Abduaziz Yusupov

Abduaziz Yusupovich Yusupov (1927. 17.10, Samarqand) — oftalmolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967). SamTIning davolash fakultetini tugatgach (1949), koʻz kasalliklari kafedrasida aspirant (1949—52), assistent (1953—58), dotsent (1958—68), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1969—74), koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri (1974-yildan), shu kafedrada professor (1996-yildan). Asosiy ilmiy ishlari traxomatsan keyin qovoqda boʻladigan asoratlarni jarrohlik usulida davolash, glaukoma va oʻlkaga xos koʻz kasalliklarini oʻrganishga oid. U ilk bor uzoqni yaxshi koʻra olmaslik kasalligini davolashda koʻzning shox pardasi va oqsil pardasida operatsiya oʻtkazish usulini amaliyotga joriy etgan.


Lotin alifbosida maqola: Abduaziz Yusupov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUSUPOV Abduaziz Yusupovich
TIBBIYOT
TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты