Abduhakim Hojiboyev

Abduhakim Moʻminovich Hojiboyev (1951-yil 2-noyabr, Zangiota tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik shifokor, olim va davlat arbobi, tibbiyot fanlari doktori. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining oʻrinbosari, (2021-yildan), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri (2020-2021).

  • 1951-yil 2-noyabrda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
  • 1974-yilda — Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
  • 1974-1975- yillarda — 1-sonli Respublika klinik kasalxonasida stajyor boʻlib faoliyat yuritgan.
  • 1975-1990 yillarda — Butunittifoq Klinik va eksperimental jarrohlik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent filialida kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
  • 1981-yilda — nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan.
  • 1990-1999-yillarda — dastlab bosh ilmiy xodim, keyinchalik akademik V. Vohidov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi (hozirgi V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) boʻlim mudiri boʻlib ishlagan.
  • 1999-2000 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktorning ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻrinbosari.
  • 2000-2003 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi boshqaruvchisi.
  • 2003-2007 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 2007-2016 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori.
  • 2016-2017 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 2017-2020 - Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.
  • 2020-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 2020-yil 3-noyabrdan 2021-yil 11-noyabrgacha — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri.
  • 2021-yildan — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining oʻrinbosari.

Lotin alifbosida maqola: Abduhakim Hojiboyev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты