Abasa surasi

Abasa (arab, abasa — qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) — Qurʼonning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (as) Quraysh zodagonlaridan bir guruhini islomga daʼvat qilib turganida Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ikki ko‘zi ko‘r bir sahoba kelib: "YO rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan taʼlim bering", deb so‘raydi. Payg‘ambarning boshqalar bilan band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz bilan bir necha bor takrorlaydi. Shunda payg‘ambar achchig‘lanib, qovoq soldi va u kishidan yuz o‘girib Quraysh kattalari bilan so‘zlashda davom etdi. Abasa surasi ko‘zi ojiz bir kishiga ro‘yxush bermagan payg‘ambarga tanbeh berish bilan boshlanadi (shuning uchun ham bu sura "Abasa" deb nomlangan) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qurʼon oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi taʼkidlanadi. Bu surada Alloh o‘z habibi va so‘nggi payg‘ambariga bergan tanbehi do‘stning do‘stga qiladigan beg‘araz muomalasi sifatida talqin etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Abasa surasi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ABASA
QURʼON
Shahzoda - Habibi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты