Abboz Dabilov

Abboz Dabilov (qoraqalpoqcha: Abbaz Dabiʻlov, 1898, Rossiya imperiyasi, Amudaryo otdeli, Qoraoy qishlogʻi — 1970, OʻzSSR, SSSR) — qoraqalpoq shoiri va dostonchisi. Oʻzbekiston xalq artisi (1957).

Abboz Dabilovning otasi Dabil erta vafot etib, onasi bilan birga qoladi. Abboz shoirga "Qoraqalpogʻiston xalq shoiri", "Oʻzbekiston xalq jirchisi" unvonlari berildi. A. Dabilov "Bahodir" dostoni uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat mukofoti laureati boʻldi. U eng dastlab tugʻishgan akasi Hamzadan qissa oʻqishni oʻrgandi. Shoirning «Qoʻshiqlar» (1940), «Jeńisler yoshı» (1942), «Alǵa» (1959), «Qosıqlar» (1962),«Júrekke jaqın adamlar» (1965), «Arnawlar» (1966), «Bilimlen» (1968), «Temir yol» (1973), «Námárt jigit nege dárkar» (1976) va boshqa poezik toʻplamlari bosilib chiqdi. Shoirning "Bahodir" dostoni ikki marotaba 1950, 1957-yillari, uning toʻliq nusxasi esa rus tilida 1989-yili bosilib chiqdi. Ulardan tashqari, shoirning uch toʻplami (1, 2, 3 tomksri) 1958, 1967, 1972-yillari bosildi. A. Dabilov "Mehnatda botirligi" va "Miynette ayriqchaligi uchun" ordeni va medallari bilan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi kenʼesi va Prezidiumining hurmat yorliqlari bilan taqdirlandi.


Lotin alifbosida maqola: Abboz Dabilov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты