Abdugʻani Abdullayev

Abdugʻani Abdullayev (1953.25.6, Fargʻona viloyati) – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Us t a Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi "Fargʻona" choyxonasi, Xalqlar Doʻstligi saroyi, "Zarafshon" restoranidagi oʻymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983-yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xoʻjayev nomidagi teatr (Guliston shahri) binosi uchun 20 dan ortiq oʻymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Fargʻona, Isfara shahri), "Muborak" restorani (Toshkent), Qarshi teatri va boshqa binolari uchun noziq islimiy oʻyma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasiaati yogʻoch oʻymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, oʻymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon boʻldi (1998), Toshkentdagi "Xotira maydoni" (1999)dagi ayvonlarning oʻyma naqshli ustunlarini milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973-yildan xalqaro koʻrgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi.


Lotin alifbosida maqola: Abdugʻani Abdullayev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты