Abbos ibn Abdulmuttalib

Abbos ibn Abdulmuttalib (; 568, Makka -  Madina) Islom paygʻambari Muhammadning amakisi, Abd al-Muttalibning koʻp sonli oʻgʻillarining oxirgisi. Uning avlodlari Abbosiylar xalifaligida hukmronlik qilgan Abbosiylar sulolasiga asos solgan.

Al-Abbos 568-yilda Makkada tugʻilgan, u Abdulmuttalibning Natila bint Janabdan oʻgʻli edi. Toʻliq ismi: Abu-l-Fadl al-Abbos ibn Abd al-Muttalib al-Kurashiy al-Hoshimiy ( U Muhammad paygʻambardan ikki-uch yosh katta edi Muhammad ning onasi vafotidan keyin Abdulmutallib uni tarbiyasiga oladi. Al-Abbos Muhammad bilan bir uyda oʻsgan.

Abbos yoshligida savdo-sotiq bilan shugʻullangan. U juda boy odam edi. U akalari bilan birga Kaʼbada xizmat qilib, zumzam qudugʻidan suvni ziyoratchilarga tarqatgan. Otasining vafotidan soʻng, al-Abbos oʻz oilasida muqaddas Zamzam manbasining qoʻriqchisi sifatida merosxoʻr lavozimni egalladi. Islom dinini qabul qilgandan keyin u bu vazifani bajarishda davom etdi. Paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam vidolashuv haji chogʻida quduqqa borib, Abbosdan suv soʻradila.

Muhammadning paygʻambarlik missiyasi boshlanganidan keyin Abbos islomni qabul qilmadi, lekin unga qarshi ham chiqmadi. Uning rafiqasi Umm al-Fadl birinchi musulmon ayollardan edi. Badr jangida Abbos musulmonlar tomonidan asirga olinadi va asirlikdan ozod qilinganidan keyin islomni qabul qilib, Makkaga qaytib keladi. Bir muddat iymonini yashirib, Makkada qolgan musulmonlarga yordam berdi. Musulmonlar Makkani fath qilishidan sal avval u (hijrat) Madinaga hijrat qildi. Makka fath qilinganidan keyin Muhammad paygʻambarning yonida boʻlib , Hunayn jangida qatnashgan . Uning kuchli taʼsiri tufayli Qurayshning salmoqli qismi islomni qabul qildi.

632-yilda Muhammad vafotidan keyin uning jasadini yuvish vazifasini Ali ibn Abu Tolib bilan birga oʻz zimmasiga oladi. Al-Abbos birinchi uchta solih xalifaga faol yordam berdi. U musulmon qoʻshinini jihozlash uchun katta mablagʻ sarflagan, Vizantiyaga qarshi yurishlar uchun toʻlagan .

Al-Abbos 652 yilda xalifa Usmon davrida vafot etgan. Abbosning oʻgʻillaridan eng mashhurlari Фадль, Abdulloh, Kusam va Тамам dir. Uning avlodlari bir asrdan keyin inqilob natijasida xalifalikda hokimiyat tepasiga kelib, Abbosiylar sulolasiga asos solgan.


Lotin alifbosida maqola: Abbos ibn Abdulmuttalib haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты