Oltin O'rda

XIII asrning 40-yillari boshida Botuxon boshchiligida tashkil qilingan feodal davlat (Jo'chi ulusi deb ham ataladi). Oltin O'rda xonlari Quyi Dunay va Fin qo'ltig'idan Irtish havzasi va Quyi Obgacha, Qora, Kaspiy va Orol dengizlari hamda Balxash ko'lidan Novgorod yerlarigacha bo'lgan hududda hukmronlik qilgan.

Biroq, ruslarning tub yerlari Oltin O'rda davlati tarkibiga kirmas, balki unga tobe bo'lib, o'lpon to'lar edi. Botuxon davrida Oltin O'rda poytaxti Saroy Botu (hozirgi Astraxan yaqinida) bo'lgan; XIV asrning birinchi yarmida esa u Saroy Berka shahri (Berkaxon asos solgan; hozirgi Volgograd yaqinida)ga ko'chirilgan. Oltin O'rda zaif, sun'iy bir davlat uyushmasi bo'lib, aholisi milliy jihatdan xilma-xil edi. Oltin O'rda aholisining ijtimoiy va madaniy taraqqiyot darajasi ham turlicha bo'lgan. Ko'chmanchilar hayotida yarim patriarxal, yarim feodal munosabatlar mavjud edi. Mo'g'ul feodal zodagonlari ekin maydonlari va yaylovlarning asosiy qismini egallab olgan edilar. Oltin O'rdaning ko'chmanchi aholisi orasida hunarmandchilik sust bo'lib, shahar bozorlaridagi mavjud buyum va matolar Xorazm, Shimoliy Kavkaz va boshqa yerlardan keltirilgan ustalar tomonidan ishlab chiqarilar edi. Davlatni Jo'chixon xonadonidan chiqqan xonlar ndora qilgan. Siyosiy hayotning ayrim jabhalarida hukmron sulola vakillari boshchiligida qurultoylar — harbiy feodal zodagonlarining yig'inlari chaqirilib turilgan. Davlat ishlarini asosan beklar begi olib borgan. Xalqdan soliq yig'ish ishi bilan bosqoqlar shug'ullangan.

Oltin O'rda davlatining tabiatan zaifligi va ayniqsa, uning asoratiga tushib qolgan xalqlar milliy ozodlik kurashining kuchayishi davlatning tanazzulga yuz tutishiga yana bir sabab bo'ldi. Oltin O'rda o'zining tashkil topishi davridayoq 14 ulusga bo'lingan bo'lib, ularni Jo'chining 14 o'g'li idora qilgan. Bulardan 13 tasi yarim mustaqil davlat bo'lgan va Botuxonning oliy hokimiyatiga bo'ysungai. Mangu Temur (1267— 1280) vafotidan so'ng Jo'chi xonadoniga mansub shahzodalar o'rtasida feodal urushlar boshlangan davrda markaziy idora muassasalariga yerli kishilarni jalb qilish tendensiyalari ko'zga tashlana boshladi. To'da Manguxon (1280—1287) va To'da Bug'axon (1287—1290) hukmronligi davrida davlat boshlig'i rasman No'g'ay hisoblanar edi. Faqat To'qtuxon (1290—1312) No'g'ay va uning tarafdorlaridan qutulishga muvaffaq bo'ldi. Besh yildan so'ng yangi boshlangan to's-to'polonga O'zbekxon (1312—1342) chek qo'ydi. O'zbekxon va uning vorisi Jonibek (1342—1357) hukmronligi davrida Oltin O'rdaning harbiy qudrati nihoyat darajada oshdi. Qo'shinlar soni 300 mingga yetdi. Biroq, 1357 yili Jonibekning o'ldirilishi bilan boshlangan to's-to'polonlar Oltin O'rdaning tushkunlikka uchraganidan dalolat berar edi. 1357—1380 nillarda Oltin O'rda taxtida 25 marta xon almashindy. Bu vaqtda davlatni rasman Mamay (1381 yili vafot etgan) idora qildi. XIV asrning 60-yillari boshida Oltin O'rdadan Xorazm, Astraxanь ajralib chiqdi. Polьsha va Litva Dnepr daryosi havzasidagi yerlarni bosib oldi. Bundan tashqari, Oltin O'rdaning nufuzln ulus amirlaridan Mamay Moskov knyazi boshliq kuchli rus knyazlari ittifoqi bilan to'qnashishga majbur bo'ldi. U Rusiyani zaiflashtirnsh maqsadida katta qo'shin bilan yurish boshladi, biroq Kulikovo jangida tor-mor etildi.

To'xtamishxon davrida ur-yiqitlar barham topdi, markaziy hokimiyat asosiy uluslarni o'z nazorati ostiga oldi. To'xtamishxon Mamay qo'shinlarini Kalka daryosi bo'yida yengib, 1382 yili Moskovga hujum boshladi, uni qo'lga kiritdi, shaharga o't qo'ydi. U o'z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Amir Temurga qarshi urush ochdi. Amir Temur bir necha qonli janglardan so'ng, To'xtamish qo'shinlarini yanchib tashladi, Volga bo'yidagi bir qator shaharlarni vayron qildi. Oltin O'rda bu qaqshatqich zarbadan so'ng o'zini sira o'nglay olmadi. XV asrning 20-yillarida Sibirь xonligi, 40-yillarida No'g'ay O'rda, keyinroq Qozon xonligi (1438), Qrim xonligi (1443), 1460 yili Mang'it, Astraxanь xonliklari vujudga keldi. XV aerda Rusiyaning Oltin O'rdaga tobeligi sezilarli darajada kamaydi, 1480 yili Katta O'rda xoni Axmat (Ahmad) Ulug' rus knyazi Ivan III (1462—1505) ni o'ziga itoat ettirishga urinib, mu-vaffaqiyatsizlikka uchradi. 1480 yili rus xalqi tatar-mo'g'ul zulmidan butunlay xalos bo'ldi. (B. Ahmedov)

Lotin alifbosida maqola: Oltin O'rda haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты