AvaTrade

AvaTrade — Forexdagi hamda kontraktlardagi farqga asoslangan (CFD) savdolar sohasidagi onlayn broker boʻlib, Dublinda (Irlandiya) shtab-kvartirasiga ega. Uning onlayn-savdo platformasi va mobil ilovasi orqali kompaniya koʻplab savdo bozorlarini, shu jumladan valyuta birjalari, xomashyo, indekslar, aktsiyalar, ETF, Bitcoin vai davlat obligatsiyalarini taklif qiladi.

AvaTradening shtab-kvartirasi Dublinda (Irlandiya), xolding kompaniyasi Britaniyaning Virgin orollarida joylashgan, shuningdek Tokio (Yaponiya), Milan (Italiya), Parij (Frantsiya), Sidney (Avstraliya), Shanxay (Xitoy) va Ulan-Bator (Moʻgʻuliston)da ofislari va savdo nuqtalariga ega.

AvaTrade Yevropa Ittifoqida Irlandiyaning Markaziy banki tomonidan boshqariladi, Avtraliyada – Avstraliyaning qimmatbaho qogʻozlar va investitsiyalar boʻyicha komissiyasi tomonidan, Yaponiyada – Moliyaviy xizmatlar agentligi, Yaponiyaning moliyaviy fyucherslari Uyushmasi hamda Yaponiya tovar fyucherslari Uyushmasi tomonidan, Britaniyaning Virgin orollarida esa-Britaniya Virgin orollari Moliyaviy xizmatlar Komissiyasi tomonidan tartibga solinadi. Kompaniya oʻz xizmatlarini turli mamlakatlardagi treyderlarga taklif qiladi, AQSh, Yangi Zelandiya, Belgiya bundan mustasno. Asosiy bitimlar Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va Osiyo bozorlarida amalga oshiriladi.

AvaTrade spot savdosini asosan MetaTrader 4 (MT4) orqali hamda oʻzining AvaTrader dasturiy taʼminoti orqali taklif qiladi. 2013-yil aprel oyida AvaTrade AvaOptions savdo platformasini ishga tushirdi, u mijozlarga FX Vanilla Optionsni sotib olish, sotish va investitsiya qilish hamda xedjlash boʻyicha yanada murakkab operatsiyalarni bajarish imkoniyatini beradi. 2013-yil avgust oyida AvaTrade bitkoinlar bilan onlayn savdo qilish imkoniyatini taklif qiluvchi ikkinchi foreks-brokeri boʻldi hamda AvaTrader va MT4 platformalarida CFD orqali bitkoinlar savdosini taqdim etdi.


Lotin alifbosida maqola: AvaTrade haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
ITALIYA
XITOY
IRLANDIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты