Bahrom Avazov

Bahrom Beknazarovich Avazov (1970.3.1, Gʻuzor tumani) – kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), "Oʻzbekiston iftixori" (2003). Avazov kurashning 81, 90 kg va mutlaq vazn toifalarida Oʻzbekiston (1991– 2001), Osiyo (2001, Toshkent) va jahon (2000, Antaliya; 2001, Budapesht) chempioni. Mutlaq vazn toifasida xalqaro musobaqalar (1996, Shahri-sabz; 1998; Xiva) va Alpomish oʻyinlari (1998, Termiz) gʻolibi. A.Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1991), shu institutda katta oʻqituvchi (1991–2003), Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyat filiali direktori (2003-yildan).


Lotin alifbosida maqola: Bahrom Avazov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
SURXONDARYO VILOYATI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
IJTIMOIY ISHLAB CHIQARISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты