Agʻitay Adilov

Agʻitay Adilov (1941.10.2, Taxtakoʻpir tumani) – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi novatori, usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1976). Toshkent xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. Taxtakoʻpir tumani "Qoʻngʻirotkoʻl" davlat xoʻjaligida bosh hisobchi (1970–76), "Taxtakoʻpir" davlat xoʻjaligi direktori (1977–93), 1993-yildan "Taxtakoʻpir" shirkat xoʻjaligi raisi. Adilov rahbarlik qilgan yillarda xoʻjalik respublikada rentabelligi yuqori, iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi, xoʻjalikning mashina-traktor parki eng zamonaviy texnika bilan taʼminlandi, sholi, bugʻdoy, paxtadan yuqori hosil yetishtirishga erishdi, ijtimoiy-madaniy markazlar, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, un, guruch ssxlari, gʻisht zavodi va boshqa qurildi. Adilov 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1990–94), 1-chaqiriq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi Senati aʼzosi, 3-chaqiriq qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. "Shuhrat" medali (1998), "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).


Lotin alifbosida maqola: Agʻitay Adilov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты