Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (turkchasi: Adalet ve Kalkınma Partisi, AKP) Turkiyaning markaz-oʻngsiyosat yurituvchi partiyasidir. Turkiya parlamentida eng koʻp oʻrinni egallab turgan bu partiyadan mamlakat bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va prezident Abdullah Gül chiqqan.
Partiya 2001-yili 14-avgustda tuzilgan. Kelasi yiliyoq parlament saylovlarida koʻpchilik mandatga ega boʻlgan. Shundan beri har parlament saylovlarida koʻp ovoz yigʻadi. Jumladan, 2011-yilgi saylovda ham AKP 49,91% bilan koʻpchilik oʻringa sohib chiqdi.
AKP oʻzini konservator, deb taʼriflaydi,liberal iqtisodiyot yuritish va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi tarafdoridir.