Abdulazizxon (Shayboniy)

Abdulazizxon (1511-yil oktabr — 1550-yil 14-may) — Shayboniylardan. Ubaydullaxonning oʻgʻli, Xorazm hokimi (1538-39).

Abdulazizxon Turkiston viloyatidagi Arquq mavzesida tugʻilgan. Onasi Qozoq xonim qozoq sultonlaridan birining qizi edi. Otasi Ubaydullaxon vafotidan soʻng (1540-yil) mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoroda (1540—1550), Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon esa Samarqandda (1540—1551) xon boʻlgan.

Abdulazizxon oʻz hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini koʻzlab qator islohotlar oʻtkazgan, ayrim soliqlarni (tanob puli, tafovut, tavfiri va boshqalar) bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi mudofaa devori bilan oʻrashga kirishgan (uni Abdullaxon II qurib bitkazgan boʻlib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Toqi Sarrofon va uning bagʻridagi guzar masjidini qurdirgan, Magʻoki Attori masjidini mukammal taʼmirlatgan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohida 2 qavatli xonaqo (1544-yil) qurdirib, Bahouddin dahmasi atrofini hazira bilan oʻrab oldirgan.

Abdulazizxon ilm va sheʼriyat ahlining homiysi, oʻta taqvodor inson boʻlib, tasavvuf olimi — Shayx Jalolning (1549-yilda vafot etgan) muridi edi. U benazir husnixat sohibi boʻlgan, „Aziziy“ taxallusi bilan gʻazallar bitgan.

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Abu Saidxon (1531 - 1534)
Abdulla I (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)


Lotin alifbosida maqola: Abdulazizxon (Shayboniy) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты