Abdulla Aripov

Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.

Abdulla Nigʻmatovich Aripov (1961-yil 24-may, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri.

  • 1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan.
  • Maʼlumoti — oliy. 1983-yilda Toshkent aloqa-elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini) tamomlagan.
  • 1983-1992 — Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis.
  • 1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis
  • 1993-1995 — „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasi direktorining oʻrinbosari.
  • 1995-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari.
  • 1995-1996 — „TashAfinalAL“ korxonasi bosh direktori.
  • 1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimi boshligʻi.
  • 1997-1997 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari.
  • 1997-2000 — Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi.
  • 2000-2001 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari.
  • 2001-2002 — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori.
  • 2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori.
  • 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda „Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari“ mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  • 2005-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari.
  • 2012-yil avgustda „MTS“ aloqa operatori bilan bogʻliq mojarolar ortidan ishdan boʻshatilgan.
  • 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti marketing va menejment kafedrasi mudiri.
  • 2016-yil 13-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan.
  • 2016-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.

Besh nafar qizi bor.


Lotin alifbosida maqola: Abdulla Aripov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
FOND BOZORI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты