Charjau Abdirov

Charjau Abdirovich Abdirov (1933.20.12, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak shaharchasi – 1997.3.7, Nukus) – mikrobiolog olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979). Tibbiyot fanlari doktori (1973). Toshkent tibbiyot institutini bitirgach (1955), shu institut mikrobiologiya kafedrasining assistenti (1958– 61), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filialida katta ilmiy xodim (1961–69), Oʻzbekiston Teri-tanosil kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filiali direkombinatori (1969), Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vaziri (1969–76), Nukus davlat universiteti rektori (1976–85), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot institutida boʻlim mudiri va direktor (1985-97). Asosiy ilmiy ishlari mikrobiologiya va immunologiya masalalariga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlisning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi (1994–97).


Lotin alifbosida maqola: Charjau Abdirov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ABDIROV Charjau Abdirovich
QORAQALPOGʻISTON
SOGʻLIQNI SAQLASH
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты