Aglio va olio spagettisi

Aglio va olio spagettisi (italyancha: Spaghetti aglio e olio) — bu Neapolitan oshxonasining anʻanaviy taomi boʻlib, (baʼzi manbalarga koʻra, u Abruzzi mintaqasidan kelib chiqqan) sarimsoq (aglio) va zaytun moyi (olio), makaron mahsulotlaridan tayyorlanadi.

Taomni tayyorlash uchun sarimsoq (butun, toʻgʻralgan, ezgʻilangan yoki maydalangan koʻrinishida) zaytun moyida qovuriladi. Baʻzida issiq qizil qalampir yormalari ham qoʻshiladi, bu holda pasta spagetti aglio, olio e peperoncino deb ataladi. Shundan soʻng tovaga toʻliq pishib yetilmagan spagetti solinib, " al dente " bosqichiga keltiriladi. Qoidaga koʻra, taomga petrushka, shuningdek pishloq (parmesan yoki pecorino) qoʻshiladi. Aslida original retseptda pishloq solish koʻzda tutilmagan. (baʻzi oshpaz mutaxassislar uni qoʻshish boshqa taomning tayyorlanishiga olib keladi deb hisoblashadi). Koʻpincha maydalangan kreker yoki non urvoqlari ham qoʻshiladi. Pishirish yakuniga yetay deganda limon sharbati va limon poʻstlogʻini qirgʻichdan chiqarib solish mumkin.

Spaghetti aglio, olio e peperoncino Italiyaning (xususan, Milanning) 70-80-yillardagi gullagan davrining ramzidir, degan fikr mavjud.


Lotin alifbosida maqola: Aglio va olio spagettisi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
NON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты