Addamslar oilasi 2

Addamslar oilasi 2 (inglizcha: The Addams Family 2) 2021-yili katta ekranlarga chiqarilgan qora komediya va roud-muvi janridagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Metro-Goldwyn-Mayer, Bron Creative, Cinesite Studios, Nitrogen Studios, The Jackal Group va Glickmania studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda United Artists Releasing (AQSh) va Universal Pictures (umumjahon) tomonidan tarqatilgan. Film rejissorlari — Greg Tiernan va Conrad Vernon, ssenariy mualliflari Dan Hernandez, Benji Samit, Ben Queen va Susanna Fogel, Hernandez va Samit yozgan hikoyaga asoslanishgan. Film Charles Addams tomonidan yaratilgan shu nomli qahramonlarga asoslangan. Film 2019-yilda ishlangan Addams oilasi filmi davomi boʻlib, filmda bosh qahramonlarga Oscar Isaac, Charlize Theron, Chloë Grace Moretz, Javon Walton, Nick Kroll, Wallace Shawn, Snoop Dogg, Bette Midler va Bill Hader ovoz berishgan.

Addamslar oilasi 2 filmi AQShda 2021-yil 1-oktabrdan, Oʻzbekistonda esa 2021-yil 14-oktabrdan boshlab katta ekranlarda namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan salbiy baholandi, biroq omma tomonidan xush qarshilandi. Umumjahon boʻylab $110 million daromad qildi.


Lotin alifbosida maqola: Addamslar oilasi 2 haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Addamslar oilasi (film, 2019)
Snoop Dogg - I Wanna Rock
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qasoskorlar: Abadiyat jangi
Qasoskorlar: Intiho


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты