Abakan (xak. Ағбан) — daryo, Yeniseyning chap irmogʻi, RF Krasnoyarsk oʻlkasida. Gʻarbiy Sayan va Oltoy togʻlarining shimoliy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Abakan va Kichik Abakan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Krasnoyarsk suv omboriga quyiladi. Uzunligi – 514 km. Havzasi – 32000 km. Oʻrtacha suv sarfi – 381 m/sek. Togʻlardan chiqqach, keng vodiyda koʻp tarmoqlarga boʻlinib oqadi. Asosan, qor va yomgʻirdan suv oladi. Noyabrning yarmida muzlab, aprel oxirida muzdan boʻshaydi. Quyi qismida sekta 400 m suv oqadi. Yogʻoch oqiziladi. Minusinsk soyligi ekinzorlarini sugʻoradi. Abakan boʻyida Abakan shahri bor.