Abdulla Boboxonov

Abdulla Boboxonovich Boboxonov (1910.8.2, Qirgʻizistondagi Toʻqmoq shahri —1990.10.6, Moskva) — meʼmor, Xalq meʼmori (1970). Oʻrta Osiyo industrial institutini bitirgan (1933). "Toshkent shahri loyihalash idorasi"da bosh meʼmor (1938—44), Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi boshqaruvining raisi (1944—46, 1964—68), Oʻzbekiston respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosari (1955—59), Qurilish va meʼmorlik akademiyasida ilmiy xodim va boʻlim mudiri (1960—63), ToshPIda oʻqituvchi (1963), professor (1965). 1963—89 yillar davomida oʻzining bilim va tajribalarini yosh meʼmorlarga oʻrgatgan. Asosiy ishlari: Kattaqoʻrgʻon (1940—41) va Janubiy Surxon (1964—67) suv omborlari majmuasining meʼmoriy qismi, Shohimardondagi Hamza maqbarasi (1950), Samarqanddagi Ulugʻbek rasadxonasi (1962) va boshqa 100 dan ortiq klub, madaniyat saroylari, kinoteatrlar va turar joy binolari loyihasini yaratgan. Boboxonov loyihalari asosida qurilgan binolarda milliy meʼmoriy anʼanalar zamonaviy meʼmoriy uslublar bilan uygʻunlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: Abdulla Boboxonov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
BOBOXONOV Abdulla Boboxonovich
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты