Ashrabov Abbos Boboyevich (1913.2.10, Piskent) – qurilish sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari doktori (1961), professor (1960). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1940), shu institutda ishlagan (1935–91), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Inshootlar instituti direk-tori (1958–63), Toshkent arxitektura va qurilish institutida professor (1992–96). Ilmiy ishlari qurilish materiallari-ga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va inshootlarga doir. A. zilzilabardosh binolar yaratishga asos solganlardan biri. U Oʻrta Osi-yoda birinchi boʻlib beton va temir-beton buyumlarga yengil toʻldirgich – keramzit ishlatishni, qurilishni industrlashti-rish usullarini, tarixiy yodgorliklardan zamonaviy binolar qurilishida foy-dalanishni tavsiya etdi. A.ning beton va temir-beton sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Davlat standartlari me’yorlari (normalari)ga kiritilgan.