Abbos Atoyev

Abbos Abdurazzoqovich Atoyev 1986-yil 7-iyun kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tugʻildi. 2008-yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

  • 2004-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar orasida jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2004-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan talabalar orasida jahon chempionatida kumush medali sovrindori.
  • 2007-yilda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida, 2007-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
  • 2005-2012-yillar mobaynida Qozogʻiston, Ukraina, Chernogoriya, Xitoy Taypey, Turkiya, Finlyandiya davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Rossiya, Bolgariya, Germaniya, Armanistonda boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalar sovrindori.
  • 2009-yil Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
  • 2010-yilning 13-16-noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 2-oʻrinni egalladi
  • 2012-yil Qozogʻistonning Osiyo Olimpiya saralash musobaqasida oltin medal sohibiga aylandi va shu bilan London Olimpiyadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
  • 2012-yilda Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Mehnat faoliyati

  • 2004-2008 - Buxoro davlat universiteti talabasi
  • 2004-2009 - Buxoro viloyati 2-son iqtisoslashtirilgan bolalar olimpiya zahiralari sport maktabida boks boʻyicha murabbiy
  • 2009-h.v. - Markaziy harbiy sport klubida harbiy xizmatchi

Mukofotlangan

  • Boks boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
  • 2005-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni
  • 2007-yil „El-yurt hurmati“ ordeni
  • 2009-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni
  • 2012-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Lotin alifbosida maqola: Abbos Atoyev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TURKIYA
UKRAINA
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты