ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Ker-koldi – 1792.3.3, London) – ingliz me’mori va binokor. 18-asr ingliz klassitsizmining yirik vakili. Edinburg untida oʻqigan (1743-yildan). Yevropa mam-lakatlariga sayohatga chiqib qad. yodgorli-klarni oʻrgangan (1754 – 58). 1761 – 68 yillarda qirollik me’mori. Akasi Jeyms bilan hamkorlikda ratsional mujassamot-da chorbogʻlar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 – 69) va jamoat binolari (Edin-burgdagi universitet, 1789 – 93), shahar mavzelari (Londondagi Adelfi, 1768 – 72), 2 – 3 qavatli turar joy binolari va boshqa qurishgan. A. qad. me’morlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shakllaridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joyla-shishiga katta ahamiyat bergan.