Irakliy Abashidze

Irakliy Vissarionovich Abashidze (1909.10.11, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlogʻi — 1992) — gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya FA akad. (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—67). Gruziya Ensiklopediyasi bosh muharriri (1967-yildan). Asarlaridagi asosiy mavzu — shoirning insonparvarlik burchi, Gruziyaning hozirgi va oʻtmishdagi taqdiri ("Guriya yashna-yapti", 1950; "Yaqinlashish", 1966; "Bu qoʻshiqlar ham — Gruziyamga", 1971; she’riy toʻplamlari, "Rustaveli izidan" poemasi, 1966 va boshqalar). "Yuksak mahorat uchun"(1959), "Doʻstlar, yoʻllar, oʻylar" (1979) kitoblari muallifi. Oybek, Gʻafur Gʻulom va boshqa bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Zulfiya she’rlarini gruzin tiliga tarjima qilgan. Oʻzbek tilida "She’rlar" kitobi nashr qilingan (1962).


Lotin alifbosida maqola: Irakliy Abashidze haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
ABASHIDZE Irakliy Vissarionovich
YAPONIYA
GʻAFUR GʻULOM
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты