Eduard Avanesov

Eduard Sergeyevich Avanesov (1932-yil 30-yanvar, Ashxobod — 1995-yil 8-avgust, Toshkent) — o‘zbek sovet sport jurnalisti, sharhlovchisi. Yozuvchi, shoir, ssenariychi. Sportchi, og‘ir atletika bo‘yicha SSSR sport ustasi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari spartakiadasi chempioni. 1967-1976-yillarda Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

U 1932-yil 30-yanvar sanasida Ashxobodda arman oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak sport sharhlovchisi Ashxobod yuridik instituti va Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Eduard sport gazetalarida — „Futbol“, „Sovet sporti“, „Sovet vatanparvari“, „Sharq haqiqati“, „O‘zbekiston sportchisi“ hamda O‘zbekiston televideniyesida maxsus muxbir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u o‘zbek tilidagi futbol adabiyotlarini chiqarish tashabbuskori.

Sport kitoblari muallifi:

  • Paxtakor xorijiy orbitalari“
  • „Oltin maʼbuda yo‘llari“
  • „Toshkentlik to‘purar Gennadiy Krasniskiy“

Futbol kalendar-solnoma va dasturlarining tuzuvchi-muallifi:

  • „Futbol-69“ (Toshkent, 1969-yil)
  • „Futbol-71“ (Toshkent, 1971-yil)
  • Futbol-72 (Toshkent, 1972-yil)
  • „Futbol-73“ (Toshkent, 1973-yil)
  • „Futbol-74“ (Toshkent, 1974-yil)
  • „Futbol-78“ (Toshkent, 1978-yil)
  • „Futbol-79“ (Toshkent, 1979-yil)
  • „Futbol-83“ (Toshkent, 1983-yil)
  • „Futbol-86“ (Toshkent, 1986-yil)
  • „Futbol-88“ (Toshkent, 1988-yil)
  • „Futbol-89“ (Toshkent, 1989-yil)
  • „Futbol-90“ (Toshkent, 1990-yil)
  • „Paxtakor“-91. Mavsum dasturi (Toshkent, 1991-yil)
  • „Futbol-1991. Ikkinchi davrasi“ (Toshkent, 1991-yil)

E.Avanesov „Spartakiadaning uch zarbasi“, „Sobir qilichi“, „Yashil o‘tdagi oq to‘p“, „Jahon chempioni Rufat Risqiyev“ va boshqa hujjatli filmlar ssenariylari muallifi sanaladi.

Sheʼrlar to‘plami nashrdan chiqqan.

Taniqli sport sharhlovchisi 1995-yil 8-avgustda Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Eduard Avanesov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты