Ahad Aminov

Ahad Umarovich Aminov (1920.30.5, Namangan – 1992, Toshkent) – kulol, Toshkent kulollik maktabi vakili. Samarqand badiiy bilim yurtining ku-ollik boʻlimida va Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kombinatida tahsil koʻrgan (1935 – 38). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). P. Menkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida oʻqituvchi (1951 – 52). Toshkent chinni zavodini tashkil qilishda qatnashgan (1938). Aminov ijodi uchun xalq kulollik san’ati an’analariga (lagan, kosa, vaza va boshqalar) asoslangan holda shakllar ustida izlanish xosdir. U buyumlarni qalami, chizma usulida bezab, bezakda islimiy (ayniqsa avvali bahor va boshqalar) naqshlardan keng foydalanadi. Asarlari Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi, Amaliy san’at mu-zeyi, muzeylarda saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: Ahad Aminov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
AMINOV Ahad Umarovich
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты