Qulijon Abduhakimov (1876-1968, Buxoro) – rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan oʻrgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat koʻrsatgan. Abduhakimov yasagan badi-iy buyumlar Oʻrta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida Oʻzbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va feruza koʻzli zulfin diqqatga sazovordir.