Adolat (nashriyot)

"Adolat" – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nashriyoti. Aholiga huquqiy yordam koʻrsatish „Adolat“ markazi negizida 1992-yil may oyida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan qonunlar va meʼyoriy hujjatlar, ularga sharhlar, huquqiy mavzulardagi maʼlumotnomalar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar, ilmiy-ommabop va badiiy kitob hamda risolalarni nashr etishga ixtisoslashgan. 1992–99 yillar mobaynida „Oʻzbekistonning yangi qonunlari“, „Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari“, „Oʻzbekiston Qonunlariga sharhlar“, „Savollarga javoblar“, „Axloq. Adab. Adolat“, „Huquqiy merosimiz xazinasidan“, „Oʻzbek detektivi“, „Chet el detektivi“ turkumidan kitob va risolalar chop etdi.


Lotin alifbosida maqola: Adolat (nashriyot) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NOSHIRLIK
ADOLAT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты