Adaa Khan

Adaa Khan(talaffuzi: Ada Xon) — hind televideniyasi aktrisasi va modeli. U "Behenein" filmidagi Akashi, "Amrit Manthan" filmdagi Amrit, "Naagin"dagi Shesha va "Vish Ya Amrit: Sitara" filmidagi Sitara obrazlari bilan tanilgan. 2020-yilda u "Fear Factor:Khatron Ke Khiladi 10"(Qo'rquv omili: Khatron Ke Khiladi 10) filmida ishtirok etgan.

Adaa Khan 1989-yil 12-mayda Maharashtra shtatining Mumbay shahrida tug‘ilgan. Uning onasi Parvin Khan 2013-yil mart oyida saraton kasalligidan vafot etdi. Uning Imran Khan ismli ukasi bor.

Adaa Khan o'z faoliyatini model sifatida boshlagan. Keyin u bir nechta reklamalarda qanshdi.

Modellik va reklamalardagi faoliyati davomida Adaa Khan o'zining aktyorlik faoliyatini teleseriyallarda boshlashga qaror qildi. 2009-yilda u Sony Entertainment Televisionning "Palampur Express" shousida Vigya rolini o'ynab, hind teleseriyallari sohasida debyut qildi.

2010-yilda u Star Plusning "Behenein" teleserialida rol o'ynadi. Bu film senariysi to'rtta boy va go'zal opa-singillarning hikoyasi haqida edi. U bosh rolllardan biri Aakashi Shastri rolini o'ynagan.

2012-yilda Adaa Khan oʻzining birinchi bosh rolini Director's Kut Productions kompaniyasining drama filmida "Amrit Manthan" qahramon malika Amrit Kaur Sodhi rolini o'ynadi. Ushbu filmda Ankita Sharma, Dimple Djangiani va Wasim Mushtaq kabi yulduzlar bilan bilan birgalikda qatnashgan.

U Yeh Hai Aashiqui, "Crime Patrol", "Code Red" va "Savdhaan India @ 11" kabi shoularda epizodik rollarni ijro etgan. U shuningdek, Welcome - Baazi Mehmaan Nawazi Ki realiti-shousida ishtirokchi bo'lib qatnashgan.

2015-yilda Adaa Khan "Naagin" filmida Shesha rolini ijro etdi. Uning tashqi ko'rinishi va nutqi tomoshabinlar orasida juda mashhur qildi. 2016-yilda u "Naagin 2" filmida Shesha rolini davom ettirdi. 2018-yilda u "Vish Ya Amrit: Sitara" serialida Sitora obrazidagi bosh rolini o‘ynadi.

2019-yilda u "Naagin 3"ning so'nggi bir necha epizodlarida mehmon sifatida paydo bo'lib, Shesha rolini takrorladi.

2020-yilda u "Fear Factor:Khatron Ke Khiladi 10"(Qo'rquv omili: Khatron Ke Khiladi 10) filmida ishtirok etdi. Xuddi shu yili u yana Shesha rolida "Naagin 5" filmida mehmon rolida paydo bo'ldi. 2022-yilda u "Naagin: Basant Panchami Special" filmida Shesha rolida yana ishtirok etdi.


Lotin alifbosida maqola: Adaa Khan haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Adelaide Kane
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты