Mirabdullaxoʻja Abdiy

Abdiy Mirabdullaxoʻja (1870 — Bu-xoro — 1922) — shoir va tazkira-navis. A.ning ayrim zamondoshlariga bagʻishlangan qasida va gʻazallaridan namunalar Afzal Primastiyning ("Af-zal ut-tazkor" (1904) va Ne’matulla Muhtaram ("Tazkirat ush-shuaro", 1910) tazkiralarida uchraydi. "Tazkirai Ab-diy" (yoki "Tazkirat ush-shuaroi mutaax-xirini Buxoro", "Tazkirat ush-shuaro", 1904) tazkirasida Amir Abdulahad dav-rida yashab ijod etgan 118 shoir haqida biografik ma’lumot va asarlaridan na-munalar berilgan. Tazkira muqaddima va 28 maqsad (bob) dan iborat. Muqaddimada she’r va shoirlik haqida fikr yuritila-di. Muallif shoirlarni oddiy, kamtar boʻlishga, yengil obroʻ va boylik izidan quvmaslikka undaydi. Boblarda shoir-lar ijodiga baho berilgan. Asar 19- a. oxiri — 20- a. boshi Turkiston adabiy harakatchiligini, xususan, oʻzbek-to-jik adabiy aloqalarini oʻrganishda muhim manbalardandir. Jumladan, tazkirada Ahmad Donish, Vozeh, Shohin, Sadrid-din Ayniy, Toshxoʻja Asiriy kabilar haqida qimmatli ma’lumotlar bor.


Lotin alifbosida maqola: Mirabdullaxoʻja Abdiy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDIY
Abdiy Mirabdullaxoʻja
AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты