Addis-Abeba shartnomasi

Addis-Abeba shartnomasi — Italiya va Efiopiya oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi. 1895-1896-yillardagi Italiya-Efiopiya urushi natijasiga koʻra 1896-yil 26-oktabrda Addis-Abebada imzolangan.

Shartnoma Efiopiyaning hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini buzgan 1889-yildagi Uchchal shartnomasini bekor qildi. Italiya Efiopiya mustaqilligini tan oldi. Mareb-Beles-Muna daryolari chizigʻi boʻylab Efiopiya va Eritreya Italiya koloniyasi oʻrtasida vaqtinchalik chegara oʻrnatildi, bunda Italiya Tigre (Tigray) Efiopiya provinsiyasiga boʻlgan huquqlardan voz kechdi. 1900-yildagi Italiya-Efiopiya shartnomasiga koʻra, bu chegara doimiy deb tan olingan. Bundan tashqari, shartnomaning 5-bandiga binoan, Italiya Eritreyada boshqa hukumatlarga hech qanday hudud bermaslik va Eritreyani tark etgan taqdirda, uning hududini Efiopiyaga oʻtkazish majburiyatini oldi.

Bir vaqtning oʻzida asirlarni ozod qilish toʻgʻrisida konvensiya tuzildi, unda Italiya tomonidan italiyalik asirlarni taʼminlash xarajatlari toʻlanishi koʻzda tutilgan. Belgilangan miqdor (10 million frank) 1897-1898-yillarda toʻlangan.


Lotin alifbosida maqola: Addis-Abeba shartnomasi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
EFIOPIYA
YAPONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты