Abay koʻchasi (Toshkent)

Abay koʻchasi — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. Abay koʻchasi qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan boʻgliq boʻlib nomlangandir. Koʻcha Shayxontohur tumanida joylashgan.

Koʻchaning nomi qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan nomlangan.

2011-yilda Navoiy koʻchasidan boshlanib va Abay koʻchasidan ham oʻtgan mashhur Navoiy bozori "Malikaga" koʻchdi. Bu yerda asosan zamonaviy texnika va telefonlar sotilib borilgan edi. Koʻchgan yerda biroz vaqt oʻtib yangi uylar qurildi va keyinchalik Tashkent City markazi barpo etildi.

Abay koʻchasining soʻngida Qozogʻiston elchixonasi va Abay Qoʻnanboyevga haykal joylashgan. Yangi elchixona va haykal yozning 2013-yilida, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashrif buyurgan vaqtda ochilgan edi. Davlatlar oʻrtasida yangi elchixonalar qurilishi Qozogʻistonning poytaxti Ostonada 2010-yilda Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev orasida kelishilib olingan edi.

18-oktabrning 2019-yilida Lacetti rusmli avtomobil haydovchisi yoʻl harakati politsiyasi inspektorini urib ketdi. Jarohat olgan hodim shifoxonaga yotqizildi.

Abay koʻchasi shimoldan Alisher Navoiy va Bobir Zokirov koʻchasining yakunidan boshlanib Zulfiyaxonim koʻchasigacha choʻziladi. Abay koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi oʻtadi.

Abay koʻchasi Toshkentning markaziy koʻchalarida joylashgani binoan bu yerda koʻplab bino va inshoatlar joylashgan.

Turonbank banki
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi DUK Toshkent viloyat filiali

48-sonli Oilaviy PoliklinikaSalvia restorani


Lotin alifbosida maqola: Abay koʻchasi (Toshkent) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
QOZOGʻISTON
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты