Abas tumani astrofizika rasadxonasi

Abastumani astrofizika rasadxonasi – Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932-yilda Abastumani qishlogʻi yonida tashkil qilingan. 1937-yildan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili togʻida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral koʻrsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorugʻlikning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi oʻrganiladi. Oʻzgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va boshqa osmon jismlarining rang koʻrsatkichlari roʻyxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. Asosiy asboblari: 70 sm li meniskli teleskop, 125 sm li reflektor, 40 sm li reflektor, Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop, elektrofotometr oʻrnatilgan 32 sm li reflektor, xromosfera teleskopi, 40 sm li qoʻshaloq astrograf va boshqa 1937-yildan "Byulleten" chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.


Lotin alifbosida maqola: Abas tumani astrofizika rasadxonasi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASI
GRUZIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
YER
ASTRONOMIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты