Abdulhaq Abdullayev

Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) – rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy a’zosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 – 36) va Moskva badiiy institutida (1938 – 41) ta’lim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan ("Hovuz boʻyida", 1932; "Yoz", 1937; "Doʻstim por-treti", 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, ma’naviy, yorkin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur: "Abror Hidoyatov Otello roli-da" (1946), "Mannon Uygʻur" (1946), "Oy-bek" (1949), "Nazarali Niyozov" (1949), "Jiyan Shahlo" (1959), "Komil Yashin" (1960), "Navoiy" (1973), "YO. Toʻraqulov" (1975), "O. Sodiqov" (1978) va boshqa; shu-ningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan ("Muallif por-4treti", 1937; "Muallifning qirgʻiz qalpok kiygan portreti", 1980; "Mu-allifning 15-asr kiyimidagi portreti, 1984 va boshqalar) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar ("Yomgʻirdan soʻng", 1954; "Bahor keldi", 1955; "Xumsonda", 1961 va boshqalar), natyurmortlar ("Olma", 1962; "Uzum va shaftoli", "Qovun bilan xandalak", 80-yillar va boshqalar) muallifi. 1957-yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu oʻlka manzaralari ("Tongda Tojmahal"), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda Oʻzbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish kilingan.Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kel-gan asarlari Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968), Andijon adabiyot va san’at muzeyida (1969), Oʻzbekiston san’at muzeyida (1980–84) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan (1998).Ad.: A. Abdullayev: Albom reproduksiy, T., 1983.


Lotin alifbosida maqola: Abdulhaq Abdullayev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDULLAYEV Abdulhaq Oqsoqolovich
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ALISHER NAVOIY
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты