Agogo

Agogo (portugalcha: agogô)— Afrikadan tarqalqan Braziliya xalq cholgʻu asbobi. Kandomble, kapoeira, makulela va karnaval sambada ritmik polifoniya yaratishda asosiy rol o‘ynaydi.

Metall kavisli tutqich bilan bog‘langan ovozsiz ikki, uch yoki to‘rtta qo‘ng‘iroqchadan yasaladi. Qo‘ng‘iroqlar turli o‘lchamda bo‘lganligi uchun ular turli tondagi tovushlarni chiqaradilar. Kuy qo‘ng‘iroqlarni yog‘och yoki metall tayoq bilan urish (chalish) orqali hosil qilinadi. Yog‘och tayoqlar kakos yong‘og‘i qobig‘idan tayyorlangan.

Afrikaning yoruba tilida agogô so‘zi qo‘ng‘iroq maʼnosini anglatadi. Yoruba qabilalariga mansub Afrikaning Ketu (zamonaviy Benin) qirolligidan Braziliyaga kelgan nago xalqi (Nago) tilida „akokô“ so‘zi soat yoki vaqtni, shuningdek, har qanday odam tomonidan ijro etilishi mumkin bo‘lgan metall musiqa asbobini anglatadi.

Italiyalik Kapuchin Kavazzi 16-asrda Angolaga qilgan safar hisobotida agogo musiqa asbobini tasvirlab bergan birinchi yevropalik bo‘lgani haqida yozib qoldirilgan. Ingliz tilida „qo‘sh qo‘ng‘iroq“ va fransuz tilida „kloch“ deb ataladigan bu asbob Afrikada Bantu qabilasi orasida keng tarqalgan. Lunda va Chokve xalqlari uni „Rubembe“ (Rubembe) deb atashadi. Kabinda provinsiyasida esa „Chingongo“ (Chingongo) nomi bilan mashhur. Boshqa xalqlar orasida Bantu „ngongé“ (Ngongê) yoki „ngongo“ (Ngongo) nomi bilan yuritiladi. Dahomey, Nigeriya va Sudanda qo‘sh qo‘ng‘iroq „ngongo“ (Ngombe) deb ataladi .

Agogo Braziliyaga Angola, Kongo va Mozambiklik qullar tomonidan olib kelingan. Braziliyada agogo dastlab Pernambukodagi Baiya va Shango kandomblé madaniy tadbirida ishlatilgan. Keyinchalik u Pernambukoda „maracatu“ (portugalcha: Maracatu) afro-brazil ritmlarida „gongé“ (gonguê), „gan“ (gan, ) yoki „shere“ (xeré) nomlari bilan qo‘llanilgan.

Afro-Braziliya diniy markazlarida agogo Orisha Ogum (Orixa Ogum) ga tegishli boʻlib, uni „gan“ () deb atash mumkin. Bu muqaddas ob’ekt sanalib, foydalanishdan oldin tozalash marosimini bajarish talab etiladi. Tozalash marosimi barglar, o‘tlar, o‘simliklar, hayvon terisi va minerallar bilan yuvishdan iborat bo‘lib, bu marosim ruhlar bilan almashish uchun zarur bo‘lgan „hayot kuchi“ (axe) ni olish uchun o‘tkazilgan.

Baxiyada agogo yoruba xalqi tomonidan kiritilgan. Keyinchalik agogo Rio-de-Janeyro makumbasida, Baiya va Rio-de-Janeyroda kapoeyra oʻyinida hamda makuladan foydalanilgan. Bundan tashqari, agogo Afro-bloklarda „afoshe“ (afoxé), shuningdek, „ijesh“ (ijexá) va „ageré“ (aguerê) ritmlarida ham qo‘llaniladi .

Kandomblda agogo ritmning asosiy yoʻnalishlarida yetakchilik qiladi, atabakani (ularning uchtasi marosimlarda ham bor) musiqiy makonga yoʻnaltiradi va zarbli cholgʻu asboblari ansamblida " maestro " maqomiga ega. Biroq, hozirgi kunga qadar kandombl musiqasi bo‘yicha biron bir tadqiqot musiqiy hamrohlikni tashkil etishda yo‘naltiruvchi agogo ritmi va uning marosimlar bilan bog‘liqligining aniq tasnifini ko‘rsatib bera olmagan.Agogo sadolari Rio-de-Janeyro va San-Pauludagi Braziliya karnaval sambasi poliritmik tuzilishining asosi boʻlib, kapoeyra va makulele oʻyining ajralmas qismi hisoblanadi.

Agogo pandeira va likobcha-pichoq musiqiy ritm chizig‘i asosini bajaruvchi boʻlishiga qaramay, agogo samba de roda hamrohligining bir qismi hisoblanmaydi.

Talking Heads guruhining asoschisi Devid Birn agogodan albom yozishda va konsertlarida foydalangan.

Agogo Rush kontsertlarida Nil Pirtning baraban solosi muhim vazifani bajaradi. Ushbu musiqa asbobning sadolari Kaiser Chiefsning guruhining „Addicted To Drugs“ „Giyohvand moddalarga qaram“ kompozitsiyasida, shuningdek LCD Soundsystemning „Daft Punk Is Playing at My House“ filmida da ham eshitish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: Agogo haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты