Muxtor Avezov

Muxtor Umarxonovich Avezov (1897.28.9, Sharqiy Qozogʻiston (sobiq Semipalatinsk) viloyati Abay tumani – 1961.27.6, Moskva) – qozoq yozuvchisi, olim. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasiakad. (1946), filol. fanlari doktori (1952), Kozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1957). Semipalatinskdagi madrasada hamda oʻsha yerdagi 5 sinfli rus makta-bida oʻqigan, soʻng oʻqituvchilar semi-nariya-sini tamomlagan (1917). Abay ovulida sahnalashtirilgan (1917) "Yenglik – Ke-bek" intermediyasi bilan qozoq dramatur-giyasiga asos soldi. Toʻngʻich qozoq teatri (hozirgi Avezov nomida) – Qozogʻiston davlat akademik drama teatri ham 1926-yil 13-yanvarda shu pesani sahnalashtirib ochilgan. A.ning dramatik asarlari qozoq dramaturgiyasining rivojlani-shiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. A. 20-yillarda Toshkentda yashadi va Oʻrta Osiyo davlat universiteti aspiranturasida oʻqidi (1928). Mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy romanlaridan kuchli ilhomlandi. 1920–30 yillarda Toshkentdagi qozoq nashriyotida adabiy-badiiy, ijtimo-iy-siyosiy "Choʻlpon" jurnali bilan bir necha adabiy toʻplam nashr etilgan. A. 1922–23 yillarda Toshkentdalik vaqtida "Kundoshlar" pesasi, hikoyalari, "Asov tulporlar haqida" (1922), "Qozoq qalamkashlariga ochiq xat" (1922) maqolalari shu jurnalda bosildi. A.ning "Abay", "Abay yoʻli" epopeyasi qozoq xalqi hayotiga bagʻishlangan boʻlib, u oʻz davrida yuksak bahoga sazovor boʻldi. Asarda qozoq xalqining 19-asrdagi ogʻir, ziddiyatlarga toʻla hayoti badiiy aks et-tirilgan. Oʻsha davrdagi qozoq dashtini qamrab olgan nodonlik va johillik toʻsiqlarini yenggan Abayning oʻz xalqi asl farzandi, mutafakkir, insonparvar shoir darajasiga koʻtarila olishi asarda mohirlik bilan tasvirlangan. "Abay yoʻli"ni Zumrad (Orifjonova) 1950–60 yillarda oʻzbek tiliga tarjima qilgan. U boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilindi. Janubiy Qozogʻiston chorvadorlari hayotiga bagʻishlangan "Ravnaq" romani vafotidan soʻng bosilib chiqdi (1962). 20-yillarda qozoq choʻllarida yuz bergan ocharchilik va boshqa dahshatli voqealar aks ettirilgan "Ogʻir sinov" romani ham vafotidan soʻng nashr etildi. A. ijodiy, ilmiy ishlar bilan birga, 30 yildan ortiq (1928–61) Olmaota ped. instituti, Qozogʻiston va Moskva davlat universitetlarida pedagoglik faoliyatini qoʻshib olib bordi. A umrining koʻp yillarini shoʻro mafkurachilarining ogʻir tazyiqi va ta’qibi ostida oʻtkazishga majbur boʻldi.A. turkiy xalqlar adabiyoti tarixini teran tadqiq etuvchi koʻplab maqolalar yaratdi. Uzoq yillar davomida turkiy xalqaar ogʻzaki ijodi namunalarini, xususan xalq dostonlarini keng targʻib qildi. "Er Targʻin", "Alpomish", "Manas" dostonlarini tadkiq etdi.


Lotin alifbosida maqola: Muxtor Avezov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVEZOV Muxtor Umarxonovich
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты