Abdulaxad Abdurashidov

Abdulaxad Abdulhamidovich Abdurashidov (1956.11.06, Margʻilon) – sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasini 1981-yil tugatgan. Margʻilondagi "Doʻstlik" bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983–90), Oʻzteleradio kompaniyasining "Maqom" ansamblida sozanda (1990-yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari ("Choʻli Iroq", "Yovvoyi Chorgoh", "Qalandar", eroncha "Shoda-shoda" va boshqalar), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari ("Figʻon", "Hanuz", "Ey, sabo", "Bir kelsun" va boshqalar) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida "Nay nolasi", "Nigohing" kabi kuylarni, "Fargʻona ekan doʻstlar", "Margʻilon atlaslari", "Paydo boʻlibdi" va boshq ashulalarni yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: Abdulaxad Abdurashidov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich
RAJABIYLAR
MUSIQA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты