurtlariga otlandilar. Bu ham kamdek, shahardagi bir guruh «qurqoq, munofiq va fitnachi» nufuzli kishilar ham bola-chaqalari bilan shahar darvozalaridan chiqib ketdilar.

Rus askarlari Qo‘qon darvozasidan chiqib katta ko‘cha bilan Imom Hasanxon va Sa’id Mahmudxon o‘g‘li Yusufxon masjidlari ichiga o‘rnashdi. Ular bu yerdan to‘plardan har tomonga o‘q otib turdilar. Oqibatda mahallalarda yong‘in chiqib, odamlar boshqa joylarga ketishga majbur bo‘ldi. Anhor suvi atrofidagi do‘konlarga ham dushman tomonidan o‘t qo‘yilgan edi. Bu yerdagi yong‘in o‘chirilgandan keyin oltita rus va tatar o‘liklari topilgan.

Mahalliy va rus manbalarida shahar mudofaasini bevosita kim boshqarganligi haqida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Muhammad Solih Toshkandiyning so‘zicha, bu ishda ko‘proq mudarris Muhammad Solih dodxoh katta o‘rin tutgan. Bu tabarruk zot xonlik vaqtlarida ham Toshkentning siyosiy hayotida yetakchilik qilgan.

Muhammad Solih dodxoh Chuqurko‘prikda sebzorlik qozi eshon Mahdumxo‘ja, Sinchiqli mahallalik eshon Valining o‘gli Siddiq Maxdum, Kukcha darvozasidan Rajab Muhammad a’lam, Samarqand darvozasidan Qozoqbiy avlodi va Badal Muhammad, Muhammad Solih Toshkandiy va boshqa nufuzli kishilar qatnashuvida kengash o‘tkazib, muhim choralar amalga oshirildi. Xususan ko‘chalarning og‘zi aravalar, xodalar va boshqa narsalar bilan to‘silib, barrikadalar qurildi hamda vatan himoyachilari masjidlar ichiga o‘rnashib olgan rus askarlariga qarshi birdaniga hujum qildilar. Ulardan ko‘p kishilar dushman o‘qidan halok bo‘ldi. Ammo g‘alabaga erishilib, qurol-aslahalar o‘lja olindi. Shu onda Qo‘qon darvozasi tomondan, devorning pastqam joyidan rus askarlarining kelayottanligi haqida xabar olindi. «Ularga qarshi, — deb yozgandi muarrix, — Toshkentda istiqomat qiluvchi qo‘qonlik Abdurahim yasovulboshi darhol o‘spirin yigitlarni hamda shaharning yurakli, dadil g‘oziylarini va mujohidlarini bir yerga tuplashni buyurdi. Ularning orasida Mir Yusuf Mirsulton bog‘bon ug‘li, Umarxon To‘raxon o‘g‘li, Normuhammad va Mulla Alisher Muhammad Husayn mergan o‘g‘illari, Mullajon Muso Muhammad Alibobo podachi o‘g‘li, Muso Muhammad ponsodboshi Serkaboy ug‘li, Roziqboy va boshqa qiyetliklar bor edi. Ular mohir merganlar sifatida nom chiqargan kishilar hisoblanib, Jarboshidagi hovlilarga o‘rnashib olib devor teshiklaridan dushmanga qarshi o‘q otdilar». Natijada rus askarlari devorning pastqam joyidan shaharga kira olmasdan to‘plardan shu darajada o‘q yeg‘dirdilarki, hamma yoqni tutun va chang-to‘zon bosib ketdi. Ular bu holdan foydalanib, aravalari va tuyalari bilan mudofaani yerib o‘tmoqchi bo‘ldilar, lekin merganlar bunga yo‘l bermadilar. Yomg‘ir yog‘ishiga qaramay o‘sha yerdagi jang ikki kun davom etib, oxiri dushman o‘z maqsadiga erisha olmay Kamolon darvozasiga qarab ketib, Xoja Alam-bardor atrofida turgan rus askarlariga borib qo‘shildilar.

Bir rus manbasida shahar ichidagi urushlarning biri shunday izohlangan: «Barrikadalar barcha ko‘chalarda va chorrahalarda yuzaga keldi. Eng qattiq qarshilik O‘rdadan bozorga boriladigan ko‘chada ko‘rsatildi. Artilleriya boshlig‘i Ivanov boshchiligidagi 50 askar o‘sha ko‘chada zambaraklardan o‘qqa tutaldi. U birinchi uchragan barrikadaga nayza bilan hujum qilib tugshi qo‘lga kiritdi. Ammo Ivanov barrikadani olib tashlayotgan-da unga qarshi ikkinchi barrikadadan to‘plardan va xonadonlardan o‘qlar otildi. Shundan keyin barrikadani ikkinchi marotaba ishg‘ol etishga to‘g‘ri keldi. Qo‘qon darvozasidan o‘sha ko‘chaga bir chaqirim masofaga keltirilgan zambaraklardan kechasi bilan o‘qlar otildi».

Shundan keyin vatan himoyachilari Kamolon darvozasida va atrofjoylarda, O‘rdada janglarda halok bo‘lib, ko‘chalarda yetgan shaharliklar jasadini ko‘mish bilan shug‘ullandilar. Ular orasida Muhammad Solih Toshkandiyning shogirdlari ham bor edi. Rahmat arig‘i bo‘yidagi pastlikda «ikki namanganlik navkarning ikki rus askariga yopishib, to‘rt o‘lik guyoki ikki o‘lik bo‘lib yetganligi» yakkama-yakka jang bo‘lganidan dalolat berardi. Sulton Sa’idxonning sobiq qarorgohida ham g‘oziylarning jasadlari qalashib yetardi.

Xullas, rus askarlari shahar ichiga bostirib kirganlarida O‘rdada va uning tashqi tomonlarida juda ko‘p odamlar shahid bo‘ldilar, lekin ularning aniq soni haqidagi ma’lumotlarga ega emasmiz.
Garchand shaharda nihoyatda mushkul va og‘ir vaziyat vujudga kelib, sarosima va vahimaga tushish ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, dushmanga qarshi kurashni davom ettirish tarafdorlari oz emas edi. Hatto ayrim yuqori tabaqa vakillari Vatan mustaqilligi uchun hech narsasini ayamagandilar. Masalan, yakkabozorlik Qosimboy degan kishi bir xurjun kumush tanga keltirib, xaloyiqqa: «Kimki urush va g‘azotni davom ettirsa, bir hovuchdan tanga beraman», — deb tashviqot yurgizgan. Odamlar bu tangalarni olib O‘rdadagi rus askarlariga qarshi jangga kirishganlar.
Shu paytda birin-ketin bir guruh rus askarlari «Urushni to‘xtatinglar, sebzorliklar, beshog‘ochliklar yarashish sulhini tuzdilar», — deyishib, vatan himoyachilarini tiinchlikka chaqirganlar. Ammo O‘rda atrofidagi g‘oziylar bu hiyla-nayrang bo‘lsa kerak, deyishib, ularni o‘qqa tutganlar.

Bir vaqt rus askarlarining bir qismi Kamolon darvozasi tomonidan kelib Beshog‘och darvozasi orqali shaharga kirganligi haqida xabar olinadi. O‘rdadagi g‘oziylar darhol u tomonga borishib, dushman bilan jang qilib, keyin ikki tomon ham o‘z joylariga qaytgan. Shundan keyin ham qal’a devorining pastqam joylaridan ruslar sebzorliklar bilan beshog‘ochliklar urushni tuxtatganliklari va sulh tuzganligi to‘g‘risida baqirib gapirganlar. Bu vaqtda urushni davom ettirish tarafdorlari Muhammad Solih Toshkandiy va boshqalar boshchiligida jangga shaylanib turardilar. Ammo ruslarning sulh tuzilganligi haqidagi xabarini aniqlash uchun Qosimboyvachchani Muhammad Solih dodxoh huzuriga jo‘natadilar. Darhaqiqat, shaharning yuqori tabaqalari orasida tinchlik sulhi tuzish va bo‘ysunish tarafdorlari ko‘paymoqda edi. Ammo Muhammad Solih dodxoh kengash chaqirib, jangni bir tomchi qon qolguncha davom ettirishga da’vat qildi. U jamoa ahli huzurida shunday degan: «Din uchun jonbozlik ko‘rsatib kurashayotganlar harom bilan pok o‘limning farqini yaxshi anglaydilar. Kofirlar qanchalik hiyla-nayranglar qilib yarashish xususida va’dalar bermasinlar, baribir, g‘oziylar jang qilishga tayyordirlar. Buni xaloyiqqa tushuntirish chinakam ulamolarning burchidir». Muhammad Solih dodxohning bu so‘zlari vatan himoyachilarini ruhlantirdi. Ular yig‘indan chiqishlari bilanoq dushmanga qarshi hujum qildilar. Natijada «bir qancha kishilar halok bo‘ldilar yoki jarohatlandilar».

Gapning sirasini aytganda, Toshkent ahli qo‘lidan kelganicha va imkoni boricha mustaqillikni saqlash uchun kurashdi. Rus askarlari bostirib kirganda ham «Toshkent fuqarosi ikki kechayu kunduz kofirlar bilan urushib, ularni Masjidi baland xonaqosiga qamadilar. Bir kecha-kunduz ahli islom ularni muxosara qilib, xonaqoh atrofini yoqmoqchi bo‘ldilar. Kofirlar bundan xabar topib, Eski O‘rdaga o‘tdilar va shu yo‘lda bir necha mahallalarni yondirib yubordilar. Shaharga sho‘rishu g‘avg‘o tushdi...»

Chernyayev esa yarashish sulhini tuzish va urushni to‘xtatish yo‘llarini tinimsiz izladi. Chunki uning harbiy kuchi shu darajada katta talofatga uchrab zaiflashgan ediki, agar chetdan harbiy yordam kelganda ularning tor-mor qilinishi aniq edi. Shuning uchun ham shaharning ilg‘or va bilimdon kishilari tashqi yordamga ko‘z tikkan holda urushni davom ettirishga qattiq bel bog‘lagan edilar. «Ular, — deb ta’kidlaydi muarrix, — urushni hozirgidek davom ettirsak, shoyodkim, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatiga tegishli atrof-joylardan yordam kelib qolsa», — deyishib, umidlarini uzmadilar.

Shahardagi urush tarafdorlari Muhammad Solih dodxohdan maslahat olib ish yuritishga qaror qildilar. Bu tabarruk zot yig‘inda shunday degan: «Toshkentliklar ochlikka, suvsizlikka, tashnalikka hamda Halokatga va talofatlarga qaramay urushni davom ettirib, shaharni o‘z qo‘llarida saqlab turibdilar. Hozirda g‘oziylar, yetim-yesirlar, ochlar va tashnalar nomidan yordam so‘rab Kirovchi qal’asidan tortib Qurama, Chinoz, Xo‘jand, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon va Farg‘ona yerlariga xatlar yuborish zarur». Bu taklif darhol ma’qullanib ko‘rsatilgan joylarning hukmdorlari nomiga xat tayerlash munshiy Mirza Yunusxon Mulla Bobojon o‘g‘liga topshirildi. Shu ravishda-50 dan ortiq xatlar tayerlangan edi. Ularda yordam so‘rashdan bulak nimalar deyilgani noma’lum. Ammo o‘sha yig‘inda shunday bir og‘ir vaziyatda kofirlarga qarshi kurashga yordam bermaslik aybdorlar sha’niga qiyomatgacha ta’na, nafrat va la’natlar aytilishi hamda tarixlarga yozilib, avlodlar tomonidan qattiq qoralanishi haqida fikrlar bayen etilgan.

Ko‘p o‘tmay vatan himoyachilarining umidini puchga chiqaradigan voqea yuz berdi. Ruslar O‘rda ichidagi porox va qurol-aslaha saqlanadigan maxfiy omborni ayrim xoinlar yordamida aniqlab, 50 ga yaqin katta zambarak o‘qi va boshqa portlovchi moddalar vositasida ostin-ustin qilib tashlaganlar. Portlash shu darajada dahshatli va vahimali bo‘lganki, «bamisoli qiyemat-qoyim» yuz bergan. Shu tariqa, vatan himoyachilari yarog‘-aslahadan ham mahrum bo‘ldilar. Buning ustiga Kamolon darvozasidan bostirib kirgan dushman kuchlari to‘plarini Shayxontahur, Beshog‘och va boshqa dahalarga qo‘yib, taslim bo‘linmasa, shaharni ostin-ustin qilib tashlashlarini ma’lum qilgan.

Xullas, chetdan yordam kelmasligi, yarog‘-aslaha omborining portlatilishi, ochlik, suvsizlik, bosh sardorsizlik hamda ko‘rilgan katta talofatlar va bir guruh kishilarning xoinligi — hammasi bir bo‘lib, pirovardida, dushmanning g‘alaba qilishiga olib keldi. Ammo ko‘rsatilgan sabablarga qaramay, shahar xalqi o‘z ona yurtining mustaqilligini saqlash uchun nimaiki zarur bo‘lsa, shuni bajonidil bajardi. Janglarda shahar qonga belandi, o‘t ichida yondi.
Rus askarlari 16 bayroq, 48 mis va 16 cho‘yan zambaraklar va boshqa yarog‘-aslahalarni o‘lja oldilar. Ulardan janglarda 25 kishi o‘ldiriddi, 118 kishi jarohatlandi. Shubhasiz, bu yerda halok bo‘lganlar soni kamaytirilib ko‘rsatilgan, chunki oldingi sahifalarda sharhlangan janglarda dushman tarafida ham kup kishilarning halok bo‘lganlari turgan gap. Buni mahalliy manbalardagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.

AHDNOMA TUZILISHI VA «TOSHKЕNT XONLIGI» XUSUSIDA

Ikki tomondan otishmalar to‘xtatilgandan keyin shahar kattalari Muhammad Solih dodxoh boshchiligida general Chernyayev va askarlari joylashgan Kamolon darvozasi tomonidagi Xoja Alambardor degan joyga to‘planishdi. Ular orasida Eshoni buzurg Xuja Qozining o‘g‘li Ahmadxo‘ja mufti va boshqa nufuzli odamlar ham bor edi. Bu kishilar Muhammad dodxohga: «Noittifoqlik bizni bu ahvolga solib qo‘ydi», — deb gapirganlar. Ko‘p o‘tmay kelgan general Chernyayev «avvalo Hakimxo‘ja qozikalondan boshlab Abulqosimxon eshon, Muhammad Solih dodxoh va boshqa ulamo, fuzalo, akobir, savdogarlar va sardorlar bilan birma-bir, alohida qo‘l berib ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashib, bir-birlarining ismlarini aytib, so‘ngra va’da-ahdu paymonni va yarashishni o‘rtaga qo‘ydi».

Bu yig‘inda qatnashgan Muhammad Solih Toshkandiy voqeaning jonli guvohi sifatida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Bularga ko‘ra, ahdnoma besh nusxada tuzilib, biri general Chernyayevga topshirilgan, qolgan to‘rttasi Shayxontahur, Beshog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalari vakillariga topshirilgan. Ahdnoma nusxalariga shaharning atoqli kishilarining muhrlari bosilib, imzo chekdilar. Shuningdek, general Chernyayev ham o‘z imzosini qo‘ydi. Shu asnoda Muhammad Solih dodxoh Chernyayevning imzosi muhrsiz qo‘yilganligiga e’tiborni jalb qilib: «Muhr bosilmagan ahdnoma haqiqiy hisoblanmaydi», — degan. Ammo general Chernyayev muhrsiz imzo chekish Rossiyada rasm bo‘lib, qonuniy hisoblanishini aytgan. Muhammad Solih Toshkandiy o‘rnidan turib o‘tgan zamonlarda ham vasiqalar va ahdnomalar muhrsiz imzo chekilganligini ma’lum qilgan. Shundan keyin Muhammad Solih dodxoh indamay adashi Muhammad Solih Toshkandiyni uz huzuriga chaqirib: «Bu ahdnomani boshdan-oyoq uqib bering», — degan. U buni eshitgandan keyin: «Ahdnomani zehn va diqqat bilan o‘qib xotirangizda saqlangkim, biz dunyodan o‘tgandan keyin balkim sizlarga kerak bo‘lib qolishi mumkin», — deb gapirgan.

Ahdnoma mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lgan: «Oq podsho va uning vakili general Iskandar Chernyayevning farmoni bo‘yicha Toshkent aholisiga shuni ma’lum qilamizki, ular Olloh taoloning xohish-irodasiga muvofiq Muhammad payg‘ambar dinini qattiq ushlab, shariat qonunlaridan bir qarich ham orqaga chekinmasinlar. Ularning barchasi shu o‘lkaning foydasi va manfaatlari uchun harakat qilsinlar. Besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etsinlar, mullalar doimo maktablarga borishib, Muhammad payg‘ambar dinini targ‘ibot qilsinlar. O‘quvchilarning biror soati ham bekorga ketmasin, mullalar bolalarni maktablarga jalb qilib bekorchilikka yo‘l qo‘ymasinlar. Kerak bo‘lsa, qattiq choralar ko‘rib bolalarni maktablarda o‘qishga majbur etilsin. Bordi-yu, ota-onalar bolalarning o‘qishlariga ahamiyat bermasalar, u vaqtda rais yoki qozikalon huzuriga chaqirtirilib shariat asosida qattiq jazolansinlar. Bu diyorning aholisi vaqtlarini behudaga o‘tkazmay o‘z ishlari bilan shug‘ullansinlar, savdogarlar esa savdo-sotiqni davom ettirsinlar.
Islom dini bo‘zani va aroqni ichishni, bema’ni o‘yinlar bilan shug‘ullanishni yoki axloqsiz bo‘lishlikni man etadi. Shu bois shariatga zid har qanday yangiliklardan saqlanish lozim.
Toshkentdagi barcha boy va kambag‘al tabaqalar yuqorida sharhlanganlarni so‘zsiz bajarishlari shartdir. Shahardagi uylar, bog‘lar, yaylovlar, suv tegirmonlari o‘z egalari ixtibrida qoldiriladi.

Rus soldatlari aholidan hech narsa olmaydilar. Tub aholidan askarlik xizmatga kishilar olinmaydi. Harbiy kishilar birorta xonadonga qo‘yilmaydi, bordi-yu bunday hol yuz bersa, darhol xabar berilsin, aybdorlar jazolanadi. Oq podshoh bizga katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi, shuning uchun biz uning sog‘ligini xudodan so‘rab duo qilishimiz kerak.
Agar biror yushsa bir kishini o‘ldirsa yoki savdogarlar molini talasa, u vaqtda aybdorlar rus qonunlari asosida javobgarlikka tortiladi. Agar bir odam o‘zini o‘zi o‘ldirsa, u vaqtda uning mol-mulki merosxuriga beriladi va hech narsa olinmaydi. Men, gubernator Iskandar Chernyayev, sizlarni bu yilgi soliqlardan ozod qilaman, keyingisi Buyuk Oq podshohimiz xohishlari bo‘yicha belgilanadi. Uylaymanki, sizlarga bundan ham ziyod g‘amxo‘rlik qilinadi».

1865 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kirgan mazkur ahdnomadagi shartlardan ko‘rinib turibdiki, birinchi navbatda, islom dinini qattiq ushlashga, shariat qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishga va maktablar faoliyatini susaytirmaslikka alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, xalqning mol-mulki va dini daxlsizligini saqlash muhim o‘rin egallagan. Umuman aytganda, ahdnomada milliy an’analar va urf-odatlar himoya etilib, mahalliy turmush tarzining sofligi muhofaza qilinganligi diqqatga sazovordir. Fikrimcha, general Chernyayev ahdnomani tuzishda shahar kattalarining talablariga yon bosgan. U qanday bo‘lmasin urushni to‘xtatishni va g‘alabani qo‘ldan boy bermaslikni ko‘proq uylab ish yuritgan. Shuning uchun ham u shaharni bir yil davomida soliqlardan ozod etgan. Bundan tashqari, u bir qancha choralarni ham ko‘rdi. Chunonchi, u ahdnomaga imzo chekilgandan keyin Hakimxo‘ja qozikalonga, Abulqosimxo‘jaga, Muhammad Solih dodxohga, to‘rt dahaning oqsoqollariga zar yoqali chakmonlar kiygizdi. 1865 yil 12 iyulda, juma namozidan keyin general Chernyayev «Hakimxo‘ja qozikalonning uyiga borib, unga son-sanoqsiz hadyalar berib xursand qildi. So‘ngra Registon rastasiga borib, odamlarga va gadoylarga tangalar sochdi, majruhlarga va jarohatlanganlarga tibbiy yerdam berdi». Shundan keyin general Chernyayev o‘z askarlari bilan Xoja Alambardordan ko‘chib Chihil duxtaronga (hozirgi Shimoliy vokzal atrofiga) o‘rnashdi.

Ikki kundan keyin general Chernyayev xalq qo‘lidagi qurollarni topshirishni buyurdi. U Eshonquli dodxoh madrasasiga kirib mullavachchalarga o‘qishni davom ettirishlarini buyurdi. So‘ngra amiri lashkar Mulla Olimqul qabrini ziyorat qildi. Chernyayev Ko‘kaldosh, Beklarbegi va boshqa madrasalarni ham aylanib chiqdi. U urushda shikastlangan yoki o‘t tushgan masjidlarni, hovlilar va do‘konlarni tuzatish uchun Hakimxuja qozikalonga kumush tangalar berdi. Ammo bu kishi tangalarning bir qismini bir necha odamlarga berib, ko‘pini o‘ziga olib qolgan. Buni ko‘rgan Chernyayev yana mablag‘ ajratgan va sarflashni boshqa ishonchli kishilarga topshirgan. Ma’lumki, Toshkentda va o‘lkaning boshqa shaharlarida urushlarda asirlikka olingan yoki ko‘chmanchilar tomonidan olib kelingan begona millat vakillari qul sifatida ishlatilgan. General Chernyayev shu xildagi kishilarni ozod qilish haqida farmon berdi. Bu masalani hal etish uchun shaharning kattalari kengash o‘tkazishib, sarflangan pulni qaytarish sharti bilan qullarni ozod qilishga rozi ekanliklarini aytdilar. Ammo Sa’idazimboy so‘z olib, savdogarlar va shaxsan o‘zi qullarni ozod etish tarafdori ekanligini izhor qildi. Shundan keyin kengash qatnashchilari Sa’idazimboyni bir burchakka olib, deyishibdi: «Bu viloyatning xarobaligi kammidiki, sen uni yana vayrona bo‘lishiga sabab bo‘lsang. Bilasanki, Toshkent barcha shaharlarning ustuni va shon-shuhrati edi, lekin uning hozirgi holga tushishiga sen sabab bo‘lding. Buning uchun xalqning la’nati, haqorati va ta’nasi qiyomatgacha sening va avlodlaring bo‘ynida qoladi».

Kengash qatnashchilari ko‘ngillari xira va ranjigan holda tarqagan. Qullarni ozod qilishda birinchi bo‘lib otilib chiqqan Sa’idazimboyning general Chernyayev nomiga yozgan xatida shunday deyilgan: «Men ko‘p yillar mobaynida savdo bilan Rossiyaga qatnab, oq podshoh marhamatining guvohi bo‘lib bildimki, menga o‘xshagan Rossiya fuqarolari o‘z qo‘llaridagi qullarni ozod qilganlar. Hozir men ham birinchidan xudo yo‘liga, ikkinchidan oq podshohga itoatkorlikni namoyish qilish va sizga hurmatimni izhor etish uchun o‘z qullarimni (5 kishini) ozod qildim». Shuningdek, Sa’idazimboyning ta’siri va tashviqoti ostida uning qarindoshlari Ollohnurboy Muhammadbekov, Mir Solihboy Baxtiboyev, Beknazar Ulug‘bekov, Eshonbek Sodiqbekov va boshqa kishilar ham qullarini ozodlikka chiqarganlar. Bu yo‘ldan boshqa savdogarlar ham borganlar.
General Chernyayev yahudiylarni ajratish uchun joriy etilgan maxsus bosh kiyimini kiyish va belini ip bilan bog‘lab yurish tartibini ham yo‘q qildi. Rus harbiy ma’muriyati Sa’idazimboy Muhammadiyevning xoinlik xizmatini inobatga olib, mukofotga tavsiya etdi. Shahar bo‘yicha 40ga yaqin qullar ozod qilindi.

General Chernyayevning Toshkent ahliga ko‘rsatgan mehribonligi, g‘amxo‘rligi va insonparvarligi ko‘zbo‘yamachilik hamda nayrangbozlikdan iborat edi, xolos. U bu ishlarni shaharda o‘z mavqeini mustahkamlash va xalqni chalg‘itish uchun qilgan edi. Aslida Chernyayev o‘ta shafqatsiz, zolim va millatchi kishi edi. U aytar ediki, o‘zbeklarni va boshqa mahalliy xalqni «to‘n kiyib yurganliklarining o‘zi uchun ham urish kerak». U o‘zining bu shioriga amal qilib bosib olingan joylarni, jumladan Toshkentni qonga beladi va vayronaga aylantirdi. Garchand Chernyayev Toshkentni o‘z hukumatining ijozatisiz egallagan bo‘lsa-da, lekin bu ish mamnuniyat bilan qarshi olindi. Shaxsan imperator Aleksandr general Chernyayevni brilliantlar qadalgan qilich bilan mukofotladi. Toshkent urushida o‘zini ko‘rsatgan mayor Vulfert, yuzboshi Ivanov va boshqalar ham mukofotga tavsiya etildi.

Toshkentning bosib olinishi jahonda, ayniqsa, Angliya va Turkiyada norozilik hamda shov-shuv ko‘tarilishiga olib keldi. Matbuotda Rus davlatining pirovardida Hindistonga bostirib kirishi mumkinligi haqida turli xabarlar bosildi. Natijada bu hol rus hukumati tashqi siyesatini ancha murakkablashishga olib kelishi ehtimoldan xoli emas edi. Shu sababli ham general Chernyayev o‘ylamay qilib qo‘ygan qaltis ishini oqlash va jahon shov-shuvini yumshatish maqsadida go‘yo Toshkent ixtiyeriy ravishda rus qo‘shinlariga bo‘ysunganligi borasida hujjat uyushtirishga kirishdi. U shahar kattalarini to‘plab aholi nomidan quyidagi mazmunda xat tayyorlashni buyurdi: «Necha zamonlar va yillardan beri Turkiston zaminida Farg‘ona xonlari hukmronlik qilib fuqarolarga ko‘p jabr-zulm o‘tkazgan... Ular zakot, xirojni shariat asosida olmasdan ortiqcha olganlar va hech qachon marhamat qilmaganlar, qadimgi urf-odat taomilidan voz kechib, ko‘p yillar mansab uchun katta kishilarni o‘ldirib, fitnachi va ig‘vogarlar so‘ziga amal qilganlar. O‘rtada nohaq qonlar to‘kilib, ular shariatga va ulamolar so‘zlariga amal qilishdan bosh tortdilar. Farg‘ona va Turkiston zaminida ko‘p vaqtlar va ko‘pincha qipchoq, qirg‘iz va qozoq beboshlari hukmronlik qilib keldilar. Shuning uchun fuqaro va mamlakat tinchligi uchun ixtiyorimiz va rag‘batimiz bilan rus sardorlari va askarlarini olib kelib ularga shaharni topshirdik».

Ko‘rinib turibdiki, toshkentliklar bo‘lib o‘tgan barcha janglar va talofatlarni inkor etib, ixtibriy ravishda rus askarlariga bo‘ysunganliklarini tan olishlari lozim edi. Mazkur xatning mazmuni biddirilgandan keyin shahar kattalari hayron bo‘lib turgan paytda Muhammad Solih dodxoh shunday javob bergan: «Bizlar voqea va hodisalarni berkitmasdan ma’lum qilamizki, Toshkentdan Oqmasjidgacha va bu yerdan G‘uljagacha bo‘lgan shahar va qal’alar Toshkentga qarar edi. Bu joylarni rus askarlari urush va talash bilan qo‘lga kiritdilar. Urush ko‘pincha kechasi va to‘satdan olib borildi. Toshkent shahri zulhijja oyining yarmidan boshlab safar oyining 12-sigacha, ya’ni 42 kun davomida suvsiz, oziq-ovqatsiz qoldirildi. Mulla Olimqul shahid bo‘lgandan keyin sardorsiz qoldi. Buxoro, Xorazm va farg‘onaliklar yerdam bermadilar. Toshkent fuqarosi dini, millati va Vatani uchun qattiq turib, urush va talashni davom ettirib, seshanba kuni yarim kecha o‘tgandan keyin saharga yaqin rus askarlari Xiyobon darvozasi va qal’aning devori ustidan fuqaro uyqudaligi chog‘da shaharga kirdi. Shundan keyin yana urushga kirishib, payshanba kunigacha ikki kecha-kunduz urushib turdilar. Bu o‘rtada ko‘p imoratlar, dukonlar va uy-joylarga o‘t tushib, och, tashna, suvsiz holda yakka-ma-yakka urush bo‘lib, oxirida yarash sulhi tuzildi».
Haqiqiy ahvolni aks ettiruvchi bunday javob general Chernyayevning g‘azabini qo‘zg‘atdi. U Muhammad Solih dodxohning so‘ziga qo‘shiluvchi kishilarning bir tarafga o‘tishlarini buyurdi. Shundan keyin shahar kattalaridan olti kishi, jumladan Halimboy Mirza, Berdiboy sarkor, Mulla Mirza Oxun, Mulla Muzaffar xo‘ja, Mulla Azim Fayzboyvachcha, Mulla Qush ismli kishilar Muhammad Solih dodxohni quvvatlab ko‘rsatilgan tomonga o‘tdilar. Bu kishilar va Muhammad Solih dodxoh darhol rus askarlari tomonidan urab olinib, qamoqqa jo‘natilgan. Bu hol yig‘indagi shahar kattalariga ta’sir etgan bo‘lsa kerak, ular general Chernyayev tavsiya etgan ahdnomani tuzishni Abusattor Qorabosh o‘g‘liga topshirdilar. Bu kishi «Chernyayev tavsiya etgan so‘zlarni boshidan oxirigacha ko‘chirib bo‘lgandan keyin shaharning nodon, aqlsiz kattalari va savdogarlari muhrlarini bosib, imzolarini chekib, unga topshirdilar. Chernyayev ahdnomani olgandan keyin savdogarlar Abdusa’id va Hodixo‘jaga berib Peterburgga olib borib topshirishni buyurdi». Bu yerdan ular ahdnoma nusxalarini Istanbulga va so‘ngra Makkaga olib borishlari lozim edi. Shu ravishda general Chernyayev o‘z hukumatining ko‘rsatmasiga binoan go‘yo Toshkentning ixtiyoriy ravishda Rus davlatiga bo‘ysunganligini namoyish etib, o‘zining bosqinchilik va talonchilik urushlarini niqoblamoqchi buldi.

Turkiyadagi rus elchixonasi ahdnoma nusxalarini ko‘paytirib Istanbuldagi ko‘chalarga, bozorlarga, do‘konlarga va, umuman, ko‘zga tashlanadigan joylarga yopishtirib qo‘ygan. Bu vaqtda Sulton Sa’idxon va Mulla Olimqul vaqtida yuborilgan Yoqubxo‘ja qozi va namanganlik Mirzajon degan kishilardan iborat elchilar Istanbulda ekan. Ular Toshkentda qattiq janglar ketayotgani va yordam berish haqidagi maktubni Turkiya sultoni Abdulazizga topshirganlar. Bu sulton yuqorida qayd etilgan qalbaki ahdnomaga ishonib, Yoqubxuja qozini va Mirzajon afandini o‘z huzuriga chaqirib «Sizlar voqeani boshqacharoq ta’riflagan ekansizlar», — deb o‘zining shubhalanayotganini biddirgan. Shunda Toshkent elchilari hayron bo‘lishib, nima deyishlarini bilmai, tillarini tishlab qolgan ekan.

Binobarin, rus hukumati o‘zining jirkanch va qabih ishlarini niqoblashda har qanday qalloblikdan toymagan. Endi rus hukumatining bosqinchiligiga va qonunsiz harakatlariga qarshi ko‘kragini qalqon qilib turgan Muhammad Solih dodxoh to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlarga diqqatni jalb etaylik. U zot olim va mashhur mudarris bo‘lishi bilan birga, vatan uchun jonini tikkan va Toshkentdagi janglarga boshchilik qilgan ulug‘ shaxslardan biridir. Yaqinda menga uning avlodlaridan biri muhtaram Nurullabek Muhammad Solih dodxohga tegishli arxiv ma’lumotlarini berdi. Ularda ko‘rsatilishicha, Muhammad Solih dodxoh xalq ozodligi va erkinligi uchun kurashgan kishi sifatida juda qadrlangan. Shuning uchun ham 1867 yili bir guruh nufuzli kishilar xalq nomidan Muhammad Solih dodxohni surgundan ozod etishni so‘rab rus imperatoriga xat yo‘llaydilar. «Muhammad Solih dodxoh, — deyiladi xatda, — Toshkentning bosib olinishiga va shaharni qamal qilgan rus askarlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun badarg‘a qilingan edi. U bizlarning farzandlarimizni va oilalarimizni muhofaza qilish uchun kurashgan». Yana xatda uning madrasada ta’lim-tarbiya bergani va yoshlarning ustozi sifatida qadrlanishi ham ta’kidlangan.

1867 yil 24 martda mazkur xat bo‘yicha general-gubernator va Orenburg harbiy okrugining boshlig‘i Krijanovskiyning harbiy vazirga yozgan raportida shunday deyilgan: «Muhammad Solih dodxoh general Chernyayevning so‘ziga ko‘ra, notiq, sofdil, o‘ta e’tiqodli kishi hisoblanib, rus askarlari Toshkentga hujum qilgan vaqtda xalqni janglarga otlantirgan va buning uchun o‘zining boyligini sarflagan. Umuman olganda, u nihoyatda katta obro‘ga egadir». Krijanovskiy Muhammad Solih dodxoh ozod etish haqidagi iltimosning qondirilishini harbiy vazirdan so‘ragan.
1867 yil 16 dekabrda Turkiston general-gubernatori Kaufmanning harbiy vazirga yuborgan raportida esa, Muhammad Solih dodxoh «eng obro‘li va boy» kishi sifatida izohlanib, general Chernyayev tomonidan 7 hamrohi bilan Tomsk guberniyasiga jo‘natilganligi ma’lum qilingan. Ulardan ikki kishi vafot etganligi va hozirda 5 kishi, xususan Muhammad Solih dodxoh, Mulla Mirza A’zam oxun, Mulla Muzaffarxo‘ja, Halim-boy Mirza va Mulla Azim Fayzboyvachchalarning tirikligi aytilgan.

General-gubernator ularni o‘z vatanlariga qaytarishni so‘ragan. Rus imperatorining ruxsati bilan ichki ishlar vazirligi Muhammad Solih dodxoh va hamrohlarini ozod etish haqida G‘arbiy Sibir general-gubernatori Xrushchevga kursatma bergan. Bu kishining 1869 yil 10 yanvarda yozgan raportiga kura, 1865 yili Tomsk guberniyasiga surgun qilingan 9 o‘zbekdan 3 tasi Tomskda vafot etgan, 2 tasi o‘sha vaqtlarda (kafilga — H. 3.) bo‘shatilgan. Tirik qolgan 4 kishi esa 1868 yil 18 iyunda o‘z vatanlariga qaytishlari uchun Semipalatinskka jo‘natilgan. Demak, surgundagi vatanparvarlarni ozod qilish masalasini hal etish jarayonida dastavval ikki kishi o‘lganligi haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa, ularning soni uch kishiga yetgan. Afsuski, arxiv hujjatlarida o‘lganlarning ismi sharifi ko‘rsatilmagan. Meningcha, uchinchi shaxs Muhammad Solih dodxoh bo‘lsa kerak. Chunki uning hozirgi avlodlarining xotirasida uning Tomskda o‘lganligi haqidagi fikr saqlanmoqda. Yuqorida qayd etilgan Nurullabekning so‘ziga qaraganda, shaharda sotqinlik qilgan kishilar Muhammad Solih dodxohning vataniga qaytishiga tish-tirnoqlari bilan qarshi turganlar. Hatto ular o‘z odamini Tomskka yuborishib, Muhammad Solih dodxoh zaharlab o‘ldirganlari haqidagi ma’lumot ham o‘sha vaqtda Toshkentga yetib kelgan ekan. Shuningdek, uning o‘g‘li Tomskka ketayotgan-da yo‘lda Chuy daresi atrofida orqasidan maxsus yuborilgan qotil tomonidan o‘ldirilgan.

Uylaymanki, keyingi izlanishlar o‘z vatani uchun jonini ham, molini ham ayamagan Muhammad Solih dodxohning faoliyati va taqdirini to‘laroq yoritish imkonini beradi.
Dastavval, Rus davlati tobeligida mustaqil Toshkent xonligini tuzish bo‘yicha hukumat vakillari o‘rtasida fikr almashildi va quvvatlandi. Lekin boshda shunday fikr tarafdori bo‘lgan Chernyayev Toshkentni bosib olgandan keyin aynib, Toshkentni va Namangangacha bo‘lgan yerlarni Rus davlati tarkibiga kiritish masalasini ko‘taradi. Uning so‘zicha, u ilgari Toshkentda harbiy qismni ta’minlashning iloji yuq deb o‘ylagan ekan. Biroq u shahar egallangandan keyin soliqlar va boj hisobiga mablag‘ to‘planishiga ishonch hosil qilganmish.
Bundan tashqari, shaharda Sa’idazimboy, Muhammad Mirsoatboy va boshqa sotqinlardan iborat bir guruh boylar zo‘r berib Toshkentning Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilishi tarafdorlari sifatida Chernyayevni ruhlantirib turdilar. Bu bilan ular uzlarining shaxsiy manfaatlari va mavqeini saqlashni maqsad qilib qo‘ygandilar, xolos. Bordi-yu, «mustaqil» Toshkent xonligi tashkil topsa, u vaqtda ular qilmishlariga yarasha chetga surilishi va manfaatlariga putur yetkazilishi turgan gap edi. Shu bois ular general Chernyayevning orqa etagini mahkam ushlagandilar. Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy esa harbiy vazir nomiga yullagan xatida «mustaqil» Toshkent xonligini tuzish hamda Rossiya chegarasini Chimkent, Avliyeota, Marki, To‘qmoq va Noringacha cho‘zilgan yerlar bilan belgilashini taklif etdi. Bu joylar bilan Sirdare oralig‘idagi yerlar esa, Toshkent xonligi tarkibiga kiritishini ko‘rsatildi. Bu xonlikni nazorat ostida tutib turish uchun Niyozbek, Chinoz va shahar bag‘ridagi biror joyda rus harbiy istehkomi bulishi lozim edi. Bu ishlar toshkentliklarning iltimosiga binoan amalga oshirilishy maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Krijanovskiy Buxoro amirining Toshkeshta tajovuzining oldini olishga qaratilgan fikrini ham ma’lum qildi. Bunga ko‘ra, agar amir bu ishga qo‘l ursa, u vaqtda Buxoroning rus askarlari tomonidan bosib olinishi va katta hajmda tovon solinishi lozim edi.
«Mustaqil» Toshkent xonligini tuzish xususida bir-birlarsha zid fikrlar yuritilgan bo‘lsa-da, lekin ularning mohiyati va yo‘nalishi qanday bo‘lmasin Rus davlatining mavqeini mustahkamlashdan iborat edi, xolos.

Toshkent bosib olingandan keyin general Chernyayevning Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy bilan munosabati keskinlashib bordi. Bunga ko‘proq Chernyayevning unga va, umuman, hukumat vakillariga nisbatan o‘zboshimchaligi sabab bo‘ldi. Hatto Peterburgda Chernyayevning dushmanlari Toshkent shahri hali olinmaganligi haqida gaplar tarqatishgan. Shu bois Chernyayev o‘zining yaqin kishisi polkovnik Poltoratskiyga yuborgan xatida quyidagilarni yezgan: «Toshkent nafaqat egallangan, va mutlaqo tinchlantirilgan, balki Rossiyaga shu darajada bog‘langanki, endi uni ajratib bo‘lmaydi. Shahar aholisi o‘zining bugungi ahvoliga rozi bo‘lib, na Buxoro va na Qo‘qon tarafiga o‘tishni istaydi. Ular jonlariga tekkan o‘zaro urushlarning yana boshlanishini anglab, mustaqillik berilishiga xursand bo‘lmasliklari turgan gap. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari rozi bo‘lmaydilar».

Chernyayev o‘z xatida o‘zboshimchaligini oqlashga urinib, Toshkentda va boshqa joylarda Rossiya hukmronligini o‘rnatishda jonbozlik ko‘rsatganligi, lekin shunga qaramay uning qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilmayotganligidan noligan. U o‘zining boshliqlariga bergan ma’lumotlarida Qo‘qon harbiy kuchlarini hamma vaqt ongli ravishda kamaytirib yozganligini tan olgan. Masalan, Chimkentdagi janglarda vatan himoyachilarining soni 15-18 ming kishi deb ko‘rsatilgan. Aslida ular 40 ming kishidan tashkil topganligi qayd etilgan. Shunga uxshash boshqa janglardagi Qo‘qon askarlarining soni ham ozaytirilgan holda ma’lum qilingan. Umuman olganda, Chernyayev va boshqa rus harbiy boshliqlari ko‘p hollarda vatan himoyachilarining qarshiligini kamsitib ko‘rsatishga uringanlar.

1865 yilning sentabrida general Krijanovskiy Toshkeshta kelib shahar va atrof joylarda bo‘lib ahvol bilan tanishdi. Ayni bir paytda qo‘shinni ruhlantirish maqsadida kuyidagi murojaatni harbiy qismlar diqqatiga havola etdi: «Men keyingi ikki yil mobaynida sizlarning qilgan ishlaringizni ko‘rib xursand bo‘ldim. Sizlar imperator farmonini sidqidillik bilan bajarib, Julakdan Verniygacha bo‘lgan 800 chaqirimlik masofani nayza tig‘i bilan egallab, harbiy chiziq tashkil etdingiz. Hozirda rus podshohiga qaram ko‘chmanchilar Qo‘qon xonligi zulmidan ozod holda hayet kechirmoqdalar, sizlar ularga tayanch va qalqon bo‘lib turibsizlar.

Sizlar qisqa vaqt ichida bizlarga noma’lum bo‘lgan yangi yerlar bo‘ylab olg‘a yurdingiz. Bu joylarni 2000 yildan ortiq muqaddam makedoniyalik Aleksandr urushib olgan edi. O‘sha vaqtlardan buyon bu boy mamlakat osiyoliklar qo‘lida bo‘lib qashshoqlangdi, cho‘lu biyobon-ga aylandi. Rus podshohi Aleksandr Ikkinchining askarlari zimmasiga o‘lkaga jon kiritish vazifasi tushdi. Bizning podshohimiz makedoniyalik Aleksandrga o‘xshab bosqinchilik urushlarini olib "borishni xohlamaydi. Bizning hukmdorimiz o‘zining jasoratli qo‘shinining nayzalari bilan ma’rifat uchun keng yo‘l ochishni istaydi.

Osiyoliklar 2000 yildan keyin makedoniyalik Aleksandr va uning g‘alabalarini unugganlar, lekin ezilgan xalqlarni talon-toroj va vahshiyona ravishda qirish uchun emas, balki zulmdan ozod etib, tinchlikni, barqarorlikni va farovon turmushni ta’minlash uchun uz qushinini yuborgan rus podshohini hech qachon unutmaydilar.

Sizlarning maqsadingiz oliy va havas qiladigan ishdir. Men katta xursandlik bilan ishonch hosil qildimki, sizlar bunday maqsadga tuliq loyiqdirsizlar. Sizlar faqatgina nayza bilan harakat etmasdan, bu yerda uzlaringizga uylar qurdingiz, ekinlar ekdingiz hamda o‘z xo‘jaliklaringizni tuzdingiz. Yigitlar shu tarzda ishni davom qildirib, osiyoliklarga xudoning nozu ne’matlaridan qanday foydalanishni namuna sifatida namoyish etinglar».

Binobarin, ongi ulug‘millatchilik ruhi bilan sug‘orilgan Krijanovskiy go‘yo Rus davlati ozodlik, erkinlik va taraqqiyot targ‘ibotchisi sifatida Turkistonga kelganligiga ishontirishga uringan. Uning fikricha, tub aholi shu darajada «yovvoyilashib» ketganki, hatto tabiat nozu ne’matlaridan foydalanishni va, umuman, madaniyatni ruslardan o‘rganish lozim ekan. Bunday bema’ni gaplar hech qanday qolipga sig‘may, faqat qonli urushlarni va qirg‘in-barotlarni niqoblash uchun aytilgan soxta bir harakatdan bo‘lak hech narsa emas, albatta.
General Krijanovskiyning ulug‘millatchilik mafkurasini quyidagi so‘zlari ham yaqqol isbotlaydi: «Men, — deb yezadi u, — Buxoro amirining elchisiga shuni ma’lum qildimki, bundan buyon Urta Osiyoning hukmdorlari bilan faqat rus tilida so‘zlashaman. Agar amirlikda rus tilini yaxshi biladigan kishi yo‘q bo‘l-sa, u vaqtda uni topib beraman. Meningcha, zaif qo‘shnilarimizning tiliga, urf-odatlari va tartiblariga rioya etgan holda muomala qilishni to‘xtatish kerak. Hozircha ularni bizning odatlarimizga asta-sekin moslashtirish va tilimizda gapirishga majbur etishning vaqti keldi. Bizlar O‘rta Osiyoda yakka hukmronlik qilib bu yerga o‘z qo‘limiz bilan madaniyat kiritishimiz va inson zotining eng ezilgan, baxtsiz kishilarining hayotini yaxshilashimiz darkor».

Demak, Krijanovskiy Turkiston aholisini ruslashtirish g‘oyasini ko‘targan edi. U Toshkentdan Orenburgga qaytgach, o‘z taassurotlari va takliflarini vitse-kansler Gorchakovga ma’lum qildi. Bunda u o‘zbeklar butun o‘lkada hokimiyat tepasida turib barcha xonlar, amirlar, vazirlar va lashkarboshilar ulardan tayinlangani qayd etilgan. Shu bois Rus davlati Urta Osiyoda ularga qarshi kurashishi lozimligi uqdirib o‘tilgan. Krijanovskiy Toshkent shahri butun mintaqada muhim savdo markazi hisoblanib, 80-100 ming aholiga, 13 karvonsaroyga egaligini ko‘rsatib, xorijiy mamlakatlar bilan savdo olib borayotganligini yozgan. Yana, Toshkent «Rossiya mollari uchun nihoyatda katta ahamiyatga» egaligi ma’lum qilingan.

Krijanovskiy Toshkentga qanday munosabatda bo‘lish masalasiga to‘xtalib yozadi: «Agar Toshkentni mustaqil shahar sifatida e’lon qilinsa va qo‘shinimiz chiqarilsa, u vaqtda o‘zbeklar bosh ko‘tarib Buxoro amiri tarafdorlarini o‘z atrofiga uyushtiradi. Amirning kirib kelishi bilan uldirish va talon-torojlar boshlanib ketadi. Shu munosabat bilan biz qo‘shinni keltirib yana urush qilishga majbur bo‘lamiz». Shuning uchun u Toshkent atrofidagi ayrim joylarda rus harbiy kuchlarini saqlash zarur, deb hisoblaydi. Shu shart bilan Toshkentga mustaqillik berishni taklif etadi. Bu fikrni Krijanovskii Toshkentda shahar kattalariga ma’lum qilganda, ular «Rossiya tobeligida qolish afzalligini izhor etganlar». Bu so‘zlar xalqqa emas, balki Rossiyaga sotilgan bir guruh kishilarga tegishlidir. Bu ishda Sa’idazimboy, Muhammad Soatboy va ularning hamtovoqlari tashabbuskorlik qilganlar.

General Chernyayev shaharni egallagach, hukmronligini mustahkamlashga intilib, harbiy qal’a va qo‘shin uchun turar-joylar qurishga qattiq kirishadi. Chunonchi, u 1865 yilning 28 sentabrida Krijanovskiyga yuborgan axborotida shunday yezgan: «Ishchi kuchlari yetishmasligi va mablag‘ning juda ozligiga qaramay, ikki yarim oy mobaynida juda katta ishlar amalga oshirilishi lozim edi. Ammo men bu — barcha son-sanoqsiz qiyinchiliklarni uzluksiz harbiy yurishlardan charchagan va toliqqan qo‘shinga tayanib bartaraf etishga erishdim. Qo‘shin o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani odatdan tashqari xohish-iroda bilan bajarib, kutilganidan ham ziyeda o‘rinlatdi. Hozirda qurilish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Qal’ani qurishda yer ishlarida bir kecha-kunduzga 30 tiyin haq to‘lash sharti bilan o‘zbeklar ishlatildi. O‘zbek ustalari ham ishga jalb qilindi. Hozirda Toshkentda harbiy qal’ada 6 piyoda askarlar rotasiga 150 kishi sig‘adigan kasalxona va yarog‘-aslaha ombori uchun bino bitkazildi. Sobiq Qo‘qon qal’asida esa harbiy shtab va harbiy gubernator joylashtirildi».

Shunday qilib ko‘rdikki, bir tomondan Toshkent xonligini tashkil etish haqida fikrlar izhor qilingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, shaharda harbiy istehkom qurishga va qo‘shinni joylashtirishga qaratilgan choralar zudlik bilan amalga oshirilib borilgan.
Toshkentni Rossiya tarkibiga kiritish tarafdori Chernyayev o‘z boshlig‘i Krijanovskiy Toshkentda bo‘lganida «Mustaqil Toshkent xonligini» tashkil etish haqidagi ko‘rsatmasiga ochikdan-ochiq qarshilik ko‘rsatdi. U Krijanovskiyning quyidagi murojaatini e’lon qilishdan bosh tortdi: «Toshkent xalqi! Sizga ma’lumki, Qo‘qon qo‘shini va fuqarolari Rossiya tobeligidagi qozoqlarga ko‘p yillardan buyon hujum qilib, karvonlarni taladilar, odamlarga savdo va dehqonchilik bilan osoyishta shug‘ullanishga yo‘l qo‘ymadilar. Mening hukmdorim Qo‘qon talonchiligini to‘xtatishni buyurdi va jasoratli rus qo‘shini hukmdorning xohishini bajardi. Rus quroli oldida birin-ketin Turkiston, Avliyoota, Chimkent, Niyezbek, Chinoz va Toshkent istehkomlari tiz cho‘kdi. Shunga o‘xshash bizning dushmanlarimizning qarshiligi davom etaversa, boshqa qal’alar va shaharlar ham bo‘ysundiriladi.

Ammo rus podshohi bu joylarning kambag‘allarini xonavayronlikdan va vahshiy Qo‘qon hokimiyatidan qut-qazib, yangi urushlar qilmoqchi va yangi yerlarni egal-lamoqchi emas. Shu ma’noda oliy hazratlari menga Tosh-kent xususida farmon berdilar. Bu farmonni baja-rish yuzasidan va Toshkentdagi o‘zim ko‘rgan ahvolni nazarda tutib quyidagilarni ma’lum qilaman:

— Toshkent shahri Sirdaryo qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan yerlarni o‘z ichiga olgan mustaqil davlat hisoblansin. Turkiston viloyati harbiy gubernatori Chernyayevga men tomonimdan berilgan ko‘rsatma asosida Toshkent davlatining boshqaruv tartiblarini tuzish topshirilsin. Birinchi navbatda, siz e’tiqod qilayetgan din so‘zsiz o‘z o‘rnida qolishi lozim. Harbiy gubernatorning fikri men orqali imperator oliy hazratlariga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Ammo u gubernator loyiq topgan vaqtda amalga oshiriladi. Toshkent ahli, agar sizlar harbiy gubernatorning buyrug‘ini osoyishtalik va mamnuniyat bilan qabul qilsangizlar, u vaqtda imperatorning marhamatiga arziydigan kishilar hisoblanasizlar va mustaqillik gashtini surasizlar. Kimki imperator marhamatini dushmanlik bilan qarshi olsa va abadul-abad rus quroli himoyasi ostiga olingan Toshkent davlatiga hujum qilsa, sho‘ri qurishi turgan gap. Men sizlarni olijanob imperatorning marhamatidan foydalanib mustahkam baxtga va doimiy tinch habtga erishishlaringizni xudodan iltijo etaman».

Mazkur satrlarda ham Rus davlati go‘yo ozodlik, taraqqiyet va baxt-saodat yaratuvchi sifatida talqin qilinib, ko‘klarga ko‘tarilgan hamda Rossiyaga hamisha sodiq bo‘lishga da’vat etilgan. Aslida esa, Toshkentga mustaqil davlat maqomini berishdan maqsad, vaqtincha bo‘lsa-da, mintaqadagi og‘ir siyesiy tanglikni yumshatish edi. Ayniqsa, rus hukumatini Buxoro, Qo‘qon va Toshkentda Rossiyaga qarshi kuchlarning birlashib ketish xavfi tashvishlantirdi. Ammo uchiga chiqqan o‘z-boshimcha Chernyayev rus hukumatining ko‘rsatmalariga rioya qilmay, Krijanovskiy murojaatini rasmiy suratda Toshkent ahliga bildirmay, berkitdi. Shu bilan birga, o‘zining yozgan axborotlarida «mustaqil» Toshkent xonligini tuzishga hali sharoit yetilmaganligini, Buxoro va Qo‘qon xonliklari Rossiya oldida tiz chuktirilgandagina masalani hal etish mumkinligini bildirdi. Uning fikricha, «Mustaqil Toshkent xonligi»ning tashkil qilinishi mintaqada- o‘zaro urush va to‘polonlarni yuzaga keltiradi. U «toshkentliklarda vatanparvarlik yo‘q, ular osoyishtalikka va savdodan olinadigan foydaga ega bo‘lsa, bas» degan iboralarni yozib, o‘zbeklar mustaqillikning qadr-qimmatini bilmaydilar, deyishgacha bordi. Bu ko‘zbo‘yamachilik edi, albatta. Amalda esa general Chernyayev Toshkentga mustaqillik berilsa, Rus davlati o‘z mavqeini zaiflashtirish bilan bir qatorda katta daromaddan ham mahrum bo‘lib qolishini nazarda tutgan edi. Uning hisob-kitobiga qaraganda, 1866 yili Toshkent va atrof-joylardan 400 ming so‘m daromad olinishi kerak edi. Masalan, 40 ming botmon g‘alla va guruch, bozordan va tarozi haqi sifatida olinadigan 304 ming so‘m, Chirchiq ortidan 12 ming so‘m, 15 ming so‘m xonadon solig‘i va boshqa yig‘inlar shular jumlasidandir.

Xullas, general Chernyayev, qanday bo‘lmasin, Toshkentning bevosita Rossiya qo‘l ostida bo‘lishini talab qildi. Uning o‘jarligi oliy hukumat vakillarining ham noroziligiga sabab bo‘lishi turgan gap edi. Uni hatto vazifasidan chetlatish masalasi ko‘tariladi. Ammo u, chorasini qilib, Toshkentda o‘z lavozimida qolish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. U bunga erishmoq niyatida shahardagi bir guruh sotqin yuqori tabaqa vakillari nomidan o‘zini ulug‘lovchi quyidagi mazmundagi xatlar uyushtiradi: «Mana, besh oydirki, siz (general Chernyayev) ulug‘ oq podshohning ko‘rsatmasiga binoan bizni shunday boshqarayapsizki, bunaqasi hech kim tomonidan qilinmagan. Siz bosqinchi emassiz, balki bizlarni zolimlardan xalos etgan kishisiz. Siz qisqa vaqtda o‘zingizning otalarcha boshqarishingiz bilan Rossiya podshohi tobeligida yashash baxt ekanligini ko‘rsatdingiz. Mazkur so‘zlar xushomadguylik emas, balki chin haqiqat bo‘lib, u sizning mohir rahbarligingizda rohatda yashabtgan 100 minglik toshkentliklar vakillarining dil so‘zlaridir. Siz juda qisqa vaqt ichida maslahatingiz yeki moddiy yordamingiz hamda uzluksiz g‘amxo‘rligingiz bilan turmushimizni ancha yaxshilashga erishdingiz. Siz hamma vaqt diqqat va sabr-qanoat bilan bizni eshitishingiz tufayli hamisha mamnun bo‘lganmiz. Sizning dono rahbarligingizni, toshkentliklarning yurakdan chiqadigan muhabbatini qog‘ozda bayen etishga qalam ojizlik qiladi. Xo‘sh, biz o‘zimizning chinakam hurmatimiz va muhabbatimizni nima bilan izhor eta olamiz. Chunki sizning xizmatlaringiz har qanday sovg‘adan baland-dir. Ammo shunga qaramay otalar farzandlaridan sovg‘a olganidek, tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan minnatdor Toshkentdan sovg‘a sifatida qilich olishingizni so‘raymiz. Bu qilich Rossiya va shaxsan o‘zingizning dushmanlaringizga qarshi qurol bo‘lsin. Albatta, bu sovg‘a unchalik qimmatli emas. Ammo uning qimmati va ahamiyati 100 minglab toshkentliklarning sizni chin ko‘ngildan sevishida hamda sizga uzoq umr va sihat-salomatlikni xudodan tilashlaridadir».

General Chernyayev bunday xatlarni uyushtirish va boshqa yo‘llar bilan Toshkentda qolishga qanchalik harakat qilmasin, baribir, 1865 yil noyabr oyining oxirlarida imperator ko‘rsatmasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Ma’lum vaqtda u Orenburgga bordi. Bundan oldin esa u shunday degan: «O‘lkadan ketish men uchun katta g‘am-g‘ussadir, lekin nomimning xalq xotirasida uzoq saqlanishi meni ancha yupatadi. O‘ylaymanki, Rossiyada ham menga tosh otmaydilar». General Chernyayev o‘zini mahalliy xalq orasida go‘yo yaxshi nom qoldirgan deb o‘ylagan. Vaholanki, amalda u qo‘llari qonga belangan shaxs sifatida hanuz unutilgan emas.

Lotin alifbosida maqola: General Chernyayevning Toshkentga bosqini haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
XITOY
ROSSIYA


Комментарии 2

Гость admin
123456/**/and(select+1)>0waitfor/**/delay'0:0:3'/**/
28 ноября 2023 00:55

Гость admin
${(954567563+961555625)?c}

123456/**/and/**/cast(md5('1178451973')as/**/int)>0

(select*from(select+sleep(0)union/**/select+1)a)
4 января 2024 23:37

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты