Abd al-Malik I (Somoniy)

Abd al-Malik I (Somoniy); Abdulmalik ibn Nuh (944-961) - Movarounnahr hukmdori (954/5 - 961/2); somoniylar amiri (954–961). Somoniylar sulolasidan.

Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin oʻn yoshida taxtga oʻtiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abd al-Malik davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abd al-Malik davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland boʻlgan. Masalan, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obroʻsi oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi boʻlgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abd al-Malik chavgon oʻynab turib, otdan yiqilib halok boʻladi.

Somoniylar sulolasi

Ahmad I (819 - 864)

Buxoro Amirlari
Nosir I (864 - 879)
Ismoil (879 - 888)
Nosir I (888 - 892)

Moveraunnahr hukmdorlari
Nosir I (875 - 888)
Ismoil (888 - 907)
Ahmad II (907 - 914)
Nosir II (914 - 943)
Nuh I (943 - 954/5)
Abd al-Malik I (954/5 - 961/2)
Nosir III (961/2)
Mansur I (961/2 - 976/7)
Nuh II (976/7 - 997)
Mansur II (997 - 999)
Abd al-Malik II (999)
Ismail II (999 - 1004/5)


Lotin alifbosida maqola: Abd al-Malik I (Somoniy) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDULMALIK ibn NUH
SOMONIYLAR
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Abd al-Malik II (Somoniy)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты