Quatboy Abdreimov

Quatboy Abdreimov (1937.24.5, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) – qoraqalpoq aktyori va rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1963). Qoraqalpoq televideniyesida rejissor (1963-68), bosh rejissor (1968-71), Qoraqalpoq teatrida direktor va bosh rejissor (1973-79), 1979-yildan rejissor Sahnalashtirgan asarlari: "Otello" (U.Shekspir, Otello rolini oʻzi ijro etgan), "Momo yer" (Ch.Aytmatov), "Abu Rayhon Beruniy" (T.Seytjanov), "Berdaq" (J.Oymurzayev), "Bilmayin bosdim tikonni" (I.Sulton), "Temir xotin (Sh.Boshbekov),"Ernazar olakoʻz" (A.Oʻtaliyev) va boshqa A. birinchi qoraqalpoq kino aktyori. "Oʻzbekfilm va "Qozoqfilm" kinostudiyalarida ishlangan 20 dan ortiq filmlarda suratga tushgan : Alijon ("Hamza"), Ergash ("Otalar vasiyati"), Valijon ("Afsonadagi qiz"), Zaripboy ("Boʻysunmas") va boshqa Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotining laureati (1973). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: Quatboy Abdreimov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ABDREIMOV
BERUNIY
QORAQALPOGʻISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты