Adabiyot muzeyi (Toshkent)

Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent sh.) – madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa. 1940-yilda Alisher Na-voiy tavalludining 500 yilligi mu-nosabati bilan Respublika koʻrgazmasi 174tariqasida tashkil topgan. 1944 – 68 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabi-yot instituti boʻlimi, 1968 – 78 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi, 1978 – 91 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi H. S. Sulay-monov nomidagi Qoʻlyozmalar institutining muzey boʻlimi. 1991-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi. Muzey ekspozitsiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 boʻlimdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming koʻrgazma bor (1997). Muzeyda oʻzbek adabiyotiga oid asarlar, qoʻlyozma va toshbosma kito-blar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik san’atiga doir koʻrgazmalar (yogʻochdan ishlangan panjara, A. Fayzul-layev, 1968), 10-asrga oid sopol buyumlar mavjud. Muzey koʻrgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi bilan, oʻzbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Na-voiy ijodidan boshlangan: "Hamsa"ning qoʻlyozma, foto va koʻchirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid por-tretlar, haykallar, harita, kitob, har xil sovgʻa va albomlar, lagan, koʻzachalar bor. Buxorolik 14 qiz tomonidan Navo-iy, Farhod va Shirin, Layli va Majnun rasmlari zar bilan tiqilgan gilam (1968) muzeyga alohida koʻrk bagʻishlaydi. Jo-miy xonasiga shoir asarlarining turli davrda kuchirilgan nusxalari qoʻyilgan. Muzeyning boshqa xonadagi koʻrgazmalari orasida Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qoʻlyozmalari bor. Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi koʻrgazmalar ichida "Bobur haykali" (haykaltarosh A. Grish-chenko, 1968) va ipak bilan tiqilgan "Bobur portreta" (chevar F. Saydaliyeva, 1974) alohida oʻrin tutadi. Muzeyda Zebunni-so, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna va boshqa she’rlaridan namunalar, qoʻlyozmalar va asarlariga ishlangan tasvirlar, na-moyonlar bor. Muzeyning hozirgi zamon ada-biyotiga bagʻishlangan xonalariga "20-asr oʻzbek adabiyoti", "Istiqlol davri oʻzbek adabiyoti" ekspozitsiyalari joylashti-rilgan. 200 dan ortiq oʻzbek shoir va yozuvchilari ijodiy yoʻlini yorituvchi koʻrgazmalar qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: Adabiyot muzeyi (Toshkent) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты