Rixsi Avazov

Rixsi Avazov (1942.10.1, Janubiy Qozogʻiston viloyati, Turbat qishlogʻi) – Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1965). 1965-yildan Hamza teatrida aktyor. Valish (Azimzoda, "Nasriddinning sarguzashtlari") A.ning sahnadagi ilk obrazidir. Teatrdagi eng yaxshi rollari: Amirxon (Uygʻun, "Zebu-nisso"), Nodirshoh (Fitrat, "Abulfayzxon"), Abulmalik (Uygʻun, Izzat Sulton, "Alisher Navoiy"), Darvesh Ali (O. Yoqubov, "Bir koshona siri") va boshqa Shuningdek, "Alisher Navoiy" (Gʻiyosiddin), "Yulduzli tunlar" (Ahmad Tanbal) kabi videofilm larda, "Kun va tun" (Bobur) telespektaklida, "Kasalxona" (akad. Yoʻldoshev) filmida ham rollar ijro etgan. A. sahnada oʻynagan rollari oʻziga xos kuchli emotsionalligi, yetuk va toʻlaqonli talqin etilganligi bilan ajralib turadi. U har bir yaratgan ob-razining ijtimoiy mohiyatini ochishga, unga mos mimik ifodalar, harakatlar, ohanglar topishga harakat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: Rixsi Avazov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AVAZOV
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты