Adham Tenishev

Adham Rahimovich Tenishev (1921.25.4, Penza 2004.11.7, Moskva) – turkiyshunos olim.

Rossiya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), Turk tili kurumi aʼzosi (1978), Finugor jamiyati aʼzosi (1982), Boshqirdiston fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1992). Leningrad universiteti sharqshunoslik ftini tugatgan (1949). Filol. fanlari doktori (1969). Rossiya fanlar akademiyasi Tilshunoslik intining uraloltoy tillari boʻlimi mudiri (1963-yildan). Olim ishtiroki va rahbarligida turkiy tillarni qiyosiytarixiy grammatikasi yaratildi: "Fonetika" (1984), "Morfologiya" (1988), "Sintaksis" (1986), "Leksika" (1996). Tenishev ilmiy ishlari asosan turkiy tillarni kiyosiytarixiy oʻrganishga, "Oltin yoruq" yodgorligining grammatik xususiyatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan.


Lotin alifbosida maqola: Adham Tenishev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TENISHEV Adham Rahimovich
TILSHUNOSLIK
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK
ROSSIYA
JAHON TILLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты