Xonliklar davrida soliq tizimi

O'zbek xonliklari soliq siyosatida shariat talablariga to'la rioya etilgan deb bo'lmaydi. Zakot, ushr, fitr sadaqasi kabi to'lovlar, ba'zi mutaxassislar ta'kidlaganidek, soliq bo'lmay, balki bandaning moliy ibodatlari sanaladi. Konlardan, xazinadan, harbiy o'ljalardan davlat xazinasiga xums (beshdan biri) berilgan.
Xiroj esa o'rta asrlardan buyon yer solig'i sifatida olib kelingan. Bu soliqni undirishda yagona qat'iy tartib bo'lmagan. Xiroj solig'ining miqdorini davlat boshlig'i belgilab bergan. U tayyor mahsulot yoki uning qiymatiga teng pul shaklida undirilgan.
Jizya solig'i musulmon bo'lmagan fuqarolar, ya'ni, zimmiylardan undirilgan. Jizya solig'ini voyaga yetgan erkak zimmiylar to'lashgan.
Buxoro xonligida shayboniylardan keyin davlat tepasiga kelgan ashtarxoniylar davrida ham mamlakatni, davlat xazinasini boyitish uchun soliqlarning turi va miqdori oshirilgan. Jumladan, xiroj, ixrojot, boj kabi soliqlar qatorida har xil kichik va katta soliqlar ham bo'lgan. Ayniqsa, Subhoniqulixon taxtga kelganida soliqlarning turi ko'paydi. Uning davrida yetti yillik soliqlarni oldindan, bir yilda yig'ish bo'yicha maxsus farmon e'lon qilindi. Xonning bunday qarori aholini qiyin ahvolga solib qo'ydi, yanada qashshoqlashuviga sabab bo'ldi. Chunki mamlakatda asosiy soliq to'lovchilar dehqonlar, hunarmanddar, savdogaru chorvadorlar bo'lishgan. Aholi soliq to'lashdan tashqari mamlakatda uyushtiriladigan turli tadbirlarga, majburiy ishlarga jalb qilingan, qo'shimcha jarimalar ham solingan.
Buxoro xonligida ham, boshqa joylarda bo'lgani kabi, xon marhamat ko'rsatganlar va yetakchi din peshvolari hamda xon imtiyoz bergan shaxslar barcha soliqlardan ozod qilingan.
Xoliqulov A. “Chiroqchi bekligining Buxoro amirligi siyosiy-iqtisodiy hayotida tutgan o'rni” (XIII-XX asr boshlari). Tarix, mustaqillik, milliy g'oya. (Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari), T., 2001, 198-bet.
Xiva xonligida esa boj, jizya kabi soliqlar qatorida salg'ut, ag'ut, miltiq puli, tarozi puli, darvozabon puli, mushrifona kabi yigirmadan ortiq soliq va yig'imlar ham to'langan. Bundan tashqari aholi turli majburiyatlarni bajarishi lozim bo'lgan. Masalan, mulkdorlar ma'muriyatini boqish, harbiylarning vaqtincha to'xtashida ularning oziq-ovqati va boshqa harajatlari uchun yig'iladigan yig'imlar, suv ta'minoti bilan bog'liq majburiyatlar shular jumlasidandir.

XIX asr boshlarida davlatni boshqargan El-tuzar soliq bo'yicha islohotlar o'tkazdi. Mamlakatda aholidan yer solig'i undirildi. Bu soliq xususiy yer egalaridan yer maydoniga qarab olingan. Yeri bo'lmagan dehqonlar hovlisi hisobidan to'lashgan. Xonlikda soliq bo'yicha imtiyozga ega
bo'lganlar tabaqasiga katta amaldorlar, xonga yaqin kishilar, din arboblari, saroy xizmatchilari, navkarlar kirishgan.

Qo'qon xonligida ham davlat xazinasi uchun, mamlakatning ehtiyoji uchun soliq undirish tizimi shakllantirilgan edi. Buxoro va Xiva xonliklariga nisbatan Qo'qon xonligida soliqlarning turi ko'proq bo'lgan. Mollar va hayvonlardan olinadigan, to'ylardan olinadigan soliq, meroslarni bo'lishda tushadigan soliq, do'konlar, karvonsaroylar, omborxonalardan olinadigan soliq, daryo kechuvlaridan o'tish solig'i, tuz solig'i, xonga qarashli bo'lgan ijaraga berilgan yerlardan olinadigan soliqlar va hokazo... Xonlikda soliqgarning miqdori xonning ixtiyori bilan tez o'zgarib turgan. Ayniqsa, harbiy harakatlar paytida soliqlarning turi va miqdori yanada ko'paygan.
O'zbek xonliklarida soliq yig'ishda bekliklarning xizmati katta bo'lgan. Jumladan, Buxoro amirlariga qarashli bo'lgan Chiroqchi bekligida avorizot (favqulodda holatlarda yig'iladigan harbiy soliq), qoracherik (Buxoro amirligi qo'shinlarini boqish uchun beriladigan soliq), yaksara (qo'sh puli; qo'sh ho'kizi borlardan yig'ilgan), cho'p puli, xarbuz puli (lalmikor yerlarga ekiladigan tarvuzlardan olingan), muhrona (qozi, mufti, rais va boshqa hukmdorlarning muhri uchun soliq), xizmatona (qozilarga, beklarga berilgan to'lov) vasiqa puli va boshqa soliq turlari ham bo'lgan.

XVI-XIX asrlar oralishda xonlik va amirlik-larning soliq siyosatida hukumat belgilagan tartiblarga rioya qilishda shariat qoidalaridan uzoqlashish ko'zga tashlanadi. Soliqtarning belgilanishi, undirilishi, sarflanishi jihatidan ham shariat talablaridan chekinilgan. Jumladan, yo'l, ko'prik, madadi lashkar, qo'nalg'a, boj va boshqa soliqlar hamda yig'imlar shariatda ko'rsatilmagan soliqlardan hisoblanadi.

Xonliklardagi nizolar-kelishmovchiliklar ham aholining moddiy jihatdan yanada qiynalishiga olib kelar edi. Buning ustiga, yangi soliq turlari ko'payavergan. Masalan, hatto bog'lar, bedazorlar, suv tizimiga qarovchi miroblar uchun (mirobona), poliz ekinlari uchun ham alohida (tanobona) soliqlar belgilangan.

O'zbek xonliklarida yig'ilgan soliqlar shariatning asosiy manbai Quroni karimda ko'rsatilganlarga emas, xon tomonidan belgilangan joylarga uning farmoni bilan yuborilgan. Xonliklarda soliq undirish, uning turlari va miqdorini belgilash, ularni taqsimlashda shariat talablariga rioya qilish o'rniga, har bir xonliqda turlicha tartiblar joriy qilingan. Chunki qo'shin taminoti, saroy xarajatlari, amaldorlarga beriladigan maoshlar va boshqa xarajatlar asosan mamlakat hududlaridan yig'iladigan soliqlar hisobidan bo'lgan.

Lotin alifbosida maqola: Xonliklar davrida soliq tizimi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...
YER
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты