Abbos ( abbas) — arabcha erkak ismi, arab tilidan tarjima qilinganda „sher“, „qoshlarini chimirgan“ degan maʼnoni anglatadi. Bu islom diniga eʼtiqod qiluvchi koʻplab xalqlar orasida keng tarqalgan ism.Abbos asosan Oʻrta Osiyo, Markaziy Osiyo (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston) Arab davlatlari, Shimoliy Kavkaz xalqlari (kabardlar, dargʻinlar, qoʻmiqlar, osetinlar, chechenlar, ingushlar va boshqalar) shuningdek, boshqirdlar va tatarlar orasida tarqalgan.