Qasoskorlar: Abadiyat jangi

Qasoskorlar: Abadiyat Jangi (inglizcha: Avengers: Infinity War) — 2018-yilda Marvel Comics nashriyotidagi Qasoskorlar jamoasiga asoslangan, Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika superqahramon filmi. Film Marvel Kinematografiya Koinoti (MKK) ning oʻn toʻqqizinchi badiiy filmi hisoblanib, kartina prikvellari 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar va 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron davri. Shuningdek, film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariy mualliflari Christopher Markus va Stephen McFeely, film yulduzlari Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Scarlett Johansson, Benedict Cumberbatch, Don Cheadle, Tom Holland, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Anthony Mackie, Sebastian Stan, Danai Gurira, Letitia Wright, Dave Bautista, Zoe Saldana, Josh Brolin, va Chris Pratt.

Film syujetiga koʻra, Thanos Xandar sayyorasini yoʻq qilgandan soʻng, Galaktika Qoʻriqchilaridan oltita Abadiyat toshidan biri boʻlgan qudrat toshiga egalik qiladi. Shu yoʻsinda, Qasoskorlar bilan kurashadi. Qasoskorlar va Galaktika Qoʻriqchilari birlashishadi va Thanosga qarshi kurashadi. Undan keyingi prokatga chiqqan film Chumoli odam va Ari filmi hisoblanadi.. Bu film rejissori esa Peyton Reeddir. Film premyerasi Dolby Theatreʼlarda 23-may 2018-yil, AQSh va Oʻzbekistonda 27-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi mablagʻi $316–400 millionni tashkil etib, eng koʻp xarajatli filmlar roʻyxatida uchinchi oʻrinda turadi. Bu roʻyxatda ikkinchi oʻrinni ham MKK’ning Qasoskorlar: Ultron davri filmi egallab turibdi. Film 12 kunda $1 milliarddan ortiq miqdorda mablagʻ topdi va eng tez $1 milliardni topgan filmlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turibdi. Shuningdek, ikkinchi oʻrinni esa Avatar filmi (19 kun) egallab turibdi. Kartina dunyo boʻylab $2 milliarddan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va 2018-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa toʻrtinchi eng yuqori daromadli film hisoblanadi. Kartina visual effekt boʻyicha Academy va BAFTA mukofoti sovrindori boʻldi. Shuningdek, film sikveli Qasoskorlar: Intiho filmi boʻlib, premyerasi 26-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Xandar sayyorasini zabt etib, oltita Abadiyat toshlaridan biri boʻlgan Qudrat Toshini qoʻlga kiritgan Thanos va uning leytenantlari—Ebony Maw, Cull Obsidian, Proxima Midnight va Corvus Glaive, Asgardliklarning fazo kemasini egallaydi. Thanos Tesseraktdan Olam Toshini chiqarib oladi va Thorning fazo kemasidagi Asgardliklarni qirib tashlaydi. Unga dastlab Hulk qarshi chiqadi va u yengiladi, hamda Lokini oʻldiradi. Heimdall, Thanos Hulkni oʻldirishdan avval, Bifröstdan foydalanib, Bannerni Yerga yuboradi. Thanos oʻzining leytenantlari bilan ketadi va kemani portlatadi.

Hulk New York shahrida joylashgan Sanctum Sanctorum'ga Bruce Banner koʻrinishida qaytadi. U Thanosning koinotdagi aholining yarmini yoʻq qilish rejasi haqida Stiven Strange va Wongni ogohlantiradi; Bunga javoban Strange Tony Starkga aytadi. Maw va Obsidian Piter Parkerning diqqatini jalb qilgan holda Vaqt Toshini Strangeʼdan olish uchun yetib keladi. Maw Strangeʼni qoʻlga oladi, ammo Strangeʼning sehrgarligi tufayli Vaqt Toshini ololmaydi. Shuning uchun Strangeʼni kosmik kemasida olib ketadi. Stark va Parker Mawning kosmik kemasini taʼqib qiladi. Banner esa bu paytda Steve Rogers bilan aloqada boʻladi. Wong Sanctumni himoya qilish uchun ortga qaytadi.

Edinburgda Midnight va Glaive, Wanda Maximoff va Vijen yashash joyini izlab borishadi. Rogers, Natasha Romanoff va Sam Wilson ularni qutqaradi. Keyinchalik ular Qasoskorlar binosida James Rhodos va Banner bilan birgalikda boshpana topdi. Vijen, Maximoffga Thanosni yoʻq qilish uchun oʻzidagi Tafakkur Toshini yoʻq qilishini soʻraydi. Maximoff buning uchun Vijenni qurbon qilish kerakligi bilar edi va buni rad etadi. Rogers esa Thanos toshlarga egalik qilmasdan avval, Vijenni qurbon qimagan holda toshni olib tashlash uchun resurslarga ega deb boʻlgan Wakandaga borishni taklif qiladi.

Galaktika Qoʻriqchilari Asgardian kemasi yoʻq boʻlganiga guvoh boʻlishadi va Thorni qutqarishadi. Thor Galaktika Qoʻriqchilaridan Thanos haqida soʻraydi va ularga Borliq Toshini olish uchun Unut sayyorasidagi bir kolleksionerni topish kerakligini aytadi. Raketa va Groot Thorni Nidavellir sayyorasiga olib boradi, ular Eitri bilan Thanosni oʻldirishga qodir boʻlgan jangovar chaqmoq qilishga qodir qurol yaratadilar (Thorning eski Mjolniri opasi Hela tomonidan yoʻq qilingan edi). Piter Quill, Gamora, Drax va Mantis Thanosdan avval Borliq Toshini topish ilinjida, Unut sayyoriga borishadi. Thanos esa ulardan avval kelib, kolleksionerni oʻldiradi va Draxni parchalab tashlaydi. Thanos oʻgay qizi Gamorani qoʻlga oladi va uni uyi, Titanga olib ketadi. Thanos Soul Toshining manzilini ochib beradigan xaritani Gamora bilishini bilar edi. Shuning uchun ham Thanos Gamoraning kiʻz oʻngida Nebulani qiynaydi va Gamoraga manzilni aytsang qiynoqni toʻxtatishi haqida aytadi. Gamora Soul Toshi qayerda ekanligini aytadi. Thanos va Gamora Vormirga boradi, u yerda tosh qoʻriqlovchisi Red Skullni uchratadi. Red Skull esa Thanosga faqat sevadigan odamini qurbon qilish orqali olib ketishi mumkinligini aytadi. Thanos toshni qoʻlga kiritish uchun istamagan holda Gamorani oʻldiradi.

Asirlikdan qochib ketgan Galaktika Qoʻriqchilarni Thanosning vayron etilgan uyi Titanga borib, Thanosga qarshi zarba berishmoqchi. Stark va Parker Mawni oʻldiradi va Strangeʼni qutqaradi. Stark, Strange va Parker kosmik kemada Titanga borishadi. Ular Quill, Drax va Mantis bilan uchrashishadi. Guruh Thanosning Abadiyat toshlarini olib qoʻyishni rejalashtirgan edi. Bunda ularga Mantis qoʻl keladi. Thanos aholi soni koʻpayib ketishiga tahdid soluvchi omillarni bartaraf etish uchun Titanga keladi. Guruh Thanosni qoʻlga oladi va Mantis uni xayolini oʻqiydi. Mantis guruhga Gamora oʻlganligi haqida aytadi. Quillning bundan jahli chiqadi va uning qaltis harakatlari tufayli Mantis boshqaruvni yoʻqotadi. Thanos esa bundan foydalanib guruhga katta zarba beradi. Temir odam Thanosga xanjar bilan qarshi chiqadi va Thanos xanjarni olib, Starkni jarohatlaydi. Stark esa Strange Vaqt Toshini Thanosga topshirgandan soʻng qutqariladi.

Wakandani Thonos armiyasi bosib olinmasidan avval, Rogers Bucky Barnes bilan birlashadi. TʼChalla va Wakanda kuchlari birgalikda, Shuri Tafakkur Toshini Vijendan chiqarish uchun harakat qilayotganda himoyalaydi. Banner Hulkka aylana olmadi. Suning uchun Banner Stark’ning Hulkbuster nomli sovutiidan foydalandi. Keyinchalik Thor, Rocket va Groot Qasoskorlarga yordam berish uchun keladi; Midnight, Obsidian va Glaive halok boʻladi va ularning qoʻshinlari tor-mor etiladi. Thanos Maximoffning Tafakkur Toshni yoʻq qilishga urinishiga qaramay, uni Vijendan olib tashlab, uni oʻldiradi.

Thor Thanosni qattiq jarohatlaydi, ammo Thanos Abadiyat Toshlari orqali teleportatsiya yoʻli bilan oʻzini uzoqlashtiradi va Yer sayyorasi aholisining yarmini yoʻq qiladi. Barnes, TʼChalla, Groot, Maximoff, Wilsin, Mantis, Drax, Quill, Strange va Parker, shuningdek, Maria Hill va Nick Fury singari superqahramonlar parchalanib ketadi; Ammo Fury’ning sherigi bu haqda ogohlantirish uchun signal uzatadi. Stank va Nebula Titanda, Banner, M’Baku, Okoye, Rhodes, Rocket, Rogers, Romanoff va Thor Wakandaʼda jang maydonida qoladilar. Boshqa tomondan, Thanos boshqa sayyorada quyosh botishini kuzatib turadi.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi oʻzining jahon premyerasini 2018-yil 23-aprelda Los Anjelesdagi Dolby Teatrida oʻtkazdi, shuningdek, El-Kapitan teatri va Graumanning Xitoy teatrida namoyish etildi. U butun dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarda, xususan, Qoʻshma Shtatlarda, 2018-yil 27-aprel boʻlib oʻtdi va katta ekranlarda IMAX va 3D formatlarida namoyish qilingan. Qoʻshma Shtatlarda film 4,474 ta teatrda namoyish qilindi, ulardan 408 tasi IMAX hisoblanadi; Bu Disney unvoni uchun eng keng tarqalgan versiya va Yaxshi boʻlish osonmi 3 ning 4,529 ta teatridan keyingi ikkinchi eng keng tarqalgan film edi. AMC Teatrining uch joyida film 24 soat davomida toʻglridan-toʻgʻti tomosha qilindi va ularning 53 tasi talabalar uchun 2 yoki 3 soatdan namoyish qildi. Hindistonda filmning eng katta versiyasi Hollywood versiyasidagi film edi, u toʻrtta tilda qariyb 2000 ta ekranda uzatildi. Filmning 59 mamlakatda 515 4DX teatrida namoyish etilgan. Dastlab, 2018-yil 4-mayda AQShda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. 2018-yil 11-mayda ochilgan filmning Xitoyda chiqarilishi 2018-yil 10-iyunda nihoyasiga yetadi.

Filmning posterlari va tasvirlari aprel oyining boshida, filmning Los Anjelesdagi premyerasi oldidan filmning matbuot safari davomida turli shaharlar atrofida namoyish etildi. Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi premyerasidan avval, Nyu Yorkdagi AMC Teatrlarda va Orlandoda, keyinchalik Floridada 25-apreldan Marvel Kinematografiya Koinotining film marofoni boshlangan.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi Walt Disney Studios Home Entertainment tomonidan 31-iyul 2018-yilda digital download koʻrinishida, 14-avgustdan keyin esa Ultra HD Blu-ray, Blu-ray, va DVD'larda chiqqan hisoblanadi.

Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi premyerasi Oʻzbekistonda 27-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Ushbu premyeradan qariyb ikki oydan soʻng raqamli televideniyalarda efirga uzatildi.

Qasoskorlar: Abadiyat Jangi filmi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada $678.8 million, boshqa mamlakatlarda esa $1.370 milliard miqdorda daromad topishga muvaffaq boʻldi. Jami dunyo boʻylab $2.048 milliard daromad topdi. Ushbu film dunyo miqyosida ayni vaqtda toʻrtinchi eng yuqori daromadli film,2018-yil filmlari boʻyicha esa eng yuqori daromadli film,superqahramon filmlar boʻyicha esa eng yuqori daromadli film boʻlib turibdi.

Qasoskorlar: Intiho filmi premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $2.797 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa eng yuqori daromadli film boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: Qasoskorlar: Abadiyat jangi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Qasoskorlar: Ultron davri
Qasoskorlar: Intiho
Rednex - Cotton-Eye-Joe
Guru Josh Project - Infinity 2008
Guru Josh Project - Infinity


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты