Abdulgʻani Mirzoyev

Abdulgʻani Muhammadovich Mirzoyev (1908.12.12, Kitob tumani — 1976.16.8, Dushanba) — tojik adabiyotshunosi. Tojikiston Fanlar akademiyasi akademik (1957), filol. fanlari doktori (1957), professor (1960). Tojikistonda (1959) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Leningrad universiteti sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1939). Dushanba universitetida tojik adabiyotidan dare bergan. SSSRning Erondagi elchixonasida ishlagan (1942—44). Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalarini kataloglashtirish bilan shugʻullangan (1945-yildan). M.ning asosiy tadqiqotlari 15-asrdan keyingi forstojik adabiyotiga taallukli. Sayido Nasafiy (1947), Mulham Buxoroiy (1948), Sayfi Aruziy (1955) haqida ilmiy tadqiqotlari bor. Tojik adabiyoti tarixi, xususan, Rudakiy, Kamol Xoʻjandiy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Maleho Samarqandiy, Ahmad Donish va boshqa hayoti va ijodi haqida ilmiy asarlar yozgan. M. Sharq xalqlarining adabiy aloqalarini oʻrganish masalasida izlanishlar olib borgan.


Lotin alifbosida maqola: Abdulgʻani Mirzoyev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
MIRZOYEV Abdulgʻani Muhammadovich
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты